Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 

 
Rangtasvir  asarlari  xarakteriga  ko‘ra  monumental,  dekorativ,  mo‘’jaz, 
dastgohli turlarga bo‘linadi.  
Monumental  rangtasvir  me’morchilik  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ular  uylarning 
devorlarini,  shiftlarini  bezashda  qo‘llaniladi.  Katta  hajmda  uzoqdan  ko‘rishga 
mo‘ljallanganligi  uchun  bular  yaxlitlashtirilgan  holda  ishlanadi,  ranglar  ham 
shartli ravishda olinadi.  
Mo‘’jaz  san’at  asarlari  turli  mamlakatlarda  shu  jumladan  O‘zbekiston 
hududida  juda  ham  qadim  zamondan  taraqqiy  etib,  qadimiy  qo‘lyozmalarga 
ishlangan.  Chunonchi,  Alisher  Navoiyning  “Hamsa”  asarlariga  ishlangan 
rasmlar bunga misol bo‘la oladi.  
Dastgohli rangtasvir asarlari keng tarqalgan bo‘lib, maxsus matolar, karton, 
yog‘och,  romkaga  tortilgan  mato-xolst  va  shu  kabilarga  ishlanadi.  Dastgohli 
rangtasvir  moybo‘yoq, guash, suvbo‘yoq,  tempera buyoqlarida  maxsus  dastgoh 
(molbert)larga o‘rnatilib ishlanadi.  
Grafika
  -  lotincha  “grafo”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  “yozaman”, 
“chizaman”  degan  ma’noni  anglatadi.  Tasviriy  san’atning  bu  turiga  oddiy  va 
rangli  qalamda  ko‘mir,  pastel,  sangina,  suvbuyoq,  guash  va  tushda  ishlangan 
bezaklar, turli plakatlar, hajviy rasmlar va haqazolar kiradi.  
Haykaltaroshlik
  -  tasviriy  san’at  turlaridan  biri.  U  lotincha  “skulpo” 
so‘zidan  olinib,  qattiq  materiallarga  “qirqish,  kesish,  o‘yish,  taroshlash”  orqali 
ishlov berish ma’nosini anglatadi. 
Tasviriy san’atning turlari. 
Portret
 - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo‘lib, kishilarning 
tashqi  va  ichki  kechinmalarini  tasvir  orqali  ochib  beradi.  Portret  janrida 
ishlangan tasviriy san’at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini 
hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.  

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə