Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 

 
narsalar,  turmushda  qo‘llaniladigan  buyumlar,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  gullar, 
meva  va  boshqalarni  tasvirlaydi.  U  o‘z  asarida  tevarak-atrofdagi  narsalarni 
tasvirlash  orqali  uning  xarakterli  xususiyatlarini,  voqea  qaysi  davrda  ro‘y 
berayotganligini  ham  ko‘rsata  oladi.  Taniqli  ijodkor  musavvirlardan 
R.Axmedov,  L.Salimjonova,  O‘.Abdurahmonov  va  boshqalar  natyurmort 
janrida barakali ijod qilmoqdalar.  
Tarixiy  janrda  ishlangan  suratlar  orqali  biz  uzoq  o‘tmishda  bo‘lib  o‘tgan 
voqea-hodisalar,  tarixiy  shaxslar,  xalqlarning  turmush  madaniyati  bilan 
tanishamiz. Tarixiy janrning ko‘rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.  
Botal  janr
  -  “botal”  fransuzcha  so‘z  bo‘lib,  “jang”,  “urush”  ma’nosini 
bildiradi.  U  jang  manzaralarini  o‘zida  aks  ettiradi.  Bu  janrda  jang  va  harbiy 
yurishlar manzarasi asosiy o‘rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida 
jangchi  obrazi,  uning  qahramonligi,  mardligi,  jasorati  hamda  o‘z  ona  Vataniga 
bo‘lgan  cheksiz  muhabbati  ifodalanadi.  Leonardo  da  Vinchi,  M.B.Grekov, 
G.K.Savitskiy,  A.A.Deyneka,  V.V.Volkov  va  boshqalar  ana  shunday 
musavvirlardandir.  Taniqli  ijodkor  M.Nabievning  “Spitamen  qo‘zg‘oloni”, 
musavvir 
R.Rizamuhammedovning 
“Muqanna  qo‘zg‘oloni”,  musavvir 
T.Sodiqovning  “To‘marisning  qasosi”  nomli  asarlari  bunga  yorqin  misol  bo‘la 
oladi.  
Animalistik
  -  janr  o‘zgacha  tasviry  san’at  turidir.  U  lotincha  “anima”, 
“hayvonot  olami”  degan  ma’noni  bildiradi.  Animalistik  rassom  hayvonot 
dunyosiga zo‘r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi.  
Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
O‘sha  davrda  ular  g‘orlarining  devorlariga  kiyik,  qo‘tos,  mamontlarning 
suratlarini chizganlar.  
Qadimgi Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar 
tuzishda  hamda  monumental  kompozitsiyalar  yaratishda  asosiy  hisoblangan. 
XVI asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da 
Vinchi va A.Dyurerlar ishladilar.  
Keksa  haykaltarosh  va  grafik  musavvir  V.A.Vatagin  o‘zining  asarlarida 
to‘rt oyoqli do‘stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.  
Mashg‘ulot  rahbari  o‘quvchilarga  nazariy  bilim  berish  jarayonida 
mazmuniy  to‘liq  ochib  berishi  uchun  jonli  nutq  orqali  so‘zlash  bilan  birga 
musavvirlar  asarlaridan  surat-lavhalar,  adabiyotlar,  kino  va  diafilmlar  va 
slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.  
Maishiy  janr:
  tasviriy  san’atda  bu  janrdagi  asarlar  kishilarning  kundalik 
hayotini, turli voqealarni o‘zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks 
etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - 
Piter  de  Xox,  Ostade,  Sten,  Terborx,  Vermer  kabilar  ijodida  namoyon  bo‘ladi. 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə