Kadirov tulkin baxridinovich


-jadval  Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda olinadigan axborotlarni tahlil qilish



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

1.3-jadval 
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda olinadigan axborotlarni tahlil qilish 
Birlamchi manbalar 
Ikkilamchi 
manbalar 
Uchlamchi manbalar 
1. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun. 
2. Ta’lim sohasini rivojlantirish 
bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan ijroga yo‘naltirilgan 
huquqiy –me’yoriy hujjatlar. 
3. Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan qabul qilingan 
qarorlar va yo‘riqnomalar, 
buyruqlar. 
4. Xalq ta’limi sohasi xodimlari 
kunida Prezident tomonidan 
so‘zlangan nutq. 
5. Lex.uz. saytida 
joylashtirishgan ma’lumotlar. 
6. Original san’at asarlari, 
qo‘lyozmalar, fotosuratlar, 
kundaliklar, shaxsiy maktublar, 
og‘zaki hikoya, intervyu. 
1. Mutaxassislikka 
tegishli ilmiy 
adabiyotlar. 
2. Mutaxassislikka 
tegishli ilmiy 
jurnallar. 
3. Sohaga tegishli 
tanqidiy tahlil yoki 
ma’lumotlar. (tegishli 
tashkilotlar 
monitoringi ) 
1. Referatlar. 
2. Bibliografiya. 
3. Qo‘llanmalar. 
4. Ensiklopediyalar. 
5. Ko‘rsatkichlar. 
6. Xronologik 
jadvallar. 
7. Ma’lumotlar bazasi. 
Axborotga bo‘lgan ehtiyojlar asosida “Axborot” atamasiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, 
shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Axborot – bu to‘plangan, 
qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda 
taqdim etiladigan ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi – 
“tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar”dir. Lotin tilida “informatio” – 
tushuntirish, bayon qilish demakdir. O‘tmishda Mazkur tushuncha ortida odamlar 


44
tomonidan bir biriga og‘zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma’lumotlar 
tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning 
asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, “axborot – bu biz unga va uning bizning 
hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”[41]. 
Boshqa tomondan, “axborot” istilohi shuningdek “axborot berish”, axborotni 
uzatish va uni tarqatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning 
ta’kidlashicha, axborot deb oldindan ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqidagi xabar 
yoki ma’lumotlar tushuniladi[68]. Nima bo‘lgan taqdirda ham axborot muhim 
unsur bo‘lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. 
U.I.Inoyatovning “Globallashuv sharoitida yoshlarning mediasavodxonligini 
oshirish” nomli maqolasida internet sahifalarida to‘g‘rilik darajasi tasdiqlanmagan, 
yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, zo‘ravonlik va axloqsizlikka boshlovchi 
sahifalar soni kundan kunga oshib borishi, internetning foydasi bilan bir qatorda 
uning zararli oqibatlarini o‘quvchi-yoshlarga singdirib borish orqali ularda 
mediasavodxonlikni 
oshirish 
barchamizning 
kechiktirib 
bo‘lmaydigan 
vazifalarimizga kirishini ta’kidlaydi[64]. 
Media va axborot savodxonligi 2007-yilda YuNESKO tomonidan taklif 
etilgan keng qamrovli tushunchadir. U axborot savodxonligi va mediasavodxonlik 
bilan bog‘liq barcha kompetensiyalarni, shu jumladan raqamli yoki texnologik 
savodxonlikni ham qamrab oladi. 
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur 
vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, 
tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish 
imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. 
Media savodxonlik sohasidagi ta’lim turli fanlar kesimida amalga oshiriladi. 
Shu bois mavjud holat va maqsaddan kelib chiqqan holda turli yondashuvlardan 
foydalanish mumkin. Masalan, mediasavodxonlikning xavfsizlik, ijtimoiy-axloqiy 
ko‘nikmalarni shakllantiradi. Mediasavodxonlik shakllanishi davomida tinglovchi 
mediadan samarali va xavfsiz foydalanishi, ijtimoiy hayotning muayyan bir 


45 
manzilidagi ahvolni adekvat, kasbiy tarzda baholashi, mustaqil fuqarolik 
pozitsiyasini shakllantirishi, buning barobarida fuqarolik jamiyatini barpo etishga 
ko‘maklashish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. 
S.S.Bodrunova, A.V.Yakuninlar “internetdаgi mеdiа axborоtlar fanlarni 
integratsiyalaydi” degan fikrni bildiradilar[31]. 
I.V.Gordeeva multimedia ilovalarining tasnifi va qo‘llanilish sohalari, 
multimedia ilovalarining tasnifi, multimedia ilovalari hajmi, multimedia – ta’lim 
mahsulotlari, multimedia texnologiyasining tarkibiy qismlari haqida o‘z ilmiy 
farazlarini taqdim etadi[45]. 
O‘rganilgan manbalarda “Media savodxonlikning asosiy jihati sifatida 
mediamuhitga tahliliy yondashuv, ya’ni analitik qаbul qilish orqali о‘zini ifоda
etish”, degan ta’rifga tayanamiz. Tadqiqot ishida mediakompetentlik quyidagi 
ko‘nikmalarni o‘z ichiga оlishi asoslandi: 

tanqidiy tahlil qila olish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya sohasiga tegishli 
bо‘lgan mediakоntentni аdekvаt tarzda tаlqin eta olish, mediamatnni baholashni 
bildiradi. Ushbu ko‘nikmalar rang-barang mediakontent va janrlar vositasida 
yaxshiroq rivojlanadi; 

tinglovchilar uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ushbu ko‘nikmalar 
o‘zida media-resurslar yaratish orqali shakllantirishi mumkin; 

interfaollik ko‘nikmalari media orqali muloqot qilish va turli 
mediarollarni bajarib ko‘rish qobiliyatini ko‘rsatadi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim 
va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikri va 
ko‘rsatmalarini ifoda etishga tayyorligini ko‘rsatadi; 

xavfsizlik ko‘nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularga duch 
kelmaslik qobiliyatini namoyon etadi. Virtual makonda xavfsizlikka rioya 
qilishning muhim ko‘nikmalaridan hususiy makonni himoyalash hamda kerak 
bo‘lmagan kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi. 
Mediakompetentlikka ega bо‘lgan о‘qituvchi pedagоgik fаоliyatda 
quyidagilarni bajara oladi: 

dоlzаrb, ijtimоiy аxbоrоtlar аsоsida yangi tа’lim resurslаrini yаrаtа оladi; 


46

ta’lim sоhasi va ijtimоiy jаrаyоnlarni tаnqidiy jihаtdan tаhlil etа оlish; 

mediаning ijtimоiy jarayоnlarga ta’sir etish kо‘lami va darаjаsini, undа 
аxbоrоtni namоyish etish shаkllаrini bilish, ulаrdаn hоzirgi zamоn dolzarb 
masalalarini ijоdiy аnglаb, ulаr yuzаsidаn mustаqil fuqarоlik pоzitsiyаsini ifоda 
etish uchun fоydаlаnish; 

jаmiyаt tarаqqiyоtining dоlzаrb mаsаlаlаri bо‘yicha оmmаviy munоzаrа 
va mulоqоtlаrni tа’minlаsh va qо‘llаb-quvvаtlаsh; 

inson hаyоti dаvоmida uzluksiz tа’lim оlishni qо‘llаb-quvvаtlаsh; 

fuqаrоlik jаmiyаti va glоbаl аxbоrоt tаrmоg‘ini shаkllаnishi va 
rivоjlаnishini qо‘llab-quvvаtlаsh. 
О‘qituvchining media va axborot savodxonligini ham uzluksiz tarzda 
rivojlantirib borish talablaridan biri hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining media 
ko‘nikmalari, uning media tanqidga qobiliyati va media tilini bilishi texnik-
texnologik hamda shaxsiy mediaresursni yarata olishi malaka va ko‘nikmalarini 
shakllantiradi. 
O‘qituvchilar doimiy ravishda izlanadi, malakasini rivojlantirib boradi. 
Ushbu jihat ular shaxsi va kasbiy dunyoqarashining shakllanishida muhim 
ahamiyatga ega. Medialar esa ular turli rollar, modellar va tajribalar vositasida 
o‘zining maqsad sari intilishini ko‘rsatish uchun universal makon sifatida xizmat 
qiladi. Bu о‘rinda gаp о‘qituvchining mustаqilligi, fikr vа his-tuyg‘ulаrining 
аnglangаnligini nаzаrdа tutuvchi о‘zligini аnglаshgа yоrdаm berib, izchil tаrzdа 
yuqоri dаrаjаdаgi mustаqillik, аniq nаtijаlаrni kо‘zlash asоsida yuzаgа keluvchi 
tаnqidiy tafakkur shakllanadi. Mediаresurslardan foydalanish pedagoglarning 
ongini, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda, o‘zini 
olamning bir qismi sifatida tasavvur etishida yordam beradi. Bu o‘rinda ularning 
o‘zlikni namoyon etishning qudratli vizual vositasi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar faol 
foydalanishi bilan aniqlanadi. Bunday sharoitda mutaxassislarni tayyorlashga talab 
ortib pedagogdan yuksak izlanuvchanlik va tashabbuskorlikni talab qiladi. 
Ta’lim tizimi dinamikasi uzluksiz kasbiy rivojlantirishda pedagogik kadrlar 
kasbiy tayyorgarligiga yangicha talablar, jumladan, axborotlar bilan ishlay olish 


47 
talabining yuzaga kelishiga ko‘maklashdi. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə