Jizzax jizzax filiali


Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.)



Yüklə 276,73 Kb.
səhifə5/100
tarix10.02.2022
ölçüsü276,73 Kb.
#83656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
ИКТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ AМALIY111 lotin

Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.)

Labrus Ernest Kamil (1895-1972 yy.)

Fernan Brodel (1902-1985 yy.)

Karl Byuxer (1847-1930 yy.)

Maks Veber (1864-1920 yy.)

Verner Zombart (1863 - 1941 yy.)

Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.)





1-chizma. Jqtisodiyotning turli yo‘nalishlari va maktablari5


Ilmiy davrlash tamoyillari

Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o'rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: “Amalda iqtisodiy g'oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalar ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalaro‘z maqsadlariga to‘la javob berishini ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak” deb yozgan edi.

Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g'oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ulaming barchasini to‘la o‘rganish alohida bob, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.

Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalami ma’lum tizimga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. 0‘tgan davr hodisalari va g'oyalarini hozirgi zamon qarashlari “qolipi”ga zo‘rma- zo‘raki keltirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni yuzaki zamonaviylashtirishga, o‘rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fan sifatida tarixni rivojlanish turkumlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

-alohida mamlakat va hududiaming iqtisodiy rivojlanish davrlari; -jahon iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotigacha boigan davri;

-bozor munosabatlari rivojlanayotgan davr;

-ijtimoiy yo'naltirilgan va nazorat qilinadigan jahon iqtisodiyoti davri;

-zamonaviy davr.

Xo‘jalik rivojlanishining davriy tarixi B.Gildebrand bo‘yicha quyidagicha:

-natural xo'jalik davri (m.a. XII asr yarmi). Savdo hali rivojlanmagan, xo‘ja!ik yurituvchilar o'rtasida barter munosabatlari davri;

-pul xo‘jaligi (milodiy XI1-XVI11 asrlar). Tovar almashinuvi murakkablashgan davr;

-kredit xo‘jaligi (XIX asr o‘rtalaridan to hozirgacha) tovar almashinuvi geografik chegaralanmagan, savdo va kredit nihoyatda faol davr.

K. Marksning formatsion rivojlanish nazariyasi bo‘yicha iqtisodiy tarix davrlari:


  • ibtidoiy jamoa davri (m.a.VI asr);

  • quldorlik davri (m.a.V asr va milodiy VI asr)

  • feodal davr (VI - XVIII asrlar);

  • kapitalistik davr (XIX asrdan XX asrgacha);

  • kommunistik davr (XX asr).

Tarixiy xronologik nazariya bo‘yicha:

-eski zamon (m.a. 223- VIII asrlar) insonlar ko'chmanchilik. ovchilik va terimchilik mehnati bilan shug‘ullanishi;

-antik davr (m.a. V asrdan to milodiy VIII asrlar) quldorlik rivojlanishi va yerlarga xo‘jalik, savdo rivojlanishi;

-o‘rta asr (milodiy V va XVI asrlar) davlat va iqtisodiy munosabatlaming faol rivojlanishi;

-renessans davri (XVI-XVIII asrlar) buyuk ixtirolar davri;

-buyuk ochilishlar davri (XVIII asrning I choragi va o‘rtaIari) dunyoda yangi davlatlar ochilishi;

-erkin raqobat davri (XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asr oxirlari) bozor mexanizmlarini faollashuvi, ishlab chiqarish revolyutsiyasi bilan bog‘liq;

-monopolik raqobat davri (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning 0‘rtalari) ishlab chiqarishning murakkablashuvi va kapitalning kengayishi;

-ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyot (XX asr yarmidan hozirgacha) har bir shaxsning iqtisodiy shakllanishi davri.

Ibtidoiy jamoa davri quyidagi davrlarga bo'linadi:

-poleolit (m.a. 400- 40 asrlar) jamiyat to‘da boMib yashashi, yig‘im- terim va ovchilik bilan shug‘ullanishi;

-mezolit (m.a. 40- XIV asrlar) ovchilik anjomlarini rivojlanishi junlarni qayta ishlash, baliq ovlash, to‘da o‘miga ibtidoiy jamoa shakllanishi;

-neolit davri (m.a. 14- X asrlar) dehqonchilik rivojlanishi, uy hayvonlarini vujudga kelishi, hunarmandchilik va ijodiyotni rivojlanishi, o‘troq hayot kechirishi;

-ilk temir davri (m.a. 10- V asrlar) mehnat qurollari, dehqonchilik, barter rivojlanishi.

Bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar:

-o‘troq hayot kechirishni tanlash;

-qishloq xo'jaligining vujudga kelishi;

-aholining ko‘payishi;

-birinchi shaharlar vujudga kelishi.

Jahon iqtisodiyotining rivojlanish davrlari esa quyidagi davriar bilan bog‘liq:

-genezis (1880- 1940 yillar) xo‘jalik munosabatlari inqirozli davri; -shakllanish (1950 - 1970) kolonial tizimning buzilishi va rivojlangan mamlakatlarning vujudga kelishi (dunyo kapitalizm va sotsializmga boMinishi)

-rivojlanish (1980 - 1990) mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar keng tarmog1 olishi davri.

Shuningdek, barcha mamlakatlar ishlab chiqarishi rivojlangan, o‘tish davri va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo'linadi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faning predmeti - bu shakllanish, rivojlanish jarayoni, iqtisodiyot, fan, texnika va ijtimoiy sohada insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarda iqtisodiy qarashlaming kurashi va almashinuvidir.

Iqtisodiy ta’iimotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o‘rganiladi. Shu bilan birga, bir narsani qayd qilib o‘tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviy I ikka yo'naltirilgan. Bu ko'rib chiqilayotgan muammolaming hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. 04gan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlami to‘la qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlami o‘rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlaming fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‘tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.




Yüklə 276,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə