Kafedrasi O'smirlarda namoyon bo'ladigan xavotirlanishning psixologik xususiyatlari mavzusida yozilgan


II bob. SHAXSDA HAVOTIRLANISH HOLATLARINI VA YOLG’IZLIK XISSINI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI



Yüklə 59,22 Kb.
səhifə8/13
tarix10.11.2023
ölçüsü59,22 Kb.
#132661
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5 Ўсмирда намоён бўладиган ҳавотирланиш

II bob. SHAXSDA HAVOTIRLANISH HOLATLARINI VA YOLG’IZLIK XISSINI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI.
2.1. O’smirlik davrida havotirlanish xissini korreksiyalash natijalari.
Eksperimental tadqiqotning birinchi bosqichida o’smirlarni yolg’izlik hususiyatini boshdan kechirishini o’rganishni maqsad qilib oldik. Buning uchun yolg’izlikni modifikasiyalashtirilgan shkalasidan foydalandik.
Yolg’izlikni o’lchash modifikatsiyasi.
Mazkur shkala 20 ta savoldan iborat bo’lib, sinaluvchilarning vazifasi berilgan 4 javob variantidan foydalangan holda javob berishi kerak edi. Yolg’izlik hissining quyidagi uch darajasi aniqlangan:
1-daraja – yolg’izlik hissining yuqori darajasi, omillarning kamida bittasi bo’yicha yolg’izlik hissining o’ta kuchayib ketganligi ( 54 – 80 ball),
2-daraja – yolg’izlik hissining o’rta darajasi, individ ijtimoiy – psixologik aloqalarining kamligini kompensatsiyalashga va yolg’izlik hissini susaytirishga qodirligi ( 28 – 53 ball),
3-daraja – yolg’izlik hissining past darajasi, og’ir yolg’izlik hissining yo’qligi ( 0 – 27 ball).
Natijalar sifat jihatidan tahlil qilinganda, atrofdagilar bilan psixologik aloqalar darajasiga e’tibor berish kerak. “Yolg’izlik shkalasidan” kelib chiqib ushbu aloqaning uch o’lchamini baholash mumkin:

  1. “Yaxshi ko’rishadi” – emotsional komponent.

  2. “Tushunishadi” – kognitiv komponent.

  3. “Qabul qilishadi” – ijtimoiy komponent.

Har bir o’lchamga mos keluvchi savollar miqdori va ballar yig’indisi teng emasligini hisobga olib, natijalar xolisligini ta’minlash maqsadida barcha o’lchamlar uchun o’rtacha arifmetik qiymatini hisoblab topish kerak.


Yolg’izlikni o’lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar, ushbu shkala natijalari va quyidagi ko’rsatkichlar o’rtasidagi korrelyatsiya yuqori ekanini ko’rsatadi: shaxsga oid va o’z – o’zini baholash bilan bog’liq xavotirlik, ajralib qolish va autism, depressiya, begonalashganlik va umidsizlik hislarining keskinlashgani.
Eksperimental tadqiqotning ikkinchi bosqichida o’smirlarni havotirlanish hususiyatini boshdan kechirishini o’rganishni maqsad qilib oldik. Buning uchun shaxsiy havotirlikni o’rganish metodikasidan foydalandik.

Yüklə 59,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə