K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Neftdan avtomobil yonilg‘ilarini
olishning asosiy usullari
Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud. 
Suyuq yonilg‘ining asosiy qismi neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash, 
ya’ni 
fizikaviy usul 
asosida (bunda uglevodorodlarning kimyoviy 
tuzilishi o‘zgarmaydi) yoki termik qayta ishlash, ya’ni 
kimyoviy 
usul 
asosida (bunda uglevodorodlarning kimyoviy tuzilishi o‘zga-
radi) olinadi. 


16
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash. 
Neft tarkibidagi ug-
levodorodlar turli xil fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega va, 
shu bilan birga, ularning qaynash harorati ham turlichadir. Neftga 
dastlabki ishlov berish jarayoni ulevodorodlarning qaynash harorat-
lari turlicha ekanligiga asoslangan. Neft maxsus pechlarda qizdiril-
ganida avval undan qaynash harorati pastroq bo‘lgan uglevodorod-
lar, harorat ko‘tarilganidan keyin esa qaynash harorati yuqoriroq 
bo‘lgan uglevodorodlar bug‘lanadi. Bunda ajralib chiqqan bug‘lar 
sovitiladi, suyuqlikka aylantiriladi va 
distillatlar 
(qaynash harorat-
lari yaqin bo‘lgan fraksiyalar) yig‘iladi. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda, odatda, quyidagi distillatlar olina-
di: avtomobil, aviatsiya benzinlari va turli erituvchilar olishda 
ishlatiladigan benzin distillatlari (taxminiy qaynash harorati 50–
180°C); reaktiv yonilg‘i va kerosin olinadigan kerosin distillatlari 
(120–315°C); dizel yonilg‘isi olish uchun solyar distillatlari (180–
360°C); kreking uchun xomashyo olish uchun vakuumli gazoyl 
(350–500°C).  Dizel  fraksiyalari  haydalganidan  keyin  qoladigan 
qoldiq (qaynash harorati 500°C dan yuqori) bitum tayyorlashda foy-
dalaniladi. Og‘ir distillatlar (mazut)dan ularning kimyoviy tarkibi-
ga qarab surkov moylari ishlab chiqarishda va qozon yonilg‘ilari 
sifatida foydalaniladi. 
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda 10–12 foiz benzin, 15–
20 foiz reaktiv yonilg‘i yoki kerosin, 15–20 foiz dizel yonilg‘isi va 
50 foizgacha mazut olinadi. 
Distillatlardan tayyor mahsulotlar olish uchun ularga qo‘shim
-
cha ishlov (tozalash, turli komponentlar aralashtirish va boshqalar) 
berish lozim. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda olinadigan benzin, reaktiv va dizel 
yonilg‘ilari miqdori ko‘p bo‘lmaganligi tufayli og‘ir fraksiyalar-
ning ko‘p qismi kimyoviy ishlov berishga yuboriladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə