Sunniylik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sunniylik (sunna soʻzidan) — islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93 % i Sunniy (qolgan 7 % i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. 7-asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi.
Dostları ilə paylaş: |