Kamol Rahmonov jahon tarixi fanini o‘qitishda innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix25.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#161634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12570 1 AB6BBB1FBE976C83EFCC4B03D4E58904CF236E82 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ushbu metodik qo‘llanma Buxoro davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi 
yig‘ilishining 2022 yil 25 yanvardagi 19-son bayonnomasi, Tarix va madaniy 
meros fakulteti kengashining 2022 yil 26 yanvardagi 6-son bayonnomasi Buxoro 
davlat universiteti o‘quv-metodik kengashinig 2022 yil 26 fevraldagi 7-sonli 
yig‘ilish bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etildi
.
 
 
 
 
 


KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida zalvorli, asrlarga tatigulik 
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar 
va bunyodkorlik ishlari tariximizning barcha bosqichlari sahifalarini atroflicha 
o‘rganish, to‘plangan tajribani umumlashtirish va istiqbolli rivojlanish dasturiga 
aylantirish borasida qilingan ishlar ham e’tiborga loyiq. 
Bugungi shiddatli kechayotgan jamiyatdagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, oliy 
ta’lim muassasalariga kirishuchun munosib nomzodlarni maqsadli tayyorlash 
tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy 
ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli bo‘lgan, 
chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta’minlash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qarorlari qabul qilindi. 
Jumladan,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 
(2020 yil 24 yanvar)dan: “2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta 
Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun 
o‘tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning 
filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma 
ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim 
muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p 
talaba o‘qishga qabul qilindi", “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta 
meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir! Shu sababli 
hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak 
madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak", "Maktab o‘quv 
dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va 
fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va 
adabiyotlar sifatini oshirish zarur", - kabi fikrlarni o‘qib olishimiz mumkin. 
Mazkur qaydlardagi eng ustuvor vazifa bu – zamonaviy talablar asosida 
raqobatbardosh kadrlarining kasbiy kompetentligini oshirish hisoblanadi. Demak, 
oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalarga yangi pedagogik 
texnologiyalar asosida tahsil berish o‘qituvchilardan yuksak darajadagi mahoratni 
talab qiladi.
Yuqoridagi omillar va vazifalardan kelib chiqib, ushbu qo‘llanma Tarix ta’lim 
yo‘nalishi 2-mutaxassislik 4-kurslarida o‘tiladigan

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə