40
yaga chidamliligini bildiruvchi shartli o‘lchov birligidir. Yuqorida-
gi fikrlarga ko‘ra, tarkibida 24 foiz geptan va 76 foiz izooktandan
iborat aralashmaning detonatsiyaga chidamliligi, ya’ni oktan soni
76 ga teng bo‘ladi.
Tekshirish quyidagicha bajariladi. Bir silindrli dvigatelga oktan
soni aniqlanishi kerak bo‘lgan benzin quyiladi. Dvigatel standart
rejimda ishlatiladi, so‘ngra ish davomida siqish darajasi detonatsi-
ya bo‘lguncha astasekin oshirib boriladi. Detonatsiyaning jadalligi
detonometr
deb ataluvchi maxsus asbob yordamida qayd etiladi.
Detonatsiya bo‘lgan siqish darajasi moslama yordamida belgilab
olinadi. Shundan so‘ng dvigatelga etalon yonilg‘i quyiladi. Buning
uchun izooktan va normal geptanning shunday aralashmasini tan-
lash kerakki, dvigatel u bilan ishlatilganida detonatsiyaning jadalli-
gi sinaladigan benzin bilan ishlaganidagidek bo‘lsin.
So‘nggi yillarda benzinning detonatsiyaga chidamligi motor
usulidan tashqari tadqiqot usuli bilan ham aniqlanmoqda. Tadqiqot
usuli bilan aniqlangan oktan soni motor usuli bilan aniqlanganidan
7–10 birlikka katta bo‘ladi. Agarda benzinning oktan soni tadqiqot
usuli bilan aniqlangan bo‘lsa, benzin markasida «И» indeksi yozi
-
ladi, masalan, АИ–93.
Mana shu ikki usul bilan aniqlangan oktan sonlarining farqi
Dostları ilə paylaş: