K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Yengil gaz kondensatlari 
Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa 
konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qay-
nay boshlaydi, bu esa, o‘z navbatida, dvigatel ta’minlash tizimi-
da bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq 
maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy dvigatellarning 
ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘ladigan harorat avtomo-
billarning respublikamiz hududi sharoitlarida ishlaganida yuzaga 
keluvchi odatdagi qiymatidan biroz yuqori bo‘lar ekan. 
Gaz kondensatlari uncha yuqori bo‘lmagan antidetonatsion xu-
susiyatlarga ega bo‘lib, ularning oktan soni 54–58 oralig‘ida bo‘la di. 
Biroq tetraetilqo‘rg‘oshin qo‘shish hisobiga gaz konden satlari ning 
oktan sonini o‘rta sifatli benzinlarning oktan soniga teng lashtirish 
mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan ara-
lashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini zamonaviy dvi-
gatellar talab qiladigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda 
gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo‘lgan talabni 
50–60 foizga  kamaytiradi. 
Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarning qovushoq-
ligiga yaqin bo‘lganligi uchun dvigatelning ta’minlash tizimiga 
konstruktiv jihatdan o‘zgartirish kiritish talab qilinmaydi. Maxsus 
tajribalar yengil gaz kondensatlarining yetarli darajada barqaror 


98
ekanligini hamda ularni saqlash paytida isroflar (bug‘lanish tufayli) 
yuqori emasligini ko‘rsatadi. 
4,3- jadvalda yengil gaz kondensatlarining ba’zi xossalari kel-
tirilgan. 
4. 3- jadval

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə