K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Vodorod yonilg‘ilar. 
Vodorod dvigatellar uchun katta istiqbolga 
ega bo‘lgan yonilg‘i turidir. Chunki u bitmas-tuganmas xomashyo 
bazasiga ega, yonish issiqligi juda yuqori (uning yonish issiqligi 
118 045 kJ/kg  ni  tashkil  etadi),  yonish  natijasida  o‘zidan  zaharli 
moddalar (azotdan tashqari) chiqarmaydi va moyning xossalarini 
yomonlashtirmaydi. 


100
Vodorodning  diffuziyalanish  koeffitsiyenti  yuqoriligi  yonilg‘i 
silindrga har qanday usulda uzatilganida ham bir jinsli aralashma 
hosil qilish, dvigatelning barcha ish rejimlarida uni silindrlarga bir 
tekis taqsimlash imkonini beradi. Vodorod yonganida lok, so‘xta 
va koks hosil bo‘lmaydi, bu esa dvigatel detallarining yeyilishi 
va xizmat muddati nuqtayi nazaridan maqbuldir. Ammo vodorod 
zichligining kamligi tufayli uning hajmiy energiya sig‘imi nisbatan 
pastdir. Vodorodli yonuvchi aralashmaning yonishi benzin-havo 
aralashmasining yonish tezligidan 6 barobar tez amalga oshadi. 
Vodorodning havo bilan 1 : 10 nisbatdagi ishchi aralashmasi nis-
batan samarali hisoblanadi. Vodorod vodorodli aralashmaning quyi 
alangalanish chegarasining kichikligi (vodorod va havo nisbati 
1 : 25) va alangalanish energiyasining juda kamligi (benzinga nis-
batan 12–14 barobar kam) bilan ajralib turadi. Vodorodning bu xu-
susiyatlari ishchi aralashmaning kiritish o‘tkazgichlarida chaqnash 
hosil bo‘lishi, silindrlardagi ishchi aralashmaning belgilangan pay-
tdan avval alangalanishi, yonish jarayonining shiddatli bo‘lishi, 
detonatsiya kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bu holatlar natijasida 
karburatorli dvigateldagi ish jarayoni buziladi. Bundan tashqari, 
vodorodni saqlash va avtomobilga joylashtirish masalasi yechilishi 
lozim bo‘lgan muammolardandir. Masalan, ma’lum zaxira yo‘lini 
bosib o‘tishga yetarli bo‘lgan miqdordagi yonilg‘ini (benzin yoki 
dizel yonilg‘isi) saqlash uchun yonilg‘i bakining massasi 13–15 kg 
bo‘lsa, shuncha yo‘l yurish uchun mo‘ljallangan siqilgan vodorod-
ni saqlash uchun idish tizimining massasi 1300–1400 kg bo‘lishi 
lozim. 
Shu sabablar tufayli vodorodga uzoq kelajakda neftdan olingan 
suyuq yonilg‘ining o‘rnini bosuvchi material sifatida qaraladi. Ho-
zirgi vaqtda vodoroddan suyuq yonilg‘i sarfini kamaytirish uchun 
qo‘shilma sifatida foydalanish ustida ish olib borilmoqda. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə