Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


Davlatlarning belgilangan talablarni bajargan holda Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonlari79



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə92/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

Davlatlarning belgilangan talablarni bajargan holda Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonlari79

Yil

EVI ga qo‘shilgan davlatlar

1999

Portugaliya, Ispaniya, Irlandiya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya, Finlandiya

2001

Gretsiya

2007

Sloveniya

2008

Malta, Kipr

2009

Slovakiya

2011

Estoniya

2014

Latviya

2015

Litva

Yevroning muomalaga kiritilishi orqali Yevropa Valyuta Ittifoqi o‘zining to‘laqonli faoliyatini boshladi. Jumladan Yevropa Markaziy banki YVIga a’zo davlatlarning pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirib turuvchi yagona markazga aylandi. U tomonidan qabul qilinadigan yagona valyuta va kredit siyosatining aniq bajarilishi nazorat ostiga olindi. YMBning Boshqaruv Kengashi a’zo davlatlar zaxirasida asosiy foiz stavkalari va pul agregatlarini belgilab, shu bilan bir qatorda oltin valyuta zaxiralari ustidan umumiy nazoratni o‘rnatadigan bo‘ldi. Yevroning muomalaga kiritilishi natijasida yillar davomida oldindan rejalashtirilgan bir qator ijobiy maqsadlarga erishildi:


1. Asosiy maqsad bo‘lgan narxlar barqarorligiga erishildi. 15 yillik muomalada bo‘lish jarayonida yevrohududda barqaror narx darajalariga va past darajadagi inflyasiya ko‘rsatkichlariga erishildi.
2. Narxlar barqarorligidan kelib chiqqan holda past darajadagi foiz stavkasiga ega bo‘lindi. Past foizlarda pul va kapital bozorlarida kredit resurslarini yig‘ish osonlashdi va investitsiya tavakkalchiligini kamaydi.
3. Valyuta Ittifoqi savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirdi. Yagona valyutaning kiritilishi yevrohududda valyutalarni ayirboshlash bilan bog‘liq xarajatlar va tavakkalchiliklarga barham bergan holda, kompaniyalar uchun ichki savdo va investitsiyalarda ishonch darajasini oshirdi.
4. Yevro moliyaviy bozorlar integratsiyasini tezlashtirdi. Yevropada moliyaviy bozorlarni birlashtirgan holda yagona moliyaviy bozorni tashkil qilish va bu orqali iqtisodiyotning real sektoriga qilinadigan qo‘yilmalarda foiz darajasini pasaytirishga erishish maqsad qilingan va unga erishilganini ijobiy baholash joiz.
5. Katta valyuta hududi iqtisodiy tavakkalchilik darajalarini pasaytirdi. Yevropa Valyuta Ittifoqining ijobiy ta’sirlaridan biri yirik valyuta hududini tashkil etilishi va buning natijasida, moliyaviy bozorlardagi tavakkalchilik darajasini pasayishiga olib kelishi bo‘ldi.


Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə