Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) turkumi. Bu turkumga yirik va o`rtacha kattalikdagi tuyoqli sutemizuvchilar kiradi. Ularning oyoqlari ko`pchiligida baland bo`lib, tez yugurishga moslashgan



Yüklə 62,5 Kb.
tarix07.10.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#126038
Juft tuyoqlilar-WPS Office jami


Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) turkumi. Bu turkumga yirik va o`rtacha kattalikdagi tuyoqli sutemizuvchilar kiradi. Ularning oyoqlari ko`pchiligida baland bo`lib, tez yugurishga moslashgan. Oyoqlarining sagital qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi. Ularning III va IV barmoqlari juda kuchli taraqqiy etgan bo'lib, gavda o'qi shu ikki barmoq orasidan o'tadi. I barmog'i rivojlanmgan, III va V barmoqlari kichik yoki o'sib yetilmagan. O'mrov suyaklari yo'q. . Barmoq falangalari shox tuyoq bilan qoplangan. O`simlikxo`r, ayrim turlari (to`ng‘iz) hammaxo`r. Bir qancha turlari (echki, qo`y, sigir) xonakilashtirilgan. Juft tuyoqlilar sutemizuvchilarning barmoq uchida yuruvchilar guruhiga kiradiJuft tuyoqlilar turkumi kavsh qaytarmaydiganlar (Nonruminantia) va kavsh qaytaruvchilar (Ruminantia) kenja turkumlariga bo`linadi.Kavsh qaytarmaydiganlar (Nonruminantia) kenja turkumiga har xil kattalikdagi, tanasi og‘ir, bo`yni, oyoqlari va dumi kalta, terisi qalin bo`lgan juft tuyoqlilar kiradi. Kavsh qaytarmaydiganlar kenja turkumiga 3 ta oila (suv ayg‘irlari, to`ng‘izlar, pekarlar) va 10 dan ortiq tur kiradi. Shulardan MDHda, shu jumladan, O`zbekistonda bitta turi, ya`ni to`ng‘iz (Sus scrofa) uchraydi. Ularning qoziq tishlari yirik, kuchli rivojlangan, doimo o`sib turadi, oziq tishlari bo`rtmali, oshqozoni birmuncha sodda tuzilgan va ovqat chaynalish uchun og‘izga qaytarilmaydi, 2,5-nchi barmoqlari nisbatan uzun va yurganda yerga tegadi.Kavsh qaytaruvchilar kenja turkumi- Bu kenja turkumga kiradigan hayvonlar oziq tishlarining chaynash yuzasi yassi tortilib, katakchalari yaxshi taraqqiy etganligi, ustki kurak tishlari va qoziq tishlari yaxshi rivojlanmaganligi yoki butunlay bo`lmasligi, pastki qoziq tishlari shaklan iskanaga o`xshashligi va 4 ta bo`limdan iborat (katta qorin, to`r qorin, qat qorin va shirdon) murakkab oshqozoni borligi bilan xarakterlanadi. Ayrim tur kavsh qaytaruvchilarda qat qorini bo`lmaydi. Yaxshi chaynalmagan ozuqa katta qoringa, undan to`r qoringa va so`ngra qayta chaynalish uchun og‘iz bo`shlig‘iga qaytariladi. Kavsh qaytaruvchilarning oyoqlari va bo`yni uzun, gavdasi ixcham, tez yuguradi, oyoqlarining 3,4-nchi barmoqlari kuchli rivojlangan, 2,5-nchi barmoqlari esa kuchsiz rivojlangan, kichkina va yurganda yerga tegmaydi. Ko`pchilik turlarida peshona suyagining o`simtasi hisoblangan shox bor. Ularda teri osti yog‘ qavati yaxshi rivojlanmagan.Shuningdek juft tuyoqlilar barcha sutemizuvchilar uchun xos bòlgan umumiy xususiyatlarga ega
Jayran, kiyik, ohu (Gazella subgutturosa) — ohular (gʻizollar) urugʻiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uz. 94—115 sm, boʻyi 60—65sm, ogʻirligi 25—30 kg . Urgʻochisi shoxsiz. Erkagining shoxi qora, yoʻgʻon va boʻgʻimli (uz. 40 sm gacha). Markaziy Osiyo va Gʻarbiy Osiyoda, jumladan Zakavkazye, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Janubiy Qozogʻistonning choʻl va chalachoʻllarida tarqalgan. Bahor va yozda 4—7 tadan, qishda 15—20 tadan, baʼzan bir necha yuztadan poda boʻlib oʻtlaydi. Koʻklamda gʻallasimonlar va efemer oʻsimliklar, kuzda shoʻrak va shuvoqlar; qishda butalar novdasi va mevasi bilan oziqlanadi. J.ning oyoqlari ingichka, tez (soatiga 60 km gacha) yuguradi. Aprel—mayda 1—2 bola tugʻadi. Tutqinlikda yaxshi koʻpayadi, lekin uzoq yashamaydi. Goʻshti va terisi uchun koʻplab ovlanishi tufayli soni juda kamayib ketgan. Buxoro va Surxondaryoda J.ni koʻpaytirish uchun maxsus pitomnik (parvarishxona)lar tashkil etilgan. Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Morxoʻr, burama shoxli echki (Capra falconeri) — togʻ echkilari urugʻiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasining uz. 170 sm, boʻyi yagʻrinidan 90 sm ga, vazni 90 kg ga yaqin. Shoxlari parmaga oʻxshash buralgan. Juni jigarrang , baʼzan oqish. Erkaklarining boʻyni va koʻkragida uzun junlari bor. Shim. va Shim.-Gʻarbiy Hindiston, Jan.-Sharqiy Eron va Afgʻonistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Koʻhitang va Bobotogʻda uchraydi. Qoya toshli tik togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Soni juda kamayib ketgan. Oʻzbekiston va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Qoʻy — quvushshoxlilar oilasi qoʻylar turkumiga mansub juft tuyoq-li, kavsh qaytaruvchi uy hayvoni. Q. bundan 8 ming yil avval xonakilashtirilgan. Uning ajdodi yovvoyi qoʻylar (muflonlar, arxar, arkallar) hisoblanadi. Mavjud kalta dumli qoʻy zotlari muflonlardan, uzun dumli qoʻy zotlari va yogʻli dumli qorakoʻl qoʻylari arxarlardan, dumbali (hisori, jaydari va shahrik.) qoʻylar arkallardan kelib chiqqan.Qo'ylar asrlar mobaynida inson hayotida muhim oziq-ovqat mahsuloti (goʻshti, yogʻi), kiyim-kechak (teri, juni) va boshqa sifatida katta rol oʻynagan. Tanasining balandligi 55—100 sm, uz. 60—100 sm. Koʻpgina zotlarda qoʻchqorlari yaxshi rivojlangan burama shoxli, sovliqlari shox-siz yoki kalta shoxli. Tumshugʻi toʻgʻri, uchi ingichkaroq lablari yupqa, serha-rakat, kurak tishlari oʻtkir, oyoqlari baquvvat. Voyaga yetgan Q.larda 32 tish boʻladi. Tusi oq, qora, malla va koʻk. Mayin junli, yarim mayin junli va dagʻal junli (qarang Dagʻal junli qoʻylar, Mayin junli qoʻylar), kalta dumli (10—12 umurtqali), uzun dumli (20—22 umurtqali), dumli va dumbali Q.larga boʻlinadi (qarang Dumbali qoʻylar, Dumli qoʻylar). Q.lar14—15 yil yashaydi. Xoʻjalikda 6 — 8 yil foydalanipadi. 5—7 oyligida jinsiy yetiladi. 15—18 oyligida qochirishga qoʻyiladi. Boʻgʻozlik davri 145-155 kun.Koʻpgina Q.lardan bittadan, ayrimlaridan 2 tadan, ro-manov zotli qoʻylardan 5 va undan ortiq qoʻzi olinadi. Qoʻzilar 2–6 kg tugʻiladi. 2—4 yoshida oʻsishdan toʻxtaydi. Mayin junli Q.ning jun qoplami diametri oʻrtacha 18—25 mkm boʻlgan bir xildagi tivit tolalaridan, dagʻal junli Q.larning jun qoplami diametri 100—200 mkm boʻlgan aralash dagʻal tolalardan iborat. Mayin junli Q.ning jun tolasi uz. 6—10 sm dan uzunroq, yarim mayin junli Q.larda 10—20 sm va dagʻal junli Q.larda 10—15 sm. Mayin junli Q.dan yiliga oʻrtacha 5—6, yarim mayin junli Q.dan 3—6 va dagʻal junli Q.lardan 1–4 kg jun olinadi. Mayin junli va yarim mayin junli Q.larning juni yiliga bir marta, dagʻal junli Q.larniki 2 marta — bahorda va kuzda qirqiladi. Qoʻchqorlarining ogʻirligi 60—180, sovliqlariniki 35–110 kg . Soʻyim chiqimi 45—60%. Q.lar tabiiy va mahalliy sharoitlarni hamda Q. zotlarining oʻziga xos biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yaylovda (10—11 oy), yay-lovda-qoʻlda, qoʻlda-yaylovda va qoʻlda boqiladi.Oʻrta Osiyo xalqlari qadimdan Q.larni goʻshti, yogʻi, terisi va suti uchun boqadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻzbekistonda xalq seleksiyasida hisori qoʻy zoti, qorakoʻl qoʻy zoti va olimlar va chorvadorlar hamkorligida olib borilgan seleksiya — naslchilik ishlari natijasida bu zotning bir qancha zavod tiplari yaratildi.Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ortiq turli yoʻnalishga mansub qoʻy zotlari urchitilib koʻpaytirilmoqda. Ulardan — askaniya qoʻy zoti, degeres qoʻyi, merinoslar, prekos, ram-bulye, romanov qoʻy zoti, saraji qoʻy zoti, Tojikiston qoʻy zoti, edilboy qoʻy zoti kabi zotlar goʻsht, jun yoʻnalishidagi eng sermahsul zotlar hisoblanadi. Oʻzbekistonda, asosan, qorakoʻl qoʻy zoti, dumbali hisori qoʻy zoti va dumbali jaydari qoʻylar boqiladi. Q.lar yaylovda boqilganda kuniga 8– 10 kg oʻt isteʼmol qiladi. Dagʻal ozu-qalar (pichan, silos) va boshqalarni yaxshi hazm qiladi. Yozda choʻl sharoitida ikki marta, qishda kunora sugʻoriladi.
Sibir tog' echkisi;
Turkiston va Chotqol tizmalarida uchraydi. Nar echkilar orqaga qayirilgan, katta (135smgacha yetadi) shoxlarga ega bo'ladi. Tana og'irligi 120kggacha yetadi, ur'gochilari bir oz kamroq. Yozgi yung rangi jigar rang. Ba'zilarida qorin qismi oqishroq. Yoshga qarab yung rangi o'zgarib boradi, yoshi katta echkilar yung rangi qoramtir bo'ladi. Tog' echkisi tik qoyalar bor yerlarda uchraydi. Qishda echkilar tog'ning qo'yi qismiga, quyosh tushadigan va qorni shamol olib katediga joylariga ko'chadi. Echkilar tongi va kechki paytlarda o'tlaydi. Tunni chiqish qiyin bo'lgan qoyalar orasida o'tqazadi. Erta tongda echkilar o'tloqlarga yo'l oladi. Ular uyerda soat 10-11gacha o'tlashadi, keyin suvhavzasi bo'yiga borishadi. Yozda tog' echkilari o'tlar bilan oziqlanadi, qishda esa archa va butalar shoxlari bilan oziqlanadi. Noyabr oyi o'rtasiga kelib nar echkilar bir nechta ( ba'zan 10-15 ta) urg'ochi echkilardan tuda hosil qiladi. O'loqchalar (odatda 2 ta, kamdan-kam 1 ta yoki 3 ta) aprel-may oylarida dunyoga keladi. Ular ikki yoshga to'lgach, voyaga yetgan hisoblanadi.15—17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqararo tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan.
Xongul, buxoro bugʻusi (Cervus elaphus bactrianus) — bugʻular oilasi juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78—86 sm, boʻyi (yagʻrinidan) 56—60 sm, ogirligi 75–100 kg . Toʻq kulrang , yelkasida qoramtir yoʻllari bor. Shoxlari butoqli. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va toʻqaylarda tarqalgan edi. Hozirgi faqat Amudaryo vohasidagi qoʻriqxonalarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Oʻsimliklar bilan ozikdanadi. Urchish davrida urgʻochi va erkaklari birga poda boʻlib yuradi. Sentabr—oktabrda juftlashadi. Apr.—mayda bolalaydi. 2—3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Ovlash taqiqlangan. Xongul soni kamayib ketganligi sababli Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə