Jizzax viloyati Paxtakor tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 9- umumiy



Yüklə 20,5 Kb.
tarix22.11.2017
ölçüsü20,5 Kb.
#11336


Jizzax viloyati Paxtakor tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini

metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga

qarashli 9- umumiy

o’rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Yarlayeva Latofatning Tasviriy san’at bo’yicha

San’atni o’rganmoq go’zallikni his etmoq”



mavzusida 5- sinflar o’rtasida bo’lib o’tgan





San’atni o’rganmoq go’zallikni his etmoq” mavzusida o’tkazilgan bellashuv

Rejasi:
1. Kirish:

2. Guruhlar o’zini tanishtirish:

3. Tasviriy san’at turlari:

4. Ijodiy ishlaridan namunalar:

5. “Aql charxi”

6. Manzara janirida ”O’lkamizda bahor” mavzusida rasm ishlash:

7. Musiqiy tanafus:


1. Kirish:

O’zbekiston Respublikasinig madhiyasi yangraydi.



2. Guruhlar o’zini tanishtirish:

Har- bir guruh o’zlarining guruh nomlari, yoqtirgan fanlari, darsdan tashqari shug’ullanayotgan mashg’ulotlari haqida va bugungi tadbirga ishtirok etishdan maqsadlari to’g’risida ma’lumot berib o’tiladi.



3. Tasviriy san’at turlari:

5-A sinf: “Rangtasvir”

Rangtasvir deb tekis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo’yoqlar - moyli bo’yoq, akvarel, guash shuningdek rangli qalamlar,ko’mir, qalam, pastel kabi badiiy materiallar bilan ishlash xarakterlidir. Rangtasvir asarlari qog’oz, mato, karton, bevor, oyna, yog’och kabi tekis yuzalarga ishlanadi.

Rangtasvir asosini rasm tashkil etadi. Har qanday rangtasvir ishida, avvalo, uning rasmi ishlab olinadi. Unda kompozitsiya, nur va soya, rang asosiy o’rinni egallaydi.

Rangtasvirning quydagi turlari mavjud: 1. Datgohli rangtasvir. 2. Monumental

(mahobatli) rangtasvir. 3. Minitura (mo’jaz) rangtasviri. 4. Dekorativ rangtasvirlari.

5-B sinf: “Haykaltaroshlik”

Haykaltaroshlik ham xuddi rangtasvir kabi hayotiy voqea va hodisalarni turli uslub va tasvirlash texnikasi hamda materiallar yordamida ifodalaydi. Haykaltaroshlikda tosh, metal, gips, yog’och voks (mum), sim kabi materiallar keng qo’llaniladi. Haykaltaroshlik asarlar kesish, yopshtirish o’yish ,ulash, qo’yish orqali bajariladi.

Haykaltaroshlikning asosan iki turi mavjud bo’lib, ularning birinchisi to’liq yumaloq haykallar, ikkinchisi esa relifli – bo’rtma haykallardir.

Relifli haykallarning ham ikki turi mavjud: 1. Barelifda tasvir qalinligi yarimi bo’rtib chiqadi. 2. Gorelifda esa bu qalinlikning yarimidan ko’prig’ bo’rtib turadi.



5-V sinf: “Grafika”

“ Grafika” – lotincha so’z bo’lib, “yozaman, chizaman” degan ma’noni bildiradi. Grafikaning turlaridan biri gravyuradir. “ Garvyura” fransuzcha so’z bo’lib “kesish” ma’nosini bildiradi. Bunda rasmlar avvalo metall, yog’och, linoleum, tosh kabi materiallarga ishlanib, keyin undan qog’ozga ko’p tirajda ko’chiriladi. Metaldan tayorlanadigan gravyurani ofort, yog’ochdagisini ksilografiya, lenolimdagisini linogravyura, tosh orqali tayorlanadiganini esa litografiya deb yuritiladi. Grafika asarlarining qo’llanish sohalari juda ko’pdir. Xususan, estamp, kitob illyustrasiyalari, plakat, pochta markalari, gazeta- jurnal bezaklari shular jumlasidandir.



4. Ijodiy ishlaridan namunalar:

O’quvchilar o’zlari ishlagan embelema, plakat, refarat, rasmlarini taqdim etadilar.



5. “Aql charxi”

5- “A” sinf

1. Qanday ranglar kontrast ranglar deyiladi?

2. Oq va qora ranglar birikmasi qaysi san’at turiga kiradi?

3. Siluet deb nimaga aytiladi?

4. Manzarachi rassomlardan kimlarni bilasiz?

5. Manzara janri tasviriy san’atning qaysi turiga mansub?

6. O’zbek adibi Oybek haykalining muallifi kim?

7. Amir temur haykali qayerda o’rnatilgan?

8. Haykal yasash uchun karkas qanday tayorlanadi?

5- “B” sinf


  1. Iliq va sovuq ranglarning nomlarini ayting?

  2. Spektr ranglar nechta va ularning nomlarni ayting?

  3. Asosiy ranglarga qaysi ranglar kiradi?

  4. Eskiz qanday bajariladi?

  5. Animalistik janr nima?

  6. Qaysi davrdsan boshlab hayvonlar tasviri chizila boshlagan?

  7. Hayvonlar haykalini yaratgan haykaltaroshlardan kimlarni bilasiz?

  8. Tarixiy janr nima?

5- “V” sinf

  1. Naturmort nima?

  2. Naturmort janrida nimani aks ettiradi?

  3. Naturmortchi rassomlardan kimlarni bilasiz?

  4. Naurmort kompozitsiyasi nima?

  5. Perspektiva qonuniyatlarini tushuntirib bering?

  6. Xotiradan naturmort ishlashdan maqsad nima?

  7. Xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlash qanday amalgam oshiriladi?

  8. Batal janri nima?

6. Manzara janirida”O’lkamizda bahor” mavzusida rasm ishlash:

Sinflarga 15 daqiqa vaqt beriladi, shu vaqt ichida o’quvchilar o’zlarining “O’lkamizda bahor “ mavzusi bo’yicha ijodkorlik mahoratini ko’rsatadilar.



7. Musiqiy tanafus:

Har bir sinf musiqiy chiqish qilib berishadi.

5- “A” sinf: Andijon polkasi

5- “B” sinf: Lazgi



5- “V” sinf: Surxoncha
Bellashuv yakunida sinflarning jurilar tomonidan baholab borilgan ballari hisoblab chiqilib g’olib sinf faxriy yorliq bilan tag’dirlanadi.

Tomoshabinlar va ishtirokchilarga minnaddorchilik bildirgan holda bellashuv tadbiriga yakun yasaladi.
Yüklə 20,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə