|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarMoyning himoyalovchi xususiyatlariишлатиладиган газлардаги зарарли моддаларMoyning himoyalovchi xususiyatlari.
Moylarning bu xususi-
yati transmissiya detallarining elektrokimyoviy yemirilishining ol-
dini olishi bilan baholanadi.
Amaliy kuzatishlarning ko‘rsatishicha, tarkibida korroziya in-
gibitorlari bo‘lmagan transmission moylar uzluksiz (uzoq muddat
to‘xtatmay) ishlatiladigan mashinalarning transmissiyasi detalla-
rini elektrokimyoviy korroziyadan himoyalash xususiyatiga ega.
Ishchi-himoyalovchi moylar, ya’ni tarkibida korroziya ingibitorlari
bo‘lgan moylar, mashina detallarini 3–5 yil va hatto 10 yil va un-
dan ham ortiq muddat ishlatilganida yoki saqlanganida himoyalash
xususiyatiga ega.
Transmission moylarga ularni kimyoviy aktivligi, adsorbsion
xossalari va termodinamik noturg‘unligini oshirish uchun ko‘p
miqdorda qo‘shilma va komponentlar qo‘shiladi. Moyning tarki-
bidagi qo‘shilmalar va komponentlar cho‘kib qolmasligi kerak va
moy asosi bilan fizikaviy turg‘un bo‘lgan aralashma hosil qilishi
lozim.
Agar moy tarkibiga quyultiruvchi polimer qo‘shilmalar qo‘shi-
ladigan bo‘lsa, bunda moy qovushoqligini kamaytirish qaytmas ja-
rayon bo‘lish ehtimoli borligini hisobga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: |
|
|