Innovatsiyaning maqsadi
- sarflangan mablag` yoki kuchdan eng yuqori
natija olishdan iborat. Boshqa turli — tuman o`z-o`zidan paydo bo`ladigan
yangiliklardan farqli o`laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi
o`zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo`la olmaydi. Shu
sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o`rtasidagi asosiy farqlarni
ko`rsatib o`tish zarur. Buning uchun islohat faoliyatining aniq shakli, mazmuni
va ko`lami asos bo`lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo`lsa va
yaxlit tizim xususiyatiga ega bo`lmasa, o`z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi
elementlarini o`zgartirishni vazifa qilib qo`ygan bo`lsa, u holda biz
novatsiya
bilan muloqot qilayotgan bo`lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv
asosida amalga oshirilayotgan bo`lsa va uning natijasi o`sha tizim rivojlanishiga
yoki uning prinsipial o`zgarishiga olib kelsagina
innovatsiya
deya olamiz.
Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya
doirasida amalga oshiriladi, ko`lam va vaqt bo`yicha chegaralanadi, metodlar
yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli,
yaxlit va davomli bo`ladi, ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi,
amaliyot subyektlari pozisiyalarini to`la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi
yo`nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat
natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o`zi ham yangilanadi.
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |