Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 

 
Realist  rassomlardan  P.Fedotov,  V.Perov,  V.Maksimov,  V.Makovskiy, 
K.Savitskiy,  I.Repin  kabilar  maishiy  janrning  taraqqiyotiga  katta  hissa 
qo‘shdilar.  o‘zbek  rassomlaridan  R.Ahmedov,  M.Saidov,  Z.Inog‘omov, 
R.Choriev, O‘.Abdurahmonovlar ham shu janrda barakali ijod etmoqdalar. 
Ibtidoiy jamoa san’ati. 
Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va uzoq 
davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni hamma xalq va elatlar o‘z 
boshidan  kechirdilar.  Ana  shu  uzoq  davom  etgan  taraqqiyot  jarayonida  hozirgi 
zamon odami tipi paydo bo‘ldi, odamlar jamoasi yuzaga keldi. Ishlab chiqarish 
kuchlarining  zaifligi  odamlarni  kollektiv  bo‘lib  yashash  va  mehnat  qilishga 
da’vat  etdi.  Ular  qudrat  birlikda  ekanligini,  hayotning  ilk  bosqichidayoq 
sezdilar.  Bu  qudrat  ularni  tabiat  sirlarini  o‘rganishga  boshladi.  Madaniyat  va 
san’at ravnaqiga zamin yaratdi.  
Ibtidoiy  jamoa  tuzumidan  bizgacha  ashyoviy  dalillar  -  mehnat  va  ov 
qurollari, uy-anjomlari va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari 
yetib  kelgan.  Shular  ibtidoiy  jamoa  kishisining  estetik  va  diniy  qarashlarini 
bilishga,  ibtidoiy  jamoaning  madaniyati  haqida  tasavvur  hosil  qilishga  yordam 
beradi.  Tuproq  ostida  qolib  ketgan  moddiy  yodgorliklar,  odam  va  hayvonlar 
jasadining  qoldiqlari,  G‘or  va  yerto‘la  devorlariga  chizilgan  surat  va  bo‘rtma 
tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o‘rganishning muhim manbai hisoblanadi. 
San’at  qachon  va  qanday  paydo  bo‘lgan?  San’at  qadim-qadimda  kishilarning 
mehnati  jarayonida  yuzaga  keldi  va  rivojlandi.  Inson  madaniyati  taraqqiyot 
olamiga  qadam  qo‘ydi.  San’atning  yuzaga  kelishi  insonning  ob’ektiv  voqelik 
to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, o‘z avlodi tajribalaridan bahramand 
bo‘lishga  olib  keldi.  Bu  uni  tabiat  kuchlariga  qarshi  kurashishga  da’vat  etdi, 
uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini jadallashtirdi. 
Arxeologiyada  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  tarixi  qurol  yasash  uchun 
ishlatiladigan materiallarga qarab, uch asosiy bosqichga ajraladi: 
 
1. Tosh asri - eramizdan avvalgi 3 ming yillikkacha bo‘lgan davr. 
 
2. Mis va bronza asri - eramizdan avvalgi 3-2 ming yillik. 
 
3. Temir asri - eramizdan avvalgi 1 ming yillik. 
Haykaltaroshlikda hayvonlar tasvirini yasash keng o‘rinni egallaydi. Odam 
tasviri,  ayniqsa,  ayollar  haykali  paleolit  davrida  keng  uchraydi.  G‘arbiy 
Yevropadan  (Avstriya)  topilgan  “Villendorf  Venerasi”  deb  nomlangan  haykal 
mashhurdir.  Haykal  hajm  jihatidan  katta  emas,  (balandligi  0,06  m.)  lekin 
ko‘rinishi  jihatidan  monumental.  Haykalda  ortiqcha  detallar  yo‘q.  Ichki  kuch-
qudratga to‘la haykalda bosh qismi bir oz belgilangan, yuz deyarli ishlanmagan, 
past  tomonida  tugallik  yo‘q,  lekin  shunga  qaramasdan,  haykal  o‘zining 
to‘laqonliligi, ichki kuchga to‘laligi bilan yaxshi taassurot qoldiradi. 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə