Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud-psixologik ekspertizasi. Reja



Yüklə 22,79 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü22,79 Kb.
#141347
6-mavzu


Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud-psixologik ekspertizasi.

Reja
1. Jamiyat va fuqorolik sudi haqida
2.Sud psixologik ekspezitsiyasi

Jamiyat va fuqorolik sudi haqida
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 472-son «Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish choratadbirlari to‗g‗risida»gi qarori va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Yuridik psixologiya ko‗pgina sohalarni o‗z ichiga qamrab oluvchi amaliy fan hisoblanib, bir tomondan psixologiya, ikkinchi tomondan huquqshunoslik fanlari doirasiga kiradi. Bu fan ijtimoiygumanitar fanlarning integrallashuvi jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo‗la boshlagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida I.M.Sechenov, S.M.Bexterev, A.F.Koni faoliyat yuritgan davr yuridik psixologiyaning o‗sish davri hisoblanadi. Bu davrga kelib, jinoyatchi shaxs psixologiyasi borasidagi izlanishlar natija bera boshlaydi va yuridik psixologiyani mustaqil fan sifatida qabul qilish zarurati tug‗iladi. Gans Grosning 1898-yilda chop etilgan ―Kriminal psixologiyasi‖ nomli asari ko‗plab psixolog olimlarning mashaqqatli mehnatlarini o‗zida aks ettirgan birinchi ilmiy adabiyot sanaladi. Alfred Bine 1900- yilda nashr ettirgan ―Ta‘sir etish‖ asarida yosh bolalarning guvohlik berishida ta‘sir ko‗rsatishning muhimligi muammosini o‗rgangan. 1925-yilda birinchi bo‗lib Rossiya federatsiyasida Jinoyat va jinoyatchilikni o‗rganish instituti tashkil etiladi. 1964-yilda ―Yuridik psixologiya‖ fani huquqshunoslik yo‗nalishidagi barcha oliy o‗quv yurtlarining o‗quv dasturlariga kiritiladi. 1970-yilda Amerika milliy psixologik sog‗lomlashtirish markazida o‗tkazilgan 45 ta izlanish natijalari asosida ―Jinoiy xromosoma anomaliyasi‖ mavjudligi haqida ma‘ruza qilinadi. Kriminal psixologiya nazariyasiga ko‗ra, Klaynfelter gipotezasi tahlil qilinadi va 5242 nafar jinoyatchi (aynan bo‗yi balandlari) tajribadan o‗tkaziladi. Olingan natijalarga ko‗ra, baland bo‗yli erkak jinsiga mansub shaxslarning 2 % da, o‗rta bo‗yli shaxslarning 0,7% da qonunga itoatkor deb topilgan respondentlarning 1,0% da tajovuzkor xulqning shakllanishiga bog‗liq xromosomalar aniqlangan. Yuridik psixologiya fanining rivojlanishiga S.S.Romanov, M.I.Enikeyev, V.L.Vasilevlar katta hissa qo‗shganlar. Shu ma‘noda yuridik psixologiya psixik qonuniyatlarning huquqiy faoliyat va huquqiy tartibga solish jarayonlarida paydo bo‗lishi hamda amalda qo‗llanishini o‗rganuvchi soha ekanligini ko‗rishimiz mumkin Sud-psixologik ekspertiza bugungi kunda yuridik faoliyat amaliyotiga chuqur kirib bormoqda. Sudpsixologik ekspertizasining mohiyatini to‗laroq anglash va amaliyotga keng tadbiq etish uchun esa uning shakllanish yo‗lini, tarixiy rivojlanishini bilish talab etiladi. Huquqbuzarlik jarayonidagi ishtirokchilarning (ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlik beruvchi, xolis) psixik xususiyatlarini tadqiq qilish va o‗rganishga qiziqish qadim-qadimdan mavjud bo‗lgan. Kishilik jamiyatining taraqqiy etib borishi, bir ijtimoiy tuzumning ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o‗rnini bo‗shatib berishi jamiyatda bir qator yangiliklarni, o‗zgarishlarni keltirib chiqargan. Shu tariqa jamiyat taraqqiyoti barcha sohalar singari psixologiya ilmining ham rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Natijada huquqshunoslik amaliyotida psixologik tajribalarning ahamiyati yanada ortib, uni o‗tkazish usullari takomillashib bordi. Bu o‗z navbatida, tergov va sudlov jarayonlarining oshkoralik asosida, odilona olib borilishini ta‘minladi. Biroq, tergov va sudlov jarayonlarining oshkora va odilona olib borilishi ko‗p hollarda faqat sudya yoki tergovchining tajribasiga, ilmiga, malakasiga va vijdoniga bog‗liqligicha qolaveradi. Bunday holat tabiiy ravishda sudlov va tergov jarayoniga boshqa sohalarning ham aralashishi zaruriyatini. keltirib chiqardi. Dastlab sudlov jarayonida psixologlar voyaga yetmaganlarning psixik rivojlanishi xususiyatlarini, xotira, tafakkur va idrok qilish va xayol jarayonlarini tadqiq qilish bilan shug‗ullana boshladilar. Huquqshunoslik amaliyoti tarixidan ma‘lum bo‗lishicha, birinchi bo‗lib 1810-yilda Napoleon ―Jinoyat kodeksi‖ga o‗z xatti-harakatlarini boshqara olish yoki boshqara olmaslik layoqatini aniqlash tushunchasini kiritadi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bir qator mamlakatlarning jinoyat protsessual kodekslariga ayblanuvchi (gumonlanuvchi shaxsi)ning o‗z hatti-harakati yoki qilmishlariga javob bera olish yoki javob bera olmasligini aniqlashga doir tibbiy tushunchalar ham kiritila boshlandi. Rossiyada 1864-yilda jinoyat ishlari bo‗yicha sudlov nizomiga psixiatrik ekspertiza o‗tkazish zarurligi to‗g‗risidagi kodeks qo‗shilgan edi. Ushbu psixiatrik ekspertiza tarkibida psixologik ekspertiza o‗tkazish ham ko‗zda tutilgan. Shu vaqtdan e‘tiboran Rossiyada psixologik ekspertiza o‗tkazila boshlanadi. XX asrning o‗rtalariga kelib, eksperimental psixologiya va psixodiagnostika sohasi bo‗yicha erishilgan yutuqlardan sud amaliyotida ham foydalanila boshlandi. Ushbu yo‗nalish bo‗yicha ilmiy tadqiqot laboratoriyalari tashkil etilib, ularda jinoyatchi shaxs xulq-atvoridagi o‗zgarishlari, fiziologik affekt holati va shu kabilar o‗rganila boshlandi. 1922-yilda Rossiya Federatsiyasida birinchi marta jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi. XX asrning boshlarida sobiq ittifoqning bir qator shaharlarida jinoyatchi shaxsini o‗rganish bo‗yicha markazlar ochilib, ularda sudga oid psixologik ishlar olib borila boshladi. O‗tgan asrning 70-yillaridan boshlab, psixologik ekspertiza xizmati yana rivojlana boshladi. Psixologik ekspertiza sohasining rivojlanib borishi natijasida asta-sekin uning vazifasi, tergov va sud jarayoniga aralashuv chegarasi aniqlashib bordi. Bugunga kelib psixologik ekspertizaning vazifasi, o‗rganuvchi sohasi xususidagi anglashilmovchilik, tushunchovchiliklar barham topa boshladi. Sud-psixologik ekspertiza mustaqil ekspert tadqiqotining shakli sifatida murakkab hisoblangan amaliy psixologiya ma‘lumotlarini yuridik faoliyatga bog‗liq ehtiyojlarga moslashtirish urinishlaridan boshlab, sudpsixologik ekspertizaning o‗z nazariyasini yaratishgacha bo‗lgan yo‗lni bosib o‗tgan. Bu jarayon umumiy va amaliy psixologiya rivojlanishi bilan chambarchas bog‗liq va shu kun qadar davom etmoqda. Sud-psixologik ekspertizaning, alohida ajralgan fan sifatidagi, paydo bo‗lish jarayonida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: XIX asrning birinchi yarimida
Shvedsariyalik yozuvchi I.Lafaterning fiziognomika risolasi mashhur bo‗lib ketdi. Unda muallif ―Tashqi ko‗rinish (xulqiy)ga qarab ichki (psixik) holatini‖ (insonning psixik holatini va psixik tipini yuz tuzilishining anatomik xususiyatlariga qarab) aniqlashga intilishini aks etgan. O‗sha paytda avstriyalik vrach va anatom F.Gal frenologiyaga asos solgan. U inson miyasining o‗ziga xos xaritasini ishlab chiqib, bu xaritada insonning har bir qobiliyati uchun ma‘lum bir qism javob berganligini aniqlagan.
F.Gal fikricha, bosh miyaning alohida qismlarining rivojlanishi bosh suyagining shakliga ta‘sir qilsa, bosh suyagining ustki qismining o‗rganilishi shaxs xususiyatlarini baholashga imkon beradi. Yurisprudensiya va psixologiyani bog‗lab turgan, boshqa qismlarni aniqlashga qaratilgan boshqa urinishlar ham bo‗lgan. Ushbu urinishlarning o‗ziga xos natijasi Italiyalik psixiatr va kriminalist Ch.Lombrozo tomonidan yaratilgan mashhur bo‗lgan ―jinoyatchi inson‖ nazariyasini katta ahamiyat kasb etadi. Garchi bunga o‗xshash ta‘limotlarning ilmiyligi isbotlanmagan bo‗lsa ham, bularning hammasi yuridik psixologiya rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatgan. XIX asrning ikkinchi yarimida psixologiya bilimning ilmiy sohasiga aylanib qoladi, bunga falsafa va fiziologiya sohalaridagi mutanosib yo‗nalishlar ko‗maklashadi. Nemis olimi G.Gelmgols asarlari sezgi organlari zamonaviy fiziologiyasining asosini tashkil etadi. Muallif o‗z asarida ilk bor bilish jarayonining sensor (his-tuyg‗u) va intellektual (kognitiv) komponentlari o‗rtasidagi uzoqlashishni ko‗rsatib berishga harakat qilgan. Uning psixofiziologiyasining g‗oyalari bir qator xususan psixofiziologik kategoriyalarni ishlab chiqishga, psixologiyani fan sifatida shakllanishiga ko‗maklashgan. Ushbu bosqichda sud-psixologik ekspertiza psixiatrik tadqiqotning bir qismi sifatida, sud-psixiatrik ekspertizaning muhim qurollari sifatida (bu esa psixologiya va psixiatriya fanining qisman o‗xshashligi, va psixologiya fani rivojlanishining ushbu bosqichida yetarli darajada mustaqil emasligini inobatga olgan holda) yoki maxsus pedagogik tadqiqot sifatida o‗rganilgan. Psixologiya ilmining mustaqil sohasiga aylanayotgan bir paytda, amaliy fan sifatida taraqqiy etgan. Sud psixologiyasining shakllanishiga D.Drilning ―Psixofizik tiplar jinoyatchilik va uning turlari bilan solishtirganda (xususan jinoyatchilik psixologiyasi)‖, ―Jinoyatchilik va jinoyatchilar‖ (jinoiy psixologik etyudlar) asarlari ulkan hissa qo‗shgan. XIX asrning oxiri XX asrning boshiga kelib psixologiya ilm-fanda mustaqil sohaga ajralib qoladi. Bir tomondan bunga psixologiyaga – tajriba kiritilgani bilan erishiladi, ikkinchi tomondan ushbu hol tadrijiy psixologiya rivojlanishiga turtki bo‗lib xizmat qildi. Bu esa o‗z navbatida yuridik amaliyotda (shu bilan birga sud amaliyotida ham) psixologik tadqiqotlarning yutuqlarini qo‗llash yo‗lida kuchli yangi turtki vazifasini bajardi. Aynan shu paytda G‗arbiy Yevropa davlatlaridagi olimlar K.Marbe, V.Shtern, J.Varendonk, A.Bine tomonidan sud-psixologiya ekspertizasi yo‗nalishida ilk tajribalar o‗tkazilgan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshida sud-psixologik ekspertizaning xulosalari isbot-dalillarning mustaqil manbai sifatida qo‗llaniladi. Uning nazariy asoslari yirik olimlar tomonidan, xususan, Germaniyada - V.Shtern, G.Gross, Italiyada - E.Ferri va R.Garrofalo, Rossiyada – L.E.Vladimirov, A.U.Freze, V.M.Bexterev va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Bu paytda sud-psixologik ekspertizaning muammolariga bag‗ishlangan bir qator asarlar paydo bo‗ladi. Bular - K.Marbening ―Psixolog jinoiy va fuqarolik ishlarda ekspert sifatida‖, R.Kuve ―Psixotexnika temir yo‗llar xizmatida‖, V.Shtern ―Jinsiy jinoyat ishlari yuzasidan yosh guvohlar ko‗rsatmalari‖ va ―Aqliy qobiliyatlarni aniqlashning psixologik usullari‖, G.Gross tomonidan ―Kriminal psixologiyasi‖ asari chop etilgan. 1885-yilga kelib Rossiyada empirik psixologiya o‗z maqomiga ega bo‗ladi. 1902-yilda V.Bexterev tomonidan sud-psixologik amaliy tadqiqotlarga bag‗ishlangan birinchi asar yaratiladi.
1907-yilda Rossiyada V.Bexterev va D.Dril Psixonevrologik institutga asos soladilar. U yerda ilk bor sud-psixologik ekspertiza fanidan ma‘ruzalar o‗qilgan. Rossiyalik tadqiqotchilar sud-psixologik ekspertizaning chet el tajribasini katta qiziqish bilan o‗rganadilar. Sud-psixologik ekspertizaning eng chuqur tahlil qilish bo‗yicha ilk tajribalar A.E.Brusilovskiy ―Sud-psixologik ekspertiza. Fan sifatida, uslubiyoti va chegaralari‖ asarida qilingan, ushbu asar 1929-yilda Xarkov shahrida nashr etilgan. Bu davrda Rossiyada amaliy psixologiyaga va xususan psixologik ekspertizaga katta qiziqish kuzatiladi. Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va guvoh shaxslar psixikasining o‗rganib chiqishga va tahlil qilishga alohida e‘tibor qaratilgan. Olimlar shunday metodika ishlab chiqishga harakat qilganlarki, ular ekspert tadqiqoti natijasida paydo bo‗lgan psixologik ma‘lumotni yuridik ahamiyatga ega tushunchalar bilan solishtirishga imkoniyat yarasin (masalan, ma‘lum psixologik holat yoki psixologik jarayonlar sifati, ayblanuvchi yoki gumon qilingan shaxsning aqli raso ekanligi yoki emasligi bilan solishtirganda). Bu holatda olimlar tomonidan haqiqatdan ham bir qator qiziqarli psixologik hodisalar aniqlangan edi. Agar sudpsixologik ekspertizaning eng keng tarqalgan turi haqida fikr yuritilsa, bu ko‗rsatmalarni haqqoniyligini tekshirish hisoblanadi (alohida e‘tibor guvohlar ko‗rsatmalariga qaratilgan, shu bilan birga jinoiy jarayonning voyaga yetmagan qatnashchilarining ko‗rsatmalariga ham). Bir vaqtning o‗zida sud psixologiyasi muammolarini tadqiq etish ham rivojlanib ketdi (jarayondagi turli ishtirokchilarining psixologiya xususiyatlari, xususan sud jarayonidagi psixologik vaziyatning o‗ziga xos xususiyatlari). Rossiyada XX asrning boshida bu ish bilan L.E.Vladimirov, L.D.Kiselyov, O.B.Goldovskiy, V.K.Sluchevskiy, A.P.Boktunov va boshqalar shug‗ullanganlar. Bu davrga kelib sud-psixologik ekspertizasiga bag‗ishlangan ilmiy-amaliy asarlar paydo bo‗la boshladi: M.M.Grodzinskiy ―Guvohlar ko‗rsatmalaridagi bir xil xatolar‖, Ya.A.Kantarovich ―Guvohlik ko‗rsatmalarining psixologiyasi‖, A.R.Luriya ―Jinoyat izlarini aniqlashda psixologiya‖, G.I.Volkova ―Jinoiy huquq va refleksologiya‖, V.A.Vnukova va A.E. Brusilovskiy ―Voyaga yetmagan va yoshi kichik guvohlik ko‗rsatmalarning psixologiyasi va psixopatologiyasi‖ va boshqalar. Bu asarlarda shaxs va ayblanuvchi psixologiyasi, guvohlik ko‗rsatamalari bo‗yicha sud-psixologik ekspertizani o‗tkazish texnikasi va uslubini asoslab bergan.
Jinoyatni ochishda sud ekspertizalarining ahamiyati katta. Jumladan, sud - psixologik ekspertizasi ham jinoyatlarni ochishga, jinoyatchining ruhiyotini aniqlashga, adolatli jazo tayinlashda katta yordam beradi. Sud-psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
O‘limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash maqsadida;
Gumondor yoki ayblanuvchilarning jinoiy ish qo‘zg‘atilgan paytda o‘z xatti - harakatlari uchun javob bera olish - olmasligi yoki idora qila olish - olmasligiga, shuningdek, eng asosiysi ruhiy sog‘lomligiga shubha tug‘ilganida, ularning psixik holatlarini aniqlash maqsadida;
Guvoh yoki jabrlanuvchining ishga aloqador shart - sharoitlarini to‘g‘ri idrok qilish hamda ko‘rgazma berish qobiliyatlariga shubha tug‘ilgan kezlarda ularning ruhiy va jismoniy sog‘lomligini aniqlash uchun;
Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan, lekin tegishli hujjatlar bo‘lmagan hollarda ayblanuvchi, gumondor va jabrlanuvchining necha yoshga kirganini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazilishi shart bo‘lib hisoblanadi.
Qonunda ekspertizalarni tegishli mutaxassislar – shifokor, psixolog, psixiatrlarni taklif qilib o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.
Ko‘pchilik hollarda ekspertiza o‘tkazish zarurati tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi.
Ekspertizaning quyidagi turlari farqlanadi:
Sud - tibbiy ekspertizasi;
Sud - psixiatriya ekspertizasi;
Sud - psixologiya ekspertizasi;
Kompleks ekspertizalar.
Sud - tibbiy ekspertizasi jinoyatning barcha turlarida o‘tkaziladi. Jumladan, baxtsiz hodisalar, ehtiyotsizlik oqibatidan kelib chiqadigan jinoyatlar, tasodifiy yoki qasdddan amalga oshiriladigan jinoyatlar kelib chiqqada sud - tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi. Sud - tibbiy ekspertizasi orqali jabrlanuvchining olgan tan jarohatlari, ularning darajasi, kelib chiqadigan oqibatlari aniqlanadi.
Sud - psixiatriya ekspertizasi ham barcha turdagi jinoyatlar kelib chiqqanda o‘tkaziladi. Bunday ekspertiza orqali jinoyatchi, jabrlanuvchilarning jismoniy sog‘lomligi, aqliy jihatdan aqli rasoligi, ko‘rgazma berish uchun o‘z xatti - harakatlarini idora qila olish-qilmasligi, sud zalida o‘zini to‘g‘ri tuta olishi, savollarga to‘g‘ri, adolatli javob bera olishi yoki olmasligi aniqlanadi. Odatda sud - psixiatriya ekspertizasi sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan avval olib boriladi va gumondor, jinoyatchi shaxsiga hatti - harakatlariga javob bera olishi yoki olmasligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Sud - psixologik ekspertizasi tergov jarayonida jinoyatchining jinoiy hatti - harakatlari aniq bo‘lmagan hollarda, shuningdek, balog‘at yoshidagi o‘smirlar jinoyatga qo‘l urgan paytlarida, kattalarning balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan majburlash, nomusiga tegish, o‘z joniga qasd qilish hollarida o‘tkaziladi.
Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan asosiy maqsad jinoyatchining psixologik xususiyatlarini, jinoiy hatti - harakatlar qilayotgan paytidagi uning ruhiy holatlari, jumladan, affekt (kuchli qo‘zg‘alish, shuuriy holati), stress holati (kuchli hayajonlanish), suitsid (o‘z joniga qasd qilish) holatlarini aniqlash va jinoyatchiga to‘g‘ri psixologik tashxis qo‘yish, ya’ni uning jinoiy xatti - harakatlar qilayotgan vaqtida ongsizlik holatida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlashdir.
Kompleks ekspertizalarning mazmuni shundan iboratki, bunday ekspertizalarni o‘tkazishda turli mutaxassislar jalb qilinadi. Jumladan, psixolog, shifokor, psixiatr, texnolog, pedagog kabilarning fikrlari jamlanadi. Kompleks ekspertizalar muammolar juda murakkab bo‘lganda o‘tkaziladi.


Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazish zarurati avvalo tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, ya’ni bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi. Sud – psixologik ekspertizasini tayinlash, uni o‘tkazish paytida tergovchi va ekspert o‘rtasidagi psixologik munosabatlar sezilarli rol o‘ynaydi. Ularning munosabatlari o‘zaro hurmat, hamkorlik va ishonch asosiga qurilmog‘i lozim. Agar davlat ekspertizasi muassasasi hududida ekspertiza o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, tergovchining o‘zi ana shunday muassasa va ekspertni (mutaxassisni) qidirib topadi. Bunday muassasa va ekspertni tanlashda ularning saviyasi, xolisligi, ish natijasidan manfaatdor emasligi hal qiluvchi shartlar bo‘lib hisoblanadi.
Ekspertga biror bir tarzda psixologik tazyiq o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tergov amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ekspertga tergovchi o‘z nuqtai nazarini o‘tkazish, xizmat lavozimidan foydalanib, psixologik tazyiq o‘tkazish, ekspertiza tadqiqotlari muddatini qisqartirishni ko‘zlab, soddaroq metodlar turini qo‘llashni talab qilish ekspertizaga tergovchi tazyiqining yo‘llari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun psixolog - ekspert yoki mutaxassis - psixolog o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda qonun asosida ish ko‘rishi maqsadga muvofiqdir.
Sud – psixologik ekspertizasini tayinlanishi, uning natijalari ayblanuvchiga kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada u aksar hollarda rostmana ko‘rgazma bera boshlaydi.
Tergov amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, shaxsning hayoti, sog‘ligi, erki, sha’niga nisbatan mulkka, jamoat tartibiga, xavfsizligiga, aholi sog‘ligiga qarshi, voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha sud – psixologik ekspertizasini tayinlash zaruriyati ko‘proq tug‘iladi.
Shuningdek, tergovchida guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchi muayyan sharoitlarni to‘g‘ri idrok qila olishi va ko‘rgazma bera olishiga shubha tug‘ilgan kezlarda ham sud – psixologik ekspertizasini tayinlanadi.
Sud – psixologik ekspertizasini o‘tkazishda psixolog quyidagi bosqichlarda ish olib boradi:
jinoiy ishni ochish uchun to‘plangan barcha ish hujjatlari bilan batafsil tanishib chiqadi;
jinoyatchi, gumonlanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbatlar olib boradi;
ular ustida psixologik test o‘tkazadi;
test natijalari va suhbat, kuzatish uslublari orqali jinoiy hatti -harakatlarni psixologik jihatdan tahlil qiladi;
ekspertiza natijalariga asoslangan holda psixologik ekspertiza xulosasini tayyorlaydi va tergovchiga taqdim etadi;
tayyorlagan xulosasi asosida agar sud jarayonida guvohlik berilishi talab qilinsa sudda qatnashadi.
Sud – psixologik ekspertizasining predmeti ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rgazmalari haqqoniyligini tasdiqlash emas, balki so‘roq qilinayotgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra isbotlanishi zarur faktlarni idrok qilish, xotirasida saqlash hamda bayon eta olish qobiliyati boshidan kechirayotgan ruhiy jarayonlarga aynan muvofiqligini aniqlashdan iboratdir.
Ko‘pincha voyaga yetmagan shaxs psixologik ekspertiza obyektiga aylanadi. Psixologiyaning yordamisiz tergovchi yoki sud voyaga yetmagan shaxs yoki o‘smirning jinoiy-huquqiy ahamiyat kasb etuvchi faoliyatiga yoshiga xos alomatlarning nechog‘lik ta’sir ko‘rsatganini aniqlab ololmaydilar. Affayektiv holat jabrlanuvchining noqonuniy xatti-sharakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jinoyatning ayrim tuzilishlarini kvalifikatsiyalashda aybni yengillashtiruvchi holatlar ekanligini aniqlash ekspert-psixolog vakolatiga kiradi. Bunday hollarda psixolog-ekspert o‘z kasbining mohir ustasi, tajribali bo‘lishi talab qilinadi. Sud – psixologik ekspertizasini tajribali, kuchli mutaxassis-psixologlar olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ekspertiza orqasida shaxsning taqdiri turadi.
Affektiv holatning davomiyligi, intensivligi va mexanizminisud-psixologik ekspertiza metodlari bilan tadqiq etish, dastlabki tergov xulosalarining ilmiy asoslangani va dalillanishini ta’minlashda psixolog-ekspertning mahorati, kasb fazilatlari katta rol o‘ynaydi. Jinoyat sodir etilgan paytda shaxs xulq - atvorining alohida xususiyat kasb etishiga sabab bo‘lgan boshqa holatlarni tadqiq qilish ham sud-psixologik ekspertizani vakolatiga kiradi. Affektdan tashqari ularning qatoriga charchoq, qattiq qo‘rquv, og‘ir musibat, (depressiya) tushkunlik kabilarni qo‘shish mumkin.
Tergov va sud amaliyotida tug‘iladigan psixologik masalalarni hal qilish ekspert - psixologga bir qator qo‘shimcha talablarni qo‘yadi. Jumladan, psixolog - ekspert protsessual Qonunning ekspert tadqiqotlariga oid qismini, dastlabki tergov va sud - surishtiruvning maxsus shartlarini bilishi lozim.
Demak, psixolog - ekspertda quyidagi kasbiy fazilatlar shakllangan bo‘lishi jinoyatni ochishda adolatlilik tamoyiliga amal qilishga olib keladi:
psixolog - ekspert adolatli, vijdonli bo‘lishi;
psixolog tergovchiga va ayblanuvchiga nisbatan xushmuomala, madaniyatli bo‘lishi;
psixolog tajribali mutaxassis sifatida kuchli irodali, sabr - toqatli, mulohaza bilan ish yuritishi;
psixolog - ekspert xulosani o‘z vaqtida topshirishi, ya’ni tartibli, mas’uliyatli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Psixolog- ekspert ayblanuvchi bilan shaxs sifatida munosabatda bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi insoniy fazilatlar psixolog - ekspertda shakllangan bo‘lsa jinoyatchiga nisbatan adolatli ish ko‘rish amalga oshiriladi va haqiqat
Psixolog - ekspert mutaxassis sifatida ayblanuvchi bilan ish olib borishda qu yidagicha tartibda ekspertiza o‘tkazadi:
ayblanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbat o‘tkazadi;
ularning psixologik xususiyatlarini (idroki, diqqati, hissiqti, temperamenti, xarakteri, irodasi kabilarni) aniqlaydi;
kuzatish, suhbat, psixologik test kabi metodikalarni o‘tkazadi;
ayblanuvchiga ochilgan jinoyat ishi bilan batafsil tanishib chiqadi;
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ekspertiza xulosasi tayyorlaydi.
Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilishda ayblanuvchining jinoyatni nechanchi marta sodir etganligiga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, uning oilaviy psixologik muhitini aniqlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ekspertizaga oid adabiyotlar bilan tanishadi.
Demak, sudga oid psixologik ekspertizaning jinoiy xatti - harakatlarni aniqlashdagi ahamiyati juda katta ekan. Shuning uchun mutaxassis-psixologlar ayblanuvchining psixologik xususiyatlarini, uning jinoiy xatti - harakatlarni sodir etayotgan vaqtdagi ruhiy holatlarini aniqlashda juda katta mas’uliyat bilan ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Arifxodjaeva I. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2008 yil. 432 bet.
2.Vasilbev B.JI. Yuridicheskaya psixologiya. Uchebnik dlya vuzov. «Piter» Sankt-Peterburg. 2014. 656 str.
3.Umarov Bahriddin.Umarali Qodirov. Huquqshunoslik faolyati psixologiyasi.
Yüklə 22,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə