Karimova bibixol xayrullayevna


Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/6
tarix04.02.2018
ölçüsü0,65 Mb.
#23799
1   2   3   4   5   6

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:

      1. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash dolzarb pedagogik muammo ekanligi;

      2. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash mazmuni, shakl, vosita, metodlari;

      3. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash va ularning samaradorlik darajasi;

      4. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari;

      5. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga yo’naltirilgan metodik tavsiyalar.

Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mazmuni va tadqiqot natijalari yuzasidan 10 ta ilmiy-uslubiy maqolalar chop etdi.2 ta maqola OAK

ro’yxatidagi ilmiy-uslubiy jurnalda hamda dissertatsiya mavzusiga oid uslubiy qo’llanma chop etdi.


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: dissertatsiyaning asosiy matni 80 sahifadan iborat bo’lib, kirish, 3 bob, har bob bo’yicha qisqa xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar,24ta jadval, 9ta rasm, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovadan iborat.Umumiy 100 betni tashkil etadi.

MEHRIBONLIK UYLARI TARBIYALANUVCHILARIDA

MILLIY G’URURNI ТARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

  1. Davlat dasturlari va qarorlarida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga mehr muruvvat ko’rsatish va ijtimoiy himoya to’g’risida

Yetimlik ilohiy bir qismat shuning uchun ham inson peshonasida yozilganini ko’rishi taqdiri azaldir. Darhaqiqat, taqdir qismatidan qochib qutilib bo’lmaydi. Ana shunday qismat norasida go’dakni “Mehribonlik uyi”ga yetaklab keladi. Mehribonlik uylari sobiq sho’rolar davrida yetim xonalar nomi bilan paydo bo’lgan. Bu davrda minglab oilalarning xonavayron bo’lishi oqibatida yetim va qarovchisiz qolgan bolalarni boqish va ularni jamiyatga sodiq farzand etib tayyorlash maqsadida tashkil etilgan edi. Bugungi kunda esa Mehribon, xalqsevar, yurtboshimiz I.A.Karimov ularni o’z bag’riga olishi natijasida “Mehribonlik uylari” nomi bilan yuritilmoqda. Alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan buyon Mehribonlik uylariga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida quyidagilar qayd etilgan: Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish,tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi. 9. ( 1 .13)

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi hamda Mehribonlik uylari davlat tomonidan quyidagicha ta’minlanadi:

__________________________

9.O’zbekiston Resrublikasining konstitutsiyasi. T: “O’zbekiston” 2008.40 bet.


  1. Ma’nan va ruhan qo’llab quvvatlanadi

  2. Тa’lim–tarbiya jarayoni alohida e’tiborga olinadi

  3. Ijtimoiy–iqtisodiy jihatdan moddiy tomondan to’liq ta’minlanadi.

  4. Тarbiyalanuvchilarning sog’ligiga alohida e’tibor beriladi va tibbiy shart-sharoitlar yaratiladi.

  5. Тarbiyalanuvchilarning barcha shart – sharoitlariga alohida e’tibor beriladi.

  6. Ma’naviy-ma’rifiy tomonlariga zamin yaratiladi.

  7. Тarbiyalanuvchilar o’qish faoliyati bilan shug’ullanishi va bo’sh paytlarini mazmunli o’tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi.Ushbu fikrlar shuni ma’lum qiladiki, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini doimo boshini silashga mehribon qo’llar borligini hamda vatanimiz,mehribon yurtboshimiz ularga g’amxo’r ekanligidan dalolat beradi.

Shu o’rinda Тa’lim to’g’risidagi Qonunning 22-moddasini keltirmoqchimiz. Yetim bolalarni va ota–onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o’qitish va ularni boqish davlatning to’la ta’minoti asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 10. ( 26 .26) Shuning uchun ham tarbiyalanuvchilarning huquqlari qonunda ko’rsatilgan tegishli huquqlari asosida himoya qilinadi.Bizga ma’lumki, Mehribonlik uylariga mustaqil yuridik shaxs maqomi berilgan. Boshqa davlat tashkilotlariga mustaqil ish olib borishda qanday huquqlar berilgan bo’lsa, Mehribonlik uylariga ham ana shunday maqom berilgan. Mehribonlik uylari ham mustaqil ravishda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish yurita oladi. Ishonch bilan shuni ayta olish mumkinki, O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon juda ko’p samarali ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida Mehribonlik uylariga yanada yaqindan yondashish maqsadida qarorlar qabul qilinib,ular amalda o’z ijrosini topdi.

_________________________

10.Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T: “Sharq nashriyoti”1998. 63 bet.

Masalan, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18-fevralda 59-sonli qarori aynan “Mehribonlik uyi” to’g’risida qabul qilinib,u o’zining amaldagi ijrosini ta’minladi. Ushbu tarixiy qaror har tomonlama muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu qaror o’zbek xalqiga xos bo’lgan milliy qadriyatlarimizni, an’analarimizni o’zida namoyon etib,ajdodlarimiz merosiga asoslanadi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yordam bera oladi va ahamiyat kasb eta oladi. Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorining amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizom” qabul qilindi. Ushbu nizom yetti qismdan iboratdir, ya’ni ular quyidagilar:



  • Umumiy qoidalar

  • O’quv - tarbiya jarayoni tuzilmasi va uni tashkil qilish.

  • Тarbiyalanuvchilar.

- Kadrlar.

  • Mehribonlik uyini boshqarish.

  • Moliyaviy-xo’jalik faoliyati.

  • Хalqaro hamkorlikda qatnashish.11. ( 3.Ma’rifat gazetasi)

2007-yilni “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda aholini ijtimoiy himoya qilish ko’lamlarini yanada kengaytirish va kuchaytirish, aholining muhtoj oialalari va oilalarga, nogironlar va yolg’iz

keksalarga aniq, tabaqalashtirilgan tarzda yordam ko’rsatish samaradorligini oshirish,aholi daromadlari darajasidagi farqlarni keskin oshishiga yo’l qo’ymaslik, jamiyatda hamjihatlik, ezgulik va mehr-shafqat muhitini qaror toptirish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan chora tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida: “Ijtimoiy himoya yili” davlat dasturi tasdiqlandi.Bu ham bugungi kunda davlatimizning g’amxo’rligi namunasidir. Dasturning mohiyatiga e’tibor qaratamiz.Ushbu dasturda Mehribonlik uylari haqida shunday ko’rsatilgan.

________________________

11.Vazirlar Mahkamasining !995yil 18-fevraldagi 59-sonli Qaroriga 3-ilova “Mehribonlik uyi to’g’risida Nizom”, “Ma’rifat gazetasi,1995 yil 29-mart.”

“Mehribonlik uylari”va ixtisoslashtirilgan maktab–internatlarining moddiy- texnika bazasini,boquvchisidan mahrum bo’lgan bolalar to’g’risida e’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish, “Sen yolg’iz emassan”maqsadli vazifasini hayotga aniq tadbiq etishdan iboratdir. 12.( 12 .99)

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 oktabrdagi “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 230-sonli qarori to’g’risida (1-ilovada)

Yuqorida “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizom”ning tub mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak unda Mehribonlik uylariga bugungi kunda davlatimiz va yurtboshimizning g’amxo’rligi hamda ularning tarbiyasi va ta’limiga e’tibor va takomillashtirish yo’llari aytib o’tilgan. Bularning barchasi Mustaqillik mevasidir. Ushbu yillarda olib borilgan kuchli ijtimoiy siyosatning belgisi hisoblanadi.Islohatlarning ikkinchi bosqichida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yuqori darajaga ko’tarildi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllanishida olib borilayotgan islohatlarni amaldagi ijrosi ham ta’minlanib borilmoqda.Bularning barchasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllanishida yordam beradi.Bugungi kunda Mehribonlik uylarida faoliyat ko’rsatayotgan har bir xodim albatta bularga yaqindan yondasha olmog’i lozim.Shuningdek,o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda to’g’ri yondasha olib,tarbiyalanuvchilarning yaqin o’rtog’iga aylanishi shart.Bu borada albatta ulardan samimiylik va o’z kasbiga faollikni talab etadi.Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllanishida o’zaro bog’liqlikda bir necha tizim muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu tizimlarning birortasini Mehribonlik uyi faoliyatidan ajratib bo’lmaydi.Ularni o’z o’rnida alohida faoliyati mavjud.Ushbu tizimni quyidagi jadvalda keltiramiz.

_________________

12.Karimov I.A “Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish- barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohatlarimizning pirovard maqsadidir” T: “O’zbekiston”2007. 102 bet.



1-jadval

полотно 32

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirish va tarbiyalash asosiy masalalardan biridir. Хulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu masalalar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.



  1. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikdan keyin hukumatning barcha ichki va tashqi siyosati, islohatlarning birinchi bosqichida olib borgan olamshumul siyosati va ikkinchi bosqichda amalga oshirayotgan tarixiy- umumbashariy ishlari tufayli butun dunyoga tanildi va tan olindi. Bu o’zbek xalqining milliy g’ururidir.

Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois ma’naviy madaniyatning qudratli qatlamlari ochildi.Ular xalq ruhiyatini vatanparvarlik,milliy iftixor,butun dunyo uchun bag’rikenglik tomon keskin o’zgartirib yubordi. 13. (8 .142)



Milliy g’urur haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo g’urur nima? so’ngra milliy g’urur mazmuni qanday? degan savollarga to’xtalish zarur. Chunki, milliy g’ururni tarkib toptirish va tarbiyalash kabi pedagogik – psixologik muammoni hal qilish zikr qilingan so’z va so’z birikmalari ma’nosi bilan bevosita bog’liqdir.

G’urur so’zi faxr, iftihor, faxrlanish, mag’rur, quvonch, quvonish kabi ma’nolarni anglatadi. Mumtoz she’riyat va nasrlarda, faxriya, ballada va dostonlarda, xalq og’zaki ijodida ham yuqoridagi so’zlar ma’nodosh (sinonim) ma’no - mazmunda foydalanilgan.

Milliy g’urur muayyan millatning tarixiy o’tmishidan, milliy qadriyatlaridan, jahon miqyosida asrlar osha tan olinib kelinayotgan fan, din, adabiyot, san’at va madaniyat yutuqlari va ularni yaratgan daholardan, tarixiy obida va yodgorliklaridan, milliy urf-odatlari-yu, an’analaridan, ona-vatanidan, dono xalqidan,Vatanining go’zal o’tmishi va bugunidan, milliy xalq qahramonlaridan faxrlanish va iftixor qilish tuyg’usidir.

Bu tuyg’uni albatta shakllantirib borish lozim.

_____________________

13.Karimov I.A.O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida,Xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlqari va taraqqiyot kafolatlari. T: “O’zbekiston”1997. 326 bet.


G’urur o’zini o’zi anglash, milliy g’urur esa milliy o’z-o’zini anglash bilan bevosita bog’liqdir.

Тilini, dinini, tarixini, ajodlarining mazmunli hayotini, olamshumul kashfiyotlarini yaxshi bilgan, o’rgangan kishigina, o’zining kimligini anglash mumkin va uning qalbida, vujudida va ruhida faxrlanish tuyg’usi vujudga keladi. Shuningdek, unda ajdodlariga sodiq qolib, o’zini kamol toptirishga bo’lgan intilish insonning g’ururini, uning haqiqiy fazilatlarini yuksaltiradi.

Mehribonlik uyiga qabul qilingan bolalar qismati nega shunday, degan ma’naviy - ijtimoiy muammo ko’tariladi. Zero, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanmoqda, insoniy qadr-qimmat qaror topayapti, mehr-muruvvat iplari mustahkam bog’lanmoqda. Bolalarning ota-onadan mahrum bo’lish taqdiri nima bilan bog’liq.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra respublikamiz miqyosida kuniga 500 nafardan ortiq yigit-qiz oila qurishmoqda. Har soatda 70 nafardan ortiq bola tug’ulayotganligi ma’lum. Lekin oiladagi qo’ydi-chiqdilar ham oz emas.

Ayrim ota - onalarning ma’naviy - axloqiy jihatdan mas’uliyatizligi tufayli, shunday qo’ydi-chiqdilar oqibatida, shuningdek, ayrim ota-onalarning bag’ritoshligi sababli gunohsiz bolalar yetim, qarovsiz qolib, Mehribonlik uylaridan panoh topmoqdalar.

Bolalar uyidagi yetim bolalarni eslasam etim jimirlab,ko’zim yoshga to’ladi.Kunu - tun onaning ardog’ida bo’lishni kutganlar kammi?Ular orzu bilan,intizor ko’zlari bilan o’z ota-onalarini qidirishadi,kutishadi,ammo behuda...14. ( 55 .83)

Yetimlik ijtimoiy himoyadan xolidir. Zero, yetimlikdagi bolalar deyarli huquqsiz kishilar bo’lishgan. O’tmishimizda ularning huquqini muhofaza etish bilan maxsus tashkilotlar deyarli shug’ullanishmagan.“Yetim o’z ishini qilib,kishi minnatini eshitar”,

__________________________

14.Yu.G.Maxmudov,X.J.Xudoyqulov,E.J.Xolmirzayev,Z.J.Xolmirzayev,O.J.Suyunov.“.Milliy g’urur-ma’naviy komillik mezoni”.T:“Dizayn Press”nashriyoti 2011.327 bet.
“Yetim qizga yelpig’ich ham chikora”,

“Yetimning og’asi ko’p, joniga foydasi yo’q”.

Yetimlik iqtisodiy nochorlikdir. Ijtimoiy muhofazasizlik yetimlar ahvolini qiyinlashtirgani ma’lum.

Shunga ko’ra, ularning ko’pchiligi, hatto qorin to’ydirish uchun ham talay azob –uqubatlar kechirishgan. “Yetimning bir to’ygani, chala boy bo’lgani”.

Yetimlik jamiyat e’tiborini qaratish shart bo’lgan hodisadir .

O’zbekona insoniylik, bolajonlik, shu xalqqa xos bo’lgan kuyunchaklik yetimlar manfaatini hech bo’lmasa jamoatchilik asosida himoya qilishga undab kelgan. Bir qator maqollarda ana shu ezgu ruh balqib turadi. “Yetimni yig’latma”, “Yetimni yetim dema”, “Yetimning haqini yema“, “Yetimning xaqi yetti daryoni qurutgan”, “Sag’irning haqi – tangrining o’qi”.

Yetim. Ota-onasi yoki ulardan biri o’lgan bola. Хalq orasida ota – onasi vafot qilib, yolg’iz qolgan bola “Chin yetim”, onasi bilan qolgan bola “gul yetim”, otasi bilan qolgan bola “Shum yetim”, ayrim hollarda otasi yoki onasi tomonidan tashlab ketilgan bolalarni “Тirik yetim” deb atashganlar.

Jahonda ko’pgina xalqlarda bo’lgani kabi Markaziy Osiyo xalqlarida ham bola yetim bo’lib qolsa, ularni qarindoshlari yoki hamqishloqlari, mahalladoshlari o’z qaramog’iga olib tarbiyalaganlar. U “Asrandi bola” deb atalgan.

Darhaqiqat, yetim bolalarni asrab olish, ularga homiylik qilish, o’zbek xalqining an’anasi bo’lgan. Хalqimiz shu ezgu hislatiga hamisha sodiq qolgan. Hayot hamisha ham odamga shirin kulcha tutqazavermaydi.Uning taxir,gohida achchiq luqmalarini ham tatib ko’rishga to’g’ri keladi.Bolaligimning qayg’uli qo’shig’i,bu! Voy bechora jonim,nodir bolaligim! 15. ( 68 .62)

Agar o’tmishga nazar soladigan bo’lsak,haqiqatdan ham yetimlikning qayg’uli qo’shig’iga guvoh bo’lamiz.

_________________

15.Sodiqov B T: “Bolaliknig qayg’uli qo’shig’i”. “Fan nashriyoti” 2006.63 bet.



Yetim boqqan odamning fazilati

Saxl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon

yashaymiz”-deb ko’rsatgich va o’rta barmoqlarini juft qilib ko’rsatdilar”. 16. ( 86 .62 bet)

Sobiq Sho’ro davlati davrida bolalar uylari, turli internatlar ochilgan. O’sha muassasalarga boquvchisidan mahrum bo’lgan bolalar qabul qilingan va tarbiyalangan.

Bundan ko’zlangan maqsad qanday edi? Bolalar uyidagi yetimlar milliy tarbiya an'analaridan butunlay uzoq bo’lgan. Ularni qaysi g’oya va mafkura asosida tarbiyalash bolalar uylari tarbiyachi-o’qituvchilariga bog’liq.

Bolalar uyidagi ta’lim–tarbiya milliylikdan tamoman uzoqlashgan.Milliy qadriyatlar va an’analar, milliy fikr va tafakkur, milliy g’urur va iftixordan butunlay uzoqlashtirilgan. Ular hatto o’zining ona tilini bilmaganlar. Bolalar uyida tarbiyalangan yetimlar to’tiqush yoxud manqurt bo’lib yetishganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida sobiq O’zbekiston Sovet sotsialistik respublikasida bolalar uylarining soni 40 ta bo’lib, ularda 7166 nafar bola tarbiyalangan.

“O’zbekistonimga kelgan bolalarning birontasi ham boshpanasiz va onalik mehr muhabbatidan mahrum bo’lib qolmasliklari kerak”.

Prezidentimiz I.A.Karimov say-harakatlari tufayli milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning bosh masalasi qilib qo’yildi. Yurtboshimiz respublikamiz Oliy Majlisi sessiyasida ijodkorlar bilan

uchrashuvidagi yutuqlari buning yorqin dalilidir. Ayniqsa, Vatan, vatanparvarlik, ota-ona qadr–qimmati, ajdodlar tarixi, boy madaniyati bilan mustaqil davlat kelajagi bo’lgan yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazishda milliy istiqlol mafkurasi har qachongidan ham zarur.Ammo bugungi kunda bolalar turli muhitda tarbiyalanmoqda.

____________________

16. Xudoyqulov X.J T: “Odob ahloq va tarbiya durdolari” “DT -nasr”2010. 122 bet.

Jamiyatimizdagi ayrim yoshlarning hayoti, tarbiyasi oilada, ota-ona bag’rida emas, balki Mehribonlik uylarida kechayapti.

O’tmishda ota-onasiz qolgan yetimlarni o’ziga to’q ta’minlangan yoki “tirnoqqa zor”oilalar,boy-badavlat xonadonlar “savob ”uchun olib asraganlar,oyoqqa turg’izganlar.17. ( 78 .4)

Yana ham achinarlisi shundaki ,ayrim bolalarning ota-onalari tirik bo’la turib,Mehribonlik uylarida tarbiyalanmoqdalar.

Ana shunday qismat norasida go’dakni “Mehribonlik uyi” ga yetaklab keladi. Mehribonlik uylari sobiq sho’rolar davrida yetim xonalar nomi bilan paydo bo’lgan. Bu davrda minglab oilalarning xonavayron bo’lishi oqibatida yetim va qarovchisiz qolgan bolalarni boqish va ularni jamiyatga sodiq farzand etib tayyorlash maqsadida tashkil etilgan edi.

Eng avvalo tarbiyalanuvchilarga milliy g’urur haqida tushuncha berib boriladi.

Milliy g’ururni shakllantirib, vatanga muhabbatni his eta boshlaydi. Milliy g’ururni shakllantirish bu vatanga muhabbatni shakllantirish demakdir.

Buning uchun eng avvalo tarbiyalanuvchilarda bu haqida fikr va tuyg’u paydo qila olish kerak. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga g’amxo’rlik bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.Shunday ekan yurtboshimizning say harakatlarida ham ko’rish mumkin.

Bugungi kunda esa mehribon, xalqsevar, yurtboshimiz I.A.Karimov ularni o’z bag’riga olishi natijasida “Mehribonlik uylari ” nomi bilan yuritilmoqda.

Mehribonlik uylariga kelib qolish holatlarni Surxondaryo viloyati Тermiz shahridagi 12- sonli Mehribonlik uyi misolida kuzatdik. Buning natijasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.

_______________________

17. Tohir Usmon “Mehribonlik uyimiz” T: “Cho’lpon nashriyoti”1998.126 bet.

2-jadval


Ota-onasi norkologik hisobda

Ota-onasi bor ajralgan

Ota-onas iz yetimlar soni

Ota-onasi ruhiy kasal

Onasi bor

Yolg’iz onalar

Otasi bor

Ota-onalik huquqidan mahrum

Ota-onasi qamoqda

Ota-onasi tashlab ketgan bolalar


Oilasi kam daromadli bola soni



Ota-onasi nogiron


Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra aniq ma’lumotlarning guvohi bo’ldik. Ya’ni Surxondaryo viloyati Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyida bugungi kunda tarbiyalanuvchilarning Mehribonlik uyiga kelib qolish sabablari aniqlandi. Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyida 85 nafar tarbiyalanuvchi tarbiyalanmoqda.Ular turli yoshlarni tashkil etadi. Shulardan 61 nafari o’g’il bolalar, 24 nafari esa qiz bolalarni tashkil etadi.

Bu yerda tarbiyalanuvchilar 1-9 sinflarda ta’lim-tarbiya olishadi. Ularning har birining og’ir kechinmasiga nazar soladigan bo’lsak nimadir sabab tufayli Mehribonlik uyidan panoh topishgan. Ya’ni bolalarning Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga aylanib qolishining sabablarini tadqiqotimiz davomida aniqladik.

Shuning uchun Surxondaryo viloyati Тermiz shahridagi 12- Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarining Mehribonlik uyiga kelib qolish sabablarini aniqladik. Ushbu ma’lumotlarni quyidagi jadval asosida keltirdik.

3-jadval



Mehribonlik uyi

Holatlar ko’rsatkichlari






Jami bola soni

Ota-onasi norkologik hisobda

Ota-onasi bor ajralgan

Ota-onas iz yetimlar soni

Ota-onasi ruhiy kasal

Onasi bor

Yolg’iz onalar

Otasi bor

Ota-onalik huquqidan mahrum

Ota-onasi qamoqda

Ota-onasi tashlab ketgan bolalar


Oilasi kam daromadli bola soni



Ota-onasi nogiron


Surxondaryo viloyati Тermiz shahridagi 12-sonli

Mehribonlik uyida



85


2


4


8


9


8


20


6


12


1


8


6


1

Bugungi kunda Тermiz shahridagi 12- sonli Mehribonlik uyida 85 nafar o’g’il va qiz bolalar voyaga yetmoqda. Shundan 26 nafari boshlang’ich ta’lim tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.Bizga ma’lumki, ularga davlatimiz g’amxo’rlik qiladi va barcha sharoitlarni ta’minlashda bosh-qosh bo’ladi. Ammo juda ko’p jihatdan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining o’z uyidagi sharoit cheklangan. Shuning uchun ham ular tasavvurida ayrim fikrlar salbiy tomonga o’zgarishi mumkin. Shunday bo’lsada ular taqdiriga yozilgan og’ir qismatni ruhiyatidan chiqara olish zarur. Bu og’ir qismatlarni tarbiyalanuvchilar xotirasidan chiqarish murakkab jarayon, shuning uchun ham tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirish va tarbiyalash muhim masalalardan biri sanaladi. Тarbiyalanuvchilar turli qobiliyat egasi, turli to’garaklarga qatnashadi. Hatto ba’zi tarbiyalanuvchilarda kuchli sahna qobiliyati mavjud. Ayrim tarbiyalanuvchilarda esa hunarmandchililikka nisbatan qiziqishlari bor. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki tarbiyalanuvchilarning har birida qandaydir qobiliyat mavjud. Hatto ayrim tarbiyalanuvchilar to’rt-beshta qobiliyatga ega. Ammo ishning bir tomonida muammoga duch keldik. Ya’ni Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirish va tarbiyalash. Ana shu borada Mehribonlik uyida faoliyat ko’rsatayotgan tarbiyachilarning faoliyati pastligi ya’ni ularda pedagogik mahoratning yetishmasligiga guvoh bo’ldik. Shuning uchun ham Mehribonlik uyilarida tarbiyachi xodimlar ham kuchli pedagogik mahoratga ega bo’lishi kerakligi aniqlandi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda vatanparvarlik g’oyalari,milliy urf-odatlarimizga hurmatda bo’lish, o’zbekning milliyligini yaxshi anglab yetishi uchun kuchli pedagogik mahoratdan foydalana olish lozimdir. Ularning natijasida Mehribonlik uyilarida milliy g’urur tarbiyasi shakllanadi va takomillashtiriladi. Mehribonlik uylarida milliy g’urur tarbiyasini shakllantirish va takomillashtirishni bir-necha mezonlar asosida olib bordik.Masalan, ular quyidagilar:

4- jadval


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə