Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Java 2se dasturlash tili

 
Kontekst menyu 
Kontekst menyu bu menyu qatoriga biriktirilmagan va foydalanuvchi tegishli sichqon 
tugmasini bosganda sichqon ko’rsatkichi joylashgan joyda paydo bo’luvchi menyusi xisoblanadi. 
Kontekst menyu 
JPopupMenu
klassi tomonidan yaratiladi. Kontekst menyu oddiy menyu singari 
yaratiladi. Birinchi navbatda menyuning o’zi yaratilib keyin menyu elementlari yaratilib 
menyuga qo’shiladi. 
JPopupMenu kontekstMenyu = new JPopupMenu(); 
JMenuItem qirqibOlish = new JMenuItem("Qirqib olish"); 
kontekstMenyu.add(qirqibOlish); 
Kontekst menyu biron bir komponentga biriktiriladi. Kontekst menyusi paydo bo’lishi 
uchun foydalanuvchi ushbu elementga kontekst menyusini chiqarib beradigan sichqon tugmasini 
bosish kerak bo’ladi. Windows va Linux operatsion tizimida bu sichqonning asosiy bo’lmagan 
tugmasi, ya’ni o’ng tugma xisoblanadi. Masalan, kontekst menyu panel, matn maydoni, matn 
qatori, ro’yxat va boshqa elementlarga 
JComponent
klassidan meros qilib olingan 
setComponentPopupMenu()
metodi yordamida biriktirilishi mumkin. 
matnMaydoni.setComponentPopupMenu(kontekstMenu); 
Quyidagi oyna matn maydoniga biriktirilgan kontekst menyuni ko’rsatib beradi: 
JPopupMenu
 klassi yordamida yaratilgan kontekst menyu 
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan: 


import java.awt.*; 
import javax.swing.*; 
public class KontekstMenyuTest 

public static void main(String[] args) 

JFrame frame = new JFrame("Kontekst Menyu Test"); 
JPopupMenu kontekstMenyu = new JPopupMenu(); 
Icon qirqibOlishIcon = new ImageIcon("cut.png"); 
JMenuItem qirqibOlish = new JMenuItem("Qirqib olish", qirqibOlishIcon); 
Icon nusxaOlishIcon = new ImageIcon("copy.png"); 
JMenuItem nusxaOlish = new JMenuItem("Nusxa olish", nusxaOlishIcon); 
Icon qushishIcon = new ImageIcon("paste.png"); 
JMenuItem qushish = new JMenuItem("Qushish", qushishIcon); 
kontekstMenyu.add(qirqibOlish); 
kontekstMenyu.add(nusxaOlish); 
kontekstMenyu.add(qushish); 
JPanel panel = new JPanel(); 
JTextArea matnMaydoni = new JTextArea("Kontekst menyusiga ega matn 
maydoni", 6, 20); 
panel.add(matnMaydoni); 
matnMaydoni.setComponentPopupMenu(kontekstMenyu); 
frame.getContentPane().add(panel); 
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE ); 
frame.setSize(300,200); 
frame.setVisible(true); 


Oddiy menyu kabi kontenst menyu tanlanganda 
ActionEvent
xodisasi xosil qilinadi va 
ActionListener
interfeysini bajarib biron bir amal bajarib olish mumkin. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə