Jozilova shahzoda matbuotda internet tizimi


Interaktiv jurnalistikaning o‘ziga xos etikaviy me'yorlari



Yüklə 428,13 Kb.
səhifə3/6
tarix21.05.2023
ölçüsü428,13 Kb.
#111827
1   2   3   4   5   6
Jozilova shahzoda matbuotda internet tizimi

Interaktiv jurnalistikaning o‘ziga xos etikaviy me'yorlari
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, jonli efirdagi ma'rifiy –madaniy dasturlar, viktorina o’yinlarning saviyasi ko’p jihatdan boshlovchi faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Efirda asosan muxlisning ovozi yangragan holatda ham, o’yin shartlarini boshlovchi o’zi muallif sifatida tuzgani uchun jonli muloqotning «ssenariysi» uning qo’lida bo’ladi. Xolislik uchun barcha muxlislarga o’yin shartlari tushuntiriladi. Ammo dasturning mazmunli va samarali o’tishida boshlovchining malakasi, maxorati va kasb axloq me'yorlariga qay darajada rioya qilishiga ko’p narsa bog’liqdir. Uzbekona odobga rioya qilib hol – axvol so’rashish tinglovchi va boshlovchi o’rtasida kommunikatsiya jarayonini samimiy tarzda kechishi uchun sharoit yaratadi. Buning natijasida g’olib bo’lmagan bo’lsa xam tinglovchi keyingi safar yana bira bor uzining bilimini sinab ko’rishi uchun umid paydo bo’ladi. Ba'zi radiostansiyalarda interaktiv dasturlar o’tkazilish jarayonida tinglovchi javobini tug’ri yoki noto’g’riligini efirda bildiradigan ma'lum musiqiy ovozlar mavjud. Masalan , to’g’ri javob uchun gulduros qarsaklar, notug’ri javob uchun esa afsus va nadomatlar ovozlari berilishi mumkin. Bu ovozli yozuvlar komp'yuter xotirasiga yozilgani uchun, boshlovchiga ma'lum qulayliklar, tinglovchiga ovozlar almashinuvini beradi. Ammo tug’ri javob bermagan tinglovchi uchun butun auditoriya oldida uzini maglub bo’lganini tan olish noxush holatni keltirishi mumkin. Efir jarayonida ko’pincha tinglovchi o’yinga jiddiy berilib ketadi va mag’lubiyatini ham ko’ngliga yaqin olishi tabiiy holatdir. Bugungi kunda radiodagi bevosita muloqotlar chog’ida bu jarayonga tayyor bo‘lmagan yoki uning mohiyatini to‘la tushunmagan boshlovchilar efirda etik me'yorlarni buzish, axloq chegaralaridan chiqish holatlariga yo‘l qo’ymoqdalar. Ammo, jonli efir olib boruvchilarining ma'lum me'yor va mezonlar asosida faoliyat yuritishlari chet davlatlarda qonun - qoidalarga muvofiqlashtirilgan. Masalan , «TSN ( Televizionnaya Slujba Novostey) Axborot Agentligi 1998 yilda imzolagan memorandumida quyidagilarga e'tibor berilgan :
« Olib boruvchiga quyidagilar ta'qiqlanadi:
- «Men» olmoshini ishlatish
- Me'yorda bo‘lmagan leksikani qo‘llash, professionalizm, argo va jargon so‘zlarni ishlatish
- aforizm, anekdotlarni keltirish,
-efir paytida texnik suhbatlar olib borish
- efirda uzr so’rash (…)» 1 Bu qonun- qoidalar ijodkorni bo‘gish uchun , uning har bir xatti- harakatini nazorat qilish uchun emas, balki jonli efir samarasini oshirish , auditoriya hurmatini qozonish uchun ta'sis etilgan. Ushbu OAV olib boruvchilarining malakasi, efir samarasiga ko‘ra - bu mezonlar qanchalik xolisona ekanligini bilish mumkin. AKSh Professional Jurnalistlar Jamiyati tomonidan 1993 yili qabul qilingan ETIKA KODEKSIning uchinichi bo‘limida esa, quyidagilar e'tirof etilgan:« Jurnalist va muxarrirlarning shaxsiy hayoti- ularning kasbiy faoliyatiga zid kelmasligi kerak. Birinchi o‘rinda jurnalistning jamiyat oldidagi ma'suliyati turadi. Va bu - uning kasbini belgilovchi asosiy omildir».
2. Interaktiv efirda olib boruvchi jurnalistning axloqi va o‘zini tutishi faqat uning shaxsiy ishi, o‘ziga xos ijod yo‘li bo‘lolmaydi. Interaktiv efirdagi ijodkor mavzu, yo’nalish, janr tanlashda erkin bo‘la oladi. U istaganicha efir imkoniyatlaridan foydalanib, erkin ijod qiladi. Efir imkoniyatlari jurnalistning barcha qobiliyatlari namoyon bo‘lishi uchun zamin yaratgan. Ammo bu erkinlik jurnalistga xam ma'lum majburiyatlarni yuklashini ijodkor bilishi zarur. Mutlok erkinlik bo‘lmaydi, u ijodkorning shaxsiy tamoyillaridan kelib chiqib o‘zi tomonidan nazorat qilinadi. Shu kungacha tayyorlangan jurnalistlarning kasb - axloq etikasiga oid kodekslari, OAVlar xodimlari uchun tuzilgan memorandumlar ana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Jurnalistlar kengashi, jamiyatlari faoliyatlari va xatti – harakatlarini o‘zlari boshqarsalar, tashqi ta'sirlardan yetarlicha himoyalanadilar. Turli sud prosesslari, sanksiyalarining oldini olgan bo‘ladilar. Shu o‘rinda jurnalistning ichki madaniyati , intellektining darajasi auditoriya tomonidan xolisona baholanadi.


Yüklə 428,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə