K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Yuvuvchi disperslovchi
 
qo‘shilmalar. 
Moyning oksidlanish 
mahsulotlari va iflosliklarni erimagan holda tutib, dvigatel detalla
-
rining kerakli tozaligini ta’minlash xususiyati 
yuvish xossalari
 
deb 
ataladi. Qo‘shilmalar qo‘shilmagan motor moylarining bu xossasi 
taxminan bir xil va yetarli darajada emas. Dvigatel detallari haro
-
rati yuqori bo‘lganligi tufayli ular bunday moyda ishlay olmaydi: 
moyning oksidlanishi natijasida zarralari o‘zaro birikib yiriklashib, 
silindr-porshen guruhining issiq detallariga o‘tiradi, ya’ni lok va 
qurum hosil bo‘lishi natijasida ular tezda ishdan chiqadi, shuning 
uchun buning oldini olish maqsadida moylarga yuvish qo‘shilma-
lari qo‘shiladi. 
117
Yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shilmalar oksidlanish mah-
sulotlarining yiriklashishiga to‘sqinlik qiladi. Qo‘shilma moleku-
lalari zarralarni o‘rab olib, ularning sirtida bir xil ishorali zaryadlar 
hosil qiladi. Bu zaryadlar bir-birini itarishi natijasida zarralar o‘za-
ro yopishmaydi. Keyinchalik ular dvigatelning filtrlovchi qurilma
-
larida ushlanib qoladi. 
Samaradorligi yuqori bo‘lgan qo‘shilmalar hosil bo‘lgan qurum-
ni ma’lum darajada yo‘qotish xususiyatiga ega. 
Yuvuvchi qo‘shilmalar sifatida har xil sulfokarbon kislotalar-
ning tuzlari, shuningdek, alkilfenolatlar, kukunsiz va kamkukunli 
polimerli qo‘shilmalar, ko‘p kukunli, yuqori ishqoriy sulfonatlar va 
boshqalar ishlatiladi. 
Dastlab  moylash  materialiga  yuvuvchi  va  korroziyaga  qarshi 
komponentlardan tashkil topgan sulfonat qo‘shilma АЗНИИ–4 dan 
foydalanilgan. Bu qo‘shilma dizel moylariga 3–5 foiz miqdorida 
qo‘shilgan. 
Kukunsiz va kam kukunli qo‘shilmalar sifatida СБ–3, CK–3 kabi 
qo‘shilmalardan, kukunli qo‘shilma sifatida MACK qo‘shilmasi-
dan, yuqori ishqoriy qo‘shilma sifatida ВНИИНП–121 qo‘shilma
-
sidan foydalaniladi. 
Qo‘shilmalarning turi va miqdorini to‘g‘ri tanlash dvigatel de-
tallari sirtida o‘tirindilar hosil bo‘lishini kamaytiradi va buning 
natijasida ularning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlaydi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə