Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
61 
 
Xals, italiyalik rassom Karavadjo, fransuz rassomi Sharden va boshqalar ijodida 
bu o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Inson go‘zalligi, uning olijanobligi va 
yuksak  ma’naviyligi  Rembrant  asarlarining  mohiyatini  tashqil  etadi.  Uning 
asarlaridagi  chuqur  falsafiy  mazmun  kishi  qalbiga  quvonch  baxsh  etadi. 
Rembrant  rangtasvir  va  ofort  sohasida,  qanday  mavzuda  (diniy,  hayotiy) 
ishlashdan  qat’iy  nazar  insonni  kuylashga,  uning  ma’naviy  pokizaligini  va 
jismoniy go‘zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik munosabatlarni 
tasviriy  san’at  vositasi  orqali  keng  tomoshabinga  yetkazishga  harakat  qiladi. 
Rembrant  umrining  so‘nggi  yillarida  yaratgan  “Oqpadarning  qaytishi”  asarida 
hayot  va  inson  to‘g‘risidagi  tushunchalar  o‘z  hayotiy  tajribalariga  tayanib,  ota 
oyoqlariga  yiqilgan  o‘g‘il  obrazi  orqali  hayotning  murakkabligi,  uni  bilish  va 
unga  to‘g‘ri  yo‘l  topa  olish  nechog‘lik  og‘ir  ekanligini  ochib  beradi.  Boshiga 
og‘ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o‘z o‘g‘lini bag‘riga bosayotgan ota 
obrazi  orqali  mehribon,  insonlarga  faqat  yaxshilik  istagan  mo‘’tabar  inson 
qiyofasi  gavdalanadi.  Bu  asrlardan  boshlab  inson  mehnati  go‘zalligi 
san’atkorning  diqqatini  torta  boshladi.  San’atkorlar  mehnat  mavzusida  yirik 
asarlar  yarata  boshladilar.  Yevropa  san’atida  Diego  Velaskes  birinchi  bo‘lib, 
mehnat  go‘zalligini  shoirona,  ko‘tarinki  ruhda  talqin  etdi.  Uning  “Gilam 
to‘quvchilar”  deb  nomlangan  asari  ana  shunday  asarlaridan  dastlabkisidir. 
Rassom  oddiy  kundalik  hayotda  insonlarning  xotirjam  mehnati  orqali  ularning 
baxt  haqidagi  orzularini  ko‘ra  oldi.  Kompozitsiyada  kishilarning  tabiiy  holdagi 
xotirjam  mehnati,  ularning  jismoniy  baquvvat  gavdalari  ishonarli  talqin  etgan. 
Xonani  to‘ldirib  turgan  nur  esa  bu  tinch  osoyishta  hayot  go‘zalligini  yanada 
bo‘rttiradi. 
XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar me’morchilik 
oldiga  ham  qator  muammolarni  qo‘ydi.  Bu  davrdan  boshlab  cherkov  qurilishi 
hajmi  kamaydi,  uning  o‘rnini  fuqaro  me’morchiligi  egallay  boshladi.  Shahar 
loyihalashtirilishiga  alohida  e’tibor  berila  boshlandi,  shaharda  me’morchilik 
ansambllari  paydo  bo‘ldi.  Turmushda  go‘zal  buyumlarga  intilish  kuchaydi. 
Tevarak-atrof go‘zalligiga e’tibor berish, bog‘-park san’atini maydonga keltirdi. 
U bilan birga dekorativ haykaltaroshligi ham rivoj topdi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə