Joylarning etishmasligi bilan bog'liq maktabgacha ta'lim muammolari ko'plab mutaxassislar tomonidan eng dolzarb deb hisoblanadi



Yüklə 6,04 Mb.
tarix19.01.2023
ölçüsü6,04 Mb.
#98823
Bolalar bog



Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi asosiy gʻovlar. Maktabgacha ta'lim mamlakat ijtimoiy hayotining muhim tarkibiy qismidir. Farzandga tarbiya berish, avvalo, oiladan boshlanadi. Biroq bola tarbiyasida maktabgacha ta'lim muassasalari ham muhim o‘rin tutadi. Ko'p narsa maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim sifatiga bog'liq, shuning uchun maktabgacha ta'lim hozirgi kunda eng muhim ijtimoiy shakllantiruvchi omil sifatida qaralmoqda. Joylarning etishmasligi bilan bog'liq maktabgacha ta'lim muammolari ko'plab mutaxassislar tomonidan eng dolzarb deb hisoblanadi. Shu bilan birga, bolalar bog'chasiga borish bolaning eng muhim ijtimoiylashtiruvchi omili bo'lib, maktabgacha ta'lim imkon qadar ko'proq bolalarni qamrab olishi kerak. Bog‘chalardagi guruhlar haddan tashqari yuklanganligi sababli maktabgacha ta’lim muassasalari zarur pedagogik, moddiy-texnik va sanitariya me’yorlariga to‘liq javob bera olmaydi.Yana bir muammo guruhdagi bolalar sonining

ko`pligi edi. Shu yildan boshlab O‘zbekistonda bir guruhda 25 nafargacha bola bo‘lishi me'yoriy ko‘rsatkich sifatida belgilandi, ayniqsa sinov tariqasida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim muassasalarida. Ilgari esa bir guruhdagi bolalar soni 30 dan ziyod, ba'zidan esa 40 tagacha yetar edi, bu esa bolalarning sifatli maktabgacha ta'limga ega bo‘lishida muayyan muammolarni keltirib chiqarardi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida yaxshi ish haqi to‘lanmasa, bu kasbga qiziqish bo‘lmaydi, albatta. Shu kunga qadar qanchadan-qancha tajribali, yaxshi kadrlar past ish haqi sabab bu kasbni tark etgan. Shu bois joriy yilning mart oyida Prezidentning pedagoglarning maoshini oshirishga doir qarori chiqqan.Agrippina Shinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 27 yil davomida maktabgacha ta'lim tizimidagi tarbiyachilar va MTM xodimlarining tarif stavkasi biror marta oshirilmagan. 2018 yilning mart oyida Maktabgacha ta'lim vazirligi birinchi marta pedagoglarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu yilning sentabridan oliy ma'lumotga ega.



pedagoglar uchun bazaviy tarif stavkalari yana 30 foizga oshiriladi. Barchaga ma'lumki, MTM ovqatlantirish tizimida ma'lum bir muammolar bo‘lgan. Barcha oziq-ovqat mahsulotlari ham kerakli manzilgacha yetib bormagan. Shuningdek, MTM mudirasi va pedagogik tarkib asosiy ish faoliyatidan chalg‘igan, ya'ni ular bolalarga ta'lim-tarbiya berish qatorida ovqatlantirish tizimini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanishlariga to‘g‘ri kelgan. Kadrlar barchasini hal qiladi. MTV ilk kunlardanoq bu muammoga duch keldi. Bugungi kunda MTM soni oshib bormoqda, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ham shular jumlasidandir. Yanvar oyida ularning soni 200 dan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib bu ko‘rsatkich 600 ga yaqinni tashkil qilmoqda. Raqamlar kun sayin oshib bormoqda, chunki xususiy MTMlar va Davlat-xususiy sektori hamkorligi asosidagi MTMlar ochilmoqda. Tabiiyki, kadrlarga bo‘lgan talab ham katta. Maktabgacha ta'lim vazirligi maqsadi - barcha bolalarni teng asosli va yuqori sifatli maktabgacha ta'lim tizimiga qamrab olish. O‘zbekistonda uzoq qishloq punktlari bor,

u yerda bolalar bog‘chalari yo‘q, shunday ekan, maktabgacha ta'lim olishning imkoni yo‘q. Ayni damda taklif etilayotgan va kelgusida ishlab chiqiladigan yana bir model - Islom taraqqiyot banki yordamida mahallalar qoshida bir xona bolalar uchun maktabgacha ta'lim ta'minoti bilan jihozlanadi. Sir emaski, yaqin kunlargacha MTMlardagi pedagoglar ko‘plab hujjat turlarini to‘ldirishlariga to‘g‘ri kelgan. Vaqti kelganda, qog‘ozbozlik sabab bolalarga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Chunki rahbariyat talabini o‘z vaqtida bajarmaslik yaxshilikka olib kelmasligini yaxshi bilishgan. Ko‘plab yaxshi kadrlar aynan shu qog‘ozbozlik sabab ham sevimli kasblaridan voz kechishgan.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29.12.2020yil//https://president.uz/oz/lists/view/4057


Yüklə 6,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə