Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


Pul tizimining elementlari



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə85/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

6.2. Pul tizimining elementlari.

Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.


Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir.
Pul biriligi - qonuniy tarzda o`rnatilgan pul belgisi bo`lib, barcha tovarlar bahosini o`zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko`pincha pul biriligi mayda bo`linuvchi qismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda o`nlik bo`linish tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 sentga teng va x.k)
Rasman baholar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashqari ; kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 sentli) chiqariladi. Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pensli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’prok xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sent qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’rsatilgan variantlari tahlili asosida dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so’m-kupon» 1 so’m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Marka­ziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi takomillashtirildi. 1995 yili «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni va 1996 yili O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi.



Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə