70
ni hisobga olgan holda, yonilg‘ini ekspluatatsion baholash qotish
harorati yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda quyidagi qoida-
ga amal qilish lozim: dizel yonilg‘isi ishlatiladigan sharoitdagi eng
past harorat uning qotish haroratidan kamida 10°C, ko‘pi bilan
15°C yuqori bo‘lishi lozim.
Masalan, qotish harorati minus 23°C bo‘lgan dizel yonilg‘isi-
ni tashqi havo harorati minus 10°C dan past bo‘lmagan sharoitlar-
da ishlatish mumkin. Bu sharoitda yonilg‘ining qotish harorati va
ishlatish mumkin bo‘lgan eng past harorat orasidagi farq 13°C ni
tashkil etadi, ya’ni belgilangan qoidada ko‘rsatilgan chegaradan
tashqarida emas.
Qotish harorati qishki dizel yonilg‘ilari uchun minus 35°C dan
minus 45°C gacha, yozgi yonilg‘ilar uchun minus 10°C atrofida
bo‘ladi. Shunday qilib, xiralashish va qotish haroratlari yordamida
dizel yonilg‘ilarining fizikaviy turg‘unligiga bo‘lgan talablarning
bajarilishi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida havo harorati xiralashish haro-
ratidan yuqori bo‘lganidagina yonilg‘idan foydalanish mumkin.
Agar qishda yozgi yonilg‘idan foydalanilsa, ajraladigan para-
fin kristallari dvigatelning ta’minlash tizimiga, ayniqsa, mayin
tozalash filtrlariga tiqilib qoladi, natijada yonilg‘i berish buziladi
yoki to‘xtaydi. Sovuq vaqtda nafaqat yozgi yonilg‘idan, balki ara-
lash yonilg‘idan ham foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki ular-
ning past harorat va qovushoqlik xossalari dvigatelning normal ish-
lashini ta’minlamaydi.
Ish jarayonida ba’zan dizel yonilg‘isining xiralashish va qo-
tish haroratlarini pasaytirish uchun unga kerosin aralashtiriladi.
Ammo bunda yonilg‘ining setan soni kamayadi va dvigatel bunday
yonilg‘ida nisbatan qattiq ishlaydi.
3. 6.
Dostları ilə paylaş: