K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Moylarning qovushoqlik xossalari
Moylarning ishchi haroratdagi qovushoqligi. 
Moylash mate-
riallariga qo‘yiladigan muhim talablardan biri moyning qovushoq-
lik xususiyatiga bo‘lgan talablardir. Turli uzellarda suyuqlikning 
ishqalanish hosil qilishi, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, oson-
gina yurgizib yuborish va boshqalar qovushoqlikka bog‘liq bo‘ladi. 


110
Moy ishchi haroratda ma’lum qovushoqlikka еgа bo‘lishi va harorat 
ta’sirida moy qovushoqligi imkoniyat qadar kam o‘zgarishi lozim. 
Moylarning qovushoqligi mexanizmlar ishiga katta ta’sir ko‘rsa-
tadi. Har bir konkret hol uchun qovushoqlikni to‘g‘ri tanlash lozim. 
Qovushoqligi juda ham past bo‘lgan moylar detallar orasidagi tir-
qishdan osongina oqib chiqib ketadi, natijada detallarning yeyilishi 
jadallashadi va moylash materialining sarfi ortadi. Aksincha, moy 
qovushoqligi juda ham yuqori bo‘lganida, o‘zaro ishqalanuvchi de-
tallar orasidagi tirqishga moy yetkazib berish qiyinlashadi, buning 
natijasida ham detallarning yeyilishi jadallashadi. Shu bilan birga, 
moylangan yoki moy vannasiga cho‘ktirilgan detallarni harakatlan-
tirish uchun energiya sarfi ortib ketadi (5. 2­ rasm). 
5. 2- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə