Setan soni. Dizel yonilg‘isining o‘zo‘zidan alangalanishini
aniqlash benzinning detonatsiyaga qarshiligini aniqlash kabi amal-
ga oshiriladi. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida setan soni qabul
qilingan bo‘lib, u setanning alfametilnaftalinli aralashmadagi foiz
hisobidagi miqdoriga teng. Etalon aralashmaning o‘z-o‘zidan alan-
galanishi standart dvigatelda tekshirilayotgan yonilg‘ining alanga-
lanishi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Dizel yonilg‘isining o‘zo‘zidan alangalanishini aniqlashda
etalon yonilg‘i sifatida yuqori tozalikdagi ikkita uglevodorod: se-
tan (normal geksadekan) С
16
Н
34
va alfametilnaftalin C
10
H
7
CH
3
dan
foydalaniladi. Bunday uglevodorodlar alangalanishining kechikish
davri juda qisqa bo‘ladi va dvigatelning yumshoq ishlashini ta’min-
laydi. Setan etalon aralashmaning tashkil etuvchilaridan biri bo‘lib,
uning o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi shartli ravishda 100 bir-
lik bilan baholanadi. Ikkinchi tashkil etuvchi alfametilnaftalinning
65
o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi 0 birlik bilan baholanadi. Ma-
salan, 40 foiz setan va 60 foiz alfametilnaftalin aralashmasining
o‘z-o‘zidan alangalanuvchanligi 40 birlikka teng, yoki aralashma-
ning setan soni 40 ga teng deb qabul qilingan.
Setan soni bir silindrli ИТ9–3 jihozida aniqlanadi. Bu jihoz
o‘zgaruvchan (7 dan 23 gacha) siqilish darajasida ishlash imkonini
beradi. Bu ish sinaladigan dizel yonilg‘isi va etalon yonilg‘ini qiyo-
siy yondirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Avval qat’iy belgilangan
sharoitda dizel yonilg‘isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi
shunday bo‘lgan etalon aralashma tanlanadi. Setan sonini ИТ9–3
jihozida quyidagi usullar bilan: kritik siqish darajasi bo‘yicha, alan-
galanishning kechikishi yoki o‘t olishlarning mos kelish momenti
bo‘yicha aniqlash mumkin.
Standartlarga, asosan, dizel yonilg‘isi 40–50 birlik setan soni bi-
lan ishlab chiqariladi. Setan soni 40 dan kam bo‘lgan yonilg‘ining
alangalanishini kechiktirish davri katta bo‘lib, silindrda to‘plangan
yonilg‘i qisqa vaqt ichida yonadi, gaz bosimi bir zumda ortib keta-
di. Shuning uchun ham dizel ravon ishlamaydi (taqillagan tovush
chiqadi). Setan soni qancha katta bo‘lsa, dizel yonilg‘isining o‘z-
o‘zidan alangalanishi boshlanguncha bo‘lgan davr shuncha kichik
bo‘ladi, dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushirish
harorati ham shuncha past bo‘ladi. Lekin setan soni 50 dan yuqori
bo‘lishi ham maqsadga muvofiq emas. Chunki bunda yonilg‘ining
to‘la yonishi kamayishi natijasida yonilg‘ining solishtirma sarfi
ko‘payadi.
Dizel yonilg‘ilarining «Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» deb
nomlangan 305–82 sonli Davlat standartiga binoan yozgi, qishki
va arktik markalarda ishlab chiqariladi.
Setan soni yozgi yonilg‘ilar uchun 47–51, qishki yonilg‘ilar
uchun 40–49 va arktik yonilg‘ilar uchun 38–40 ga teng.
Setan soni yonilg‘ining yonish jarayonidagina emas, balki
unin g yurgazib yuborish sifatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar
setan soni 40 birlikdan kichik bo‘lsa, sovuq dvigatelni qishdagina
emas, hatto yilning issiq vaqtlarida ham yurgazib yuborishi juda
66
qiyin bo‘ladi. Yozda setan soni taxminan 45 birlikka, qishda esa
50 birlikka teng bo‘lgan yonilg‘i ishlatilganida dvigatelni normal
yurgazib yuborish va bosimni asta-sekin oshirish mumkin.
3. 4.