Jizzax Davlat Pedagogika institut Sirtqi bo’lim 2 – oliy ta’lim shakli bt va sti yo’nalishi



Yüklə 19,58 Kb.
tarix15.04.2022
ölçüsü19,58 Kb.
#85501
Abdurahimova Zebiniso 404 jis. tar. amaliy topshiriq



Jizzax Davlat Pedagogika institut

Sirtqi bo’lim 2 – oliy ta’lim shakli

BT va STI yo’nalishi

404- guruh talabasi

Abdurahimova Zebiniso
MAVZU : Sport formasi taraqqiyotining qonuniyatlari

Sport formasi va uning rivojlanish qonuniyatlari


Muskul zo‘r berishining xarakteriga muvofiq sport formasining
takomillashishi va saqlanish mexanizmi masalalarini yoritish uchun eng avvalo sport formasi tushunchasining mohiyatiga to‘xtalib o‘tish zarur.
“Sport formasi” termini tajribaga asoslangan holda paydo bo‘ldi va
keyinchalik sport mashg‘uloti to‘g‘risidagi ilmiy g‘oyalarning rivojlanishi bilan turli mualliflar uni ilmiy tariflashga harakat qildilar va yaqin vaqtlargacha sport formasining prinsipial mohiyati to‘g‘risida yagona tushuncha yo‘q edi.

Ayrim mualliflar sport formasini tasodifiy hodisa va unga yagona


sportchilar erishadi, boshqalari esa bu formadan chetda qoladilar va o‘ta mashq
qilgan holatga tushib qoladilar deb hisoblaydilar.
Sport formasi qo‘zg‘alish-tormozlanish jarayonlarining katta
konsentratsiyalangan holati sifatida tariflana boshlandi, bunda murakkab
morfologik, bioximik, fiziologik va h. k. funksiyalar takomillashadi.

Sport formasi organizmning holati bo‘lib, odamni harakat qobiliyatining tubdan o‘zgarish jarayonlarini aks ettiradi va shuning uchun uning harakatda takomillashishining yorqin biologik mezoni deb baholanadi.


Sport formasining mezoni tariqasida eng avvalo yuksak sport natijalarining mavjudligi, ularning mustahkamligi va o‘sib borishini hisoblash zarur. Sog‘liq holati, jismoniy rivojlanganlik, jismoniy va psixologik tayyorgarlik sport formasining tashkil qiluvchi qismlari hisoblanadi.
Sport formasi kishidan yaxshi sog‘liqni, funksiya sistemalarining yuqori
darajada takomillashganligi, katta nagruzkalarga organizmning bardosh bera olishi, tabiat omillariga (gipotermiya, gipertermiya, gipoksid, gipoglikoliya va h. k.) yuqori darajada ko‘nikish, psixik jarayonlarining yuqori darajada salmoqligi, shuningdek, hayotiy aktivligi (tetikligi, xushchaqchaqligi, harakatchanligi)ning yuqori darajada bo‘lishini talab qiladi.
Jismoniy rivojlanishdan muskul sistemasining rivojlanganligi (malum meyorgacha, har tomonlama, optimal), tana og‘irligi va uning qismlari (tayangan va tayanmagan holatlarda) harakatlarini boshqara bilish, tayanch harakat apparatining mexanik mustahkamlanishi, tashqi nafasning yaxshi rivojlanishi zarur. Jismoniy tayyorgarlikdan u sportning xususiyatiga qarab harakat fazilatlarining o‘zaro munosabati, eng katta nagruzkalarga bardosh berish, texnik tayyorgarlik darajasi, katta musobaqalarda qatnashish tajribasi mavjudligi talab qilinadi. Sport formasida bo‘lgan sportchining psixik tayyorgarligidan esa,
nerv jarayonlarini muvozanatlashtirish qobiliyati, o‘zini yaxshi jalb qila olishi, juda yaxshi xis qilish xususiyatiga ega bo‘lishi (vaqtni, masofani, plankani, suvni, muzni va h. k. ni his qilish) ideomotor va autogen mashq qilish usullaridan puxtalik bilan foydalana bilish lozim.
Albatta, sport formasining bu komponentlariga xususiy ko‘rsatkichlar
tarzida qarash lozim, ularning har birini batafsil konkretlashtirish metodik imkoniyatlarga va bu murakkab masalalarni yoritishda ilmiy yondoshishning darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Olimpiada startlarigacha uzluksiz saqlab turish uchun esa, vaqt juda uzoqlik qiladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, sport formasini rivojlantirish jarayoni fazali xarakterga ega bo‘lib, 3 fazaning: egallash, saqlash (nisbatan stabillashish) va vaqtincha yo‘qotish fazalarining birin-ketin navbatlanishida sodir bo‘ladi. Egallash fazasi ikki pog‘onadan iborat:

1) sport formasining rivojlanishi uchun sharoit yaratish va 2) uning
bevosita shakllanishi.

2) Birinchi pog‘ona organizm funksional imkoniyatlarining umumiy


darajasini oshirish, sportchining jismoniy va irodaviy fazilatlarini har
tomonlama rivojlantirish, turli-tuman harakat, ko‘nikma va malakalarini, shu jumladan, tanlab olingan sport turi texnikasining yangi elementlarini (yani bu davrda harakat malakalari zudlik bilan o‘zlashtiriladi) va taktikasini shakllantirish bilan xarakterlanadi. Bu bosqich anchagina biologik qayta tiklanishlar, jismoniy sifatlar va harakat koordinatsiyasidagi katta o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bunda turli jismoniy sifatlarning rivojlanishi orasida moslik bo‘lmasligi mumkin.
Ikkinchi bosqichda o‘zgarish jarayonlari ixtisoslashgan xarakterda bo‘ladi. Sportchi organizmida sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlarga maxsus mashq qilganlik va ixtisoslashgan fazilatlarning rivojlanishi hukmronlik qiladi. Sport formasining asosini tashkil qilgan shartli reflektor bog‘lanishlar birinchi pog‘onalarda katta mustahkamlikka ega bo‘lmasdan noqulay sharoitlar tasirida osongina parchalanishi mumkin.
Nisbatan stabillashish fazasi sport natijalariga optimal tayyorlikni ushlab
turishi bilan xarakterlanadi. Biologik qayta o‘zgarishlar darajasi kamayadi.
Tubdan o‘zgarishlar bu davrga xos emasdir. Muvaffaqiyatli rivojlanish nimaga bog‘liq bo‘lsa faqatgina shularni takomillashtirish mumkin.
Mashg‘ulot tuzilishining xususiyatlariga qarab sport formasini tutib
turuvchi, turli usullarni aks ettiruvchi sport natijalarini yillik dialektikasining turli xillari kuzatiladi.

Sport formasini vaqtinchalik pasayish fazasi mashq qilganlik darajasining moslashish xususiyatining pasayishi, muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolishi bilan farq qiladi. Sport formasi birdaniga so‘nib ketmaydi. Harakat malakalarining asosiy va organizm funksional imkoniyatining umumiy ko‘tarinki darajasi uzoq vaqt saqlanib turadi.
Yüklə 19,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə