K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

O‘t oldirish harorati
 deganda, maxsus asbob (tigel)da qizdiril-
gan moyning havo bilan hosil qilingan aralashmasini ma’lum alan-
ga yordamida o‘t olish harorati tushuniladi. 
O‘t olish haroratiga asoslanib, moyning bug‘lanuvchanligini 
yetarli darajadagi aniqlikda baholash, shuningdek, moy tarkibidagi 
yengil fraksiyalar miqdorini aniqlash mumkin. Moyning o‘t olis h 
harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, bug‘lanuvchanligi shunchalik 
past,  shuning  bilan  birga,  fizikaviy  turg‘unligi  shunchalik  yaxshi 
bo‘ladi. 
Dvigatelning  ish  jarayonida  ma’lum  miqdordagi  moy  yuqori 
haroratli zonaga tushadi va, asosan, yonib ketadi. Yonmay qolgan 
moy yonish kamerasida yonishga ulgurmagan yonilg‘i qoldig‘i 
bilan birga kimyoviy aralashma hosil qiladi, natijada bu zonadagi 
detallar yuzida qurum hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan qurum dvigatel-
ning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qurum detallarning sovi ti li-
shini yomonlashtiradi, detonatsiyani va kalil yonishning vujudga 
kelishini osonlashtiradi va moyni qattiq mexanik qo‘shilmalar bi-
lan ifloslantiradi. Hosil bo‘ladigan qurum miqdori ishlatilayotgan 
moy, shuningdek, yonilg‘ining sifatiga kam bog‘liq bo‘lib, asosan, 
dvigatelning ish rejimlariga bog‘liqdir. Shuning uchun qurum ho-


122
sil bo‘lishiga qarshi kurash dvigatelning issiqlik holatini normal 
ushlab turishni ta’minlashga qaratilgan ekspluatatsion tadbirlarga 
asoslangan. 
O‘rtacha haroratli zonada, yuqori haroratli zonadan farqli o‘la-
roq, moy ishqalanishni va detallarning yemirilishini kamaytira-
di, shuningdek, porshen va silindr orasidagi tirqishni zichlaydi. 
Moyning 200–300°C haroratgacha qizigan detallar sirtini yupqa 
parda bilan qoplashi bu zonaga xosdir. Bunday sharoitda moy 
tarkibidagi uglevodorodlar va boshqa komponentlarning kimyoviy 
turg‘unligi yetarli bo‘lmay qoladi. Ular oksidlanadi va bug‘lanuv-
chanligi yomon, qovushoqligi yuqori, moyda erimaydigan mahsu-
lot (asfaltenlar va smolalar) hosil qiladi va detallarga yupqa yalti-
roq qatlam (loksimon cho‘kma) ko‘rinishida o‘tiradi. 
Loksimon cho‘kma porshen halqalarida va ariqchalarida, por-
shen yubkasida, shatun va boshqa detallardagi tirqishlarni to‘ldirib 
qo‘yadi. Natijada dvigatelning issiqlik rejimi buziladi va buning 
oqibatida porshen halqalari kuyadi. 
Dvigatelning  past  haroratli  zonasida  ish  rejimining  nisbatan 
yengilligiga qaramay, bu zonada ham moylarning oksidlanishi ku-
zatiladi. Moyning oksidlanishi natijasida moyda qisman eriydigan 
organik kislotalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan organik kislotalar 
dvigatel detallarini korroziyalashga olib keladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə