Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»


Sport kurashi usullarini tasniflash, tizimlashtirish va ularning atamasi



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə17/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

6-MA’RUZA Kurash turlarining qoidalari

Sport kurashi usullarini tasniflash, tizimlashtirish va ularning atamasi


3.1. Umumiy qoidalar

Sport kurashida sportchining texnik harakatlari ko’p va turli-tumanligi sababli u boshqa sport turlaridan farq qiladi.

Kurashchining texnik harakatlarini tartibga solish va ushbu sohada mutaxassislar o’rtasida muloqat qilish imkonini yaratish uchun kurash texnikasining tasnifi, tizimi hamda atamalari ishlab chiqilgan.
Tasniflash - bilimlarning u yoki bu sohasidagi bir-biriga tobe tushunchalar (sinflar, ob’ektlar, hodisalar) tizimidir. Tasnif ob’ektlarning umumiy belgilar va ular o’rtasidagi qonuniy bog’liqlikni hisobga olish asosida tuziladi. Tasniflash turli-tuman ob’ektlarda to’g’ri yo’l tutishga yordam beradi hamda ular to’g’risidagi bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi.
Har xil kurash usullarini ularning umumiy belgilariga qarab (tasniflarga) taqsimlash mutaxassislarga fan to’g’risidagi nazariy hamda amaliy bilimlarni rivojlantirishga imkon yaratadi va bir vaqtning o’zida bu bilimlardagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Kurash usullari o’rtasidagi ichki bog’liqliklar tizimlashtirish asosida ko’rib chiqiladi. Tizimlshatrish - bu kurash texnikasini bir tizimga solish, ma’lum bir tartibda joylashtirish, ma’lum bir ketma-ketlikni belgilash demakdir.
Tizimlashtirishda, tasniflashdan farqli ravishda (chunki uning davomida ko’rib chiqilayotgan ob’ektlar ularning o’xshashligi va o’zaro bog’liqligini hisobga olgan holda u yoki bu bo’linmaga ta’lluqli bo’ladi) ob’ektlar ularning ketma-ketligini aniqlash, belgilash uchun bir-biri bilan taqkoslanadi. Tizimlashtirish ushbu tasnifiy sxema imkoniyatlarini ochib beradi, uning kamchiliklarini ko’rsatadi.
Sport kurashini tasniflash va tizimlashtirishning vazifasi kurash mohiyatini aks ettirish hisoblanadi. Tasniflash va tizimlashtirishni tushunchalarni (tashlash, o’tkazish, yiqitish, ag’darish va h.k.) aniqlash bo’yicha oldindan ish bajarilmasdan turib, amalga oshirilmaydi.
Yaxshi tuzilgan tasniflash ilmiy asoslangan atamalarni yaratish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Kurash atamashunosligi - bu mutaxassislar o’zlarining ilmiy va pedagogik ish faoliyatlarida foydalanadigan atamalar yig’indisidir.
Mazkur ko’pgina fanlarni tasniflash va tizimlashtirish asosida tuzilgan atamashunoslik fan mohiyati to’grisida ma’lumotlar beradi hamda maqsadli ravishda takomillashtirish imkoniyati mumkin. Bunday atamashunoslik ilmiy asoslangan atamashunoslik deb ataladi.
Shunday qilib, tasniflash, tizimlashtirish va atamashunoslik to’g’risida fikr yurtiligan paytda, ularning mana shu tartibda sanab o’tilishiga e’tibor berib, undagi tasniflash bo’yicha ish ketma-ketligini ko’rish mumkin. Ya’ni avval tasniflash bajariladi, uning natijasida ma’lum bir tizim hosil bo’ladi, so’ngra esa uning asosida hamma kurash usullarining ilmiy asoslangan nomlari (atamalari) beriladi.
Kurashning har xil turlari umumiy qonuniyatlarga (A.P.Kuptsov bo’yicha) ega hamda ular quyidagilardan iborat:

  1. Kurashda ikkita sportchi qatnashadi, ulardan har biri usullar yoki qarshi usullar yordamida o’z raqibi ustidan g’alabaga erishadi. Shunday qilib, kurashning har bir alohida daqiqalarida hujum qilayotgan va hujum qilinayotgan kurashchi, ya’ni usul yoki kombinatsiya bajarayotgan kurashchi va ustidan usul hamda kombinatsiya uyushtirilayotgan kurashchi mavjud (qarshi hujumni bajarayotgan kurashchi qarshi hujumchi deb ataladi).


  2. Har bir kurashchi harakat faoliyatining asosiy vazifalaridan biri - bu tanlangan holatni saqlab turishdir.


  3. Hujum qilayotgan kurashchining vazifasi raqibning gilamga nisbatan holatini o’zgartirish uchun uni muvozanatdan chiqarishdan iborat. Bunda kurashchilarni bir-biriga nisbatan holatlari turli xilda o’zgarib turishi mumkin.


  4. Gilamga nisbatan holatni o’zgartirish shu bilan engillshatiriladiki, bunda kurashchilarning gilamga qaratilgan og’irlik kuchidan foydalaniladi.


  5. Raqib gavdasining ma’lum bir berilgan nuqtasiga zarur kuch berish (ya’ni kuch momentlarini hosil qilish, kuch juftligini yaratish, og’irlik kuchlari va inertsiya momentlaridan foydalanish) har bir usulning biomexanikaviy asosini tashkil qiladi.


  6. Usul kuch bo’yicha g’olib bo’lishga imkon beradi va bir nechta qismlardan iborat: tayyorgarlik harakati, ushlab olish, asosiy harakat, hujum hamda yakunlovchi holatlar.


  7. Har bir usul o’zgartirilishi va dinamik vaziyat hamda raqib xususiyatlariga qarab murakkablashtirilishi mumkin.


  8. Har bir usul o’zining marom - sur’at tavsiflariga ega. U bellashuvning u yoki bu vaziyatlarida yoki butun bellashuvda o’zgartirilishi mumkin.


  9. Har bir usulni bajarish joyi kurash gilami o’lchamlari bilan chegaralangan.


Har xil kurash turlarining mazmuni, alohida har bir kurash turida kurashchilarning harakatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga qaramasdan, umumiy asosga ega va bir xil belgilariga qarab tasniflangan.


Shuning asosida A.P.Kuptsov tomonidan sport kurashi texnikasining yagona tasnifi va tizimi ishlab chiqilgan (1-jadval). Bunda faqat shu turga xos bo’lgan xususiyatlar saqlanib qolganidek, har bir turning o’ziga xos xususyaitlari to’liq saqlanib qolingan.
Kurash texnikasi asosiy usullarining yagona tasnifi va tizimini ishlab chiqishda quyidagi vazifalar oldinga qo’yilgan:
- kurash texnik harakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning turli-tumanligi va murakabligini ochib bergan holda uning mohiyatini aks ettirib;
- gilamda sodir etilayotganlarni kurash turiga qiyoslamagan holda aks ettirish;
- hamma kurash turlari uchun umumiylikni aniqlashga yordam berish;
- har bir kurash turining o’ziga xos hususiyatlarini saqlab qolish;
- har bir kurash turiga boshqa turlardan (shu qatorda milliy kurashdan) eng yaxshi usullarni o’zlashtirish imkonini yaratish;
- asosiy texnika usullarini “maktabdagi bajarish” ga tasniflash;
- hamma kurash turlari uchun umumiy bo’lgan texnika tushunchalari hamda ta’riflarni tuzish va har bir turning umumiy tamoyillarga asoslangan atamashunosligini yaratishga yordam berish.
Sport kurashidagi yagona tasniflash va tizimlashtirishning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning hamma darajalari har qaysi sport (shu qatorda milliy) kurashi turi texnikasining bosqichma-bosqich ifodasi hisoblanadi hamda ko’p sonli elementlarni tartibga solishga yordam beradi.
Birinchi daraja - sinflar - kurash qanday holatda amalga oshirilayotganligini ko’rsatadi. Kurashning texnik harakatlari ham tik turishda, hamda parterda bajariladi.
Ikkinchi daraja - kichik sinflar - kurashda nima bajarilayotganligini (tashlash, o’tkazish, ag’darish va h.k.) ko’rsatadi.
Uchinchi daraja - guruhlar - usul, ya’ni hujum qilayotgan kurashchilarning usullarni bajarish paytidagi mumkin bo’lgan asosiy harakatlari turlari qanday bajarilayotganligini ko’rsatadi. Masalan, tashlashlar oldinga engashib, orqaga egilib, burilib va h.k. bajariladi.
To’rtinchi daraja - kichik guruhlar - mumkin bo’lgan qo’l bilan ushlab olishlar, oyoqlar bilan harakatlanishlar hamda usullarni bajarishning boshqa xususiyatlarini, ya’ni guruh ichidagi usullarning o’zining variantliligini ko’rsatadi.
Tizimning shunday tuzilishidan foydalanib, hamma usullar nomini hosil qilish hamda bajarish murakkabligining ortib borishiga qarab, ularni bir tartibda tizib chiqish mumkin. Bu ham tizim hisoblanadi. Gilamda bajarish mumkin bo’lgan har qanday texnik xarakat ushbu tasniflash jadvaliga kiritilgan.
Usullar nomini shakllantirishda birinchi daraja, ya’ni tik turish yoki parterda bajarish ko’rsatilmaydi. Bu narsa nazarda tutiladi yoki agar gap ham tik turishda, ham parterda mavjud bo’lgan usullar (masalan, tashlashlar) to’g’risida borsa, ushbu hollarda qo’shimcha tushuntiriladi. Har bir usulning nomi ikkinchi darajadan, ya’ni kichik sinfdan shakllana boshlaydi.
Usullarning xar bir to’liq nomlanishidan uchta tasniflash darajasiga muvofik bo’lgan va shu tarika ushbu usulning umumiy tizmdagi o’rnini ko’rsatib beruvchi uchta qism bo’lishi lozim.
Usullarni ta’riflash uchun quyidagilarni bilish zarur:
  1. Gilamda nima bajarildi (tashlash, o’tkazish, ag’darish va h.k.), ya’ni usul qaysi kichik guruhga taalluqli (2-daraja).


  2. Usul qanday bajarildi (orqaga egilib, oldinga engashib), ya’ni hujum qilayotgan kurashchining asosiy harakatini tavsiflovchi usul qaysi guruhga taalluqli (3-daraja).


  3. Usul qanday ushlab olish va boshqa xususiyatlar bilan bajarildi, ya’ni ushbu holda usulning qanday varianti nazarda tutiladi (4-daraja).


Masalan, qo’llar va gavdadan ushlab olib (4-daraja) orqaga egilib (3-daraja) tashlash (2-daraja).


Shunday qilib, yagona tasniflash asosida yagona usuliyat bo’yicha ishlab chiqilgan sport kurashi atamashunosligi mutaxassislarning butun ilmiy-usuliy va sport-pedagogik faoliyati uchun o’ta muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə