Journal of innovations in scientific and educational research


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#152911
1   2   3   4
O‘ljayeva Xurshida Azamat qizi (1)

JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH 
VOLUME-2, ISSUE-16 (30-March)
 
383
asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini 
to‘liq ifoda etib, aytib bera olishga o‘rgatish masalaning dolzarbligini ko‘rsatib beradi. 
Nutq–kishi faoliyatining turi, nutq vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida 
tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-
hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. 
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim 
vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda 
muvafaqqiyatli ta’lim olish qurolidir. 
Nutq o‘stirish bu–agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, 
nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi
bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi.
15
Agar o‘qituvchi ko‘zda 
tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va 
bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo‘llash 
tushuniladi. 
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklarining tashkil etilishi o‘quvchilarning 
nutqini o‘stirishda juda ahamiyatlidir. Chunki ushbu darsliklardagi mashqlar ularning 
ham og‘zaki, ham yozma nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan. 
Masalan, quyida bir mashqni ko‘rib chiqsak: 
16
“Rasmlarga qarab kichik hikoya yozing” deya berilgan ushbu mashqda 
bolajonlarni chuqur o‘ylanishga undaydigan, tabiat, jamiyat, iqtisod va vatanparvarlik 
ruhiga yo‘g‘rilgan rasmlar keltirilgan. Har bir o‘quvchi ushbu topshiriqqa o‘z 
dunyoqarashidan kelib chiqqan holda yondashish barobarida fikr bildiradi. Fikr 
bildirish esa o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantiradi. 
15
M.Mirqosimova. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari.- 
Toshkent, Fan, 2006. 
16
Ona tili va o‘qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 1-sinf uchun darslik / I. Azimova [va boshqalar] – Toshkent. 
Respublika ta’lim markazi, 2021. 78-b. 



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə