K. A. Agzamov topografik anatomiyadan amaliy qo‘llanma prof. I. Q. Qosimxo‘jaуev


Kaft va barmoqlarning sinovial qinlar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə22/124
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#162789
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
Anatomiyadan amaliy-fayllar.org

Kaft va barmoqlarning sinovial qinlari. Barmoqni bukuvchi mushaklarning paylari sinovial qinlar ichida yotadi (14-rasm). Bunda II– III – IY barmoqlarning bukuvchi paylari kaft suyaklarining boshchasidan, tirnoq falangalarining asosigacha, sinovial qinlar ichida bo‘ladi. Har qaysi qin ichida ikkitadan – o‘sha barmoqlarni bukuvchi chuqur va yuzaki paylar joylashgan bo‘ladi. I –Y barmoqlarning sinovial qinlari boshqa barmoqlarnikiga qaraganda faqat barmoqlar uzunligida bo‘lmay, ular pastga- kaft va kaft usti sohasigacha davom etadi. Uning kaft qismidagi joyiga sinovial xaltalar deyiladi. Odatda ikkita sinovial xalta: bilak va tirsak xaltalari tafovut qilinadi. Bularning birinchisida - bosh barmoqning bukuvchi uzun mushagining payi, ikkinchisida esa jimjiloqni bukuvchi ikkita mushakning payidan tashqari, II – III –IY barmoqlarni bukuvchi paylarning yuqori qismlari, jami sakkizta (har qaysida ikkitadan) bukuvchi paylar joylashadi. Panjaning proksimal sohasida ikkala xalta ham kaft usti kanalidan o’tadi. Ularning o‘rtasida oraliq nerv joylashadi. Kaft usti sohasida bu sinovial xaltalar kvadrat pronator mushagining ustida joylashib, ularning proksimal qismlari bigizsimon o‘simtalardan 2 sm yuqorida – Pirogov yog‘ to‘qimasi bo‘shlig‘ida yotadi. Kaftning yog‘ to‘qima bo‘shliqlari kaft mushaklari yotqichida hosil bo‘lib, bularga ichki, tashqi va o‘rta yog‘ to‘qima bo‘shliqlari deb ataladi. Bulardan tashqi va o‘rta bo‘shliqlari amaliy ahamiyatga egadir. Tashqisi tenar mushak yotqichida, bosh barmoqni bukuvchi uzun mushakning sinovial qini ostida bo‘ladi.
Kaftning o‘rta yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i, o‘rta mushak yotqichi ichida joylashib, uning yuzaki va chuqur qismlari bor. Yuzaki qismi barmoqlarning bukuvchi paylari bilan kaft aponevrozining orasida bo‘lib, unga aponevroz osti bo‘shlig‘i deyiladi. Chuqur qismi esa barmoqlarning bukuvchi paylari bilan kaftning xususiy chuqur fastsiyasi orasida joylashadi. Bunga pay osti bo‘shlig‘i deyiladi. Aponevroz osti yog‘ to‘qima bo‘shlig‘ida kaftning yuzaki arteriya ravog‘i bilan tirsak nervi hamda o‘rta nervning shoxlari joylashadi.
Qon tomir va nervlar bo‘ylab bu bo‘shliq komissural teshiklar orqali kaft suyaklarining boshchalari sohasidagi teri osti yog‘ to‘qimalari bilan aloqada bo‘ladi. Kaft o‘rta chuqur yog‘ to‘qimasining bo‘shlig‘i chuvalchangsimon mushaklar joylashgan kanallar orqali, II – IY –Y barmoqlarning orasidagi yog‘ to‘qimalari bilan aloqa qiladi. Proksimal tomondan bu bo‘shliq kaft usti kanali (canalis carpi) orqali Pirogov yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i bilan aloqada bo‘ladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə