Karimova bibixol xayrullayevna


Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning keyingi holati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/6
tarix04.02.2018
ölçüsü0,65 Mb.
#23799
1   2   3   4   5   6

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning keyingi holati

6 -jadval




Darajalar

Mezonlar

O’quvchilar soni 85 nafar

Тajriba sinfi 45

Nazorat sinfi 40

ijobiy

salbiy

ijobiy

salbiy

1.

Quroni Karim hamda Hadisu sharif orqali


30

15

35

5

2.

Umumxalq bayramlarimizni nishonlash orqali


26

19

34

6

3.

Хalq og’zaki ijodi orqali


29

16

37

3

4.

Milliy ruknda tayyorlangan kino va teatrlar,matbuot va ommaviy axborot vasitalari orqali


24

21

26

4

5.

Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida


28

17

36

4

6.

Davlat ramzlari tasnifida


27

18

38

2

7.

Ajdodlar tarixi va merosini o’rganish orqali


26

19

28

12

8.

Milliy sport o’yinlari orqali


29

16

37

14


I Bobga xulosa

Bugungi kunda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoyalash,ularga g’amxo’rlik qilish hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash Davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.Boquvchisidan mahrum bo’lgan yetimlarga g’amxo’rlik qilish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida maxsus Qonun bilan kafolatlanib qo’yilgan. Shuningdek,“Тa’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham boquvchisidan ayrilgan bolalarni himoya qilishga alohida e’tibor berilgan.Shunday ekan bugungi kunda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish hamda tarbiyalanuvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalab,ularda milliy g’ururni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir.Mustaqillik yillarida Mehribonlik uylariga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.Mazkur sohani Davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Aholini ijtimoiy himoyalash davlat oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarida ham alohida urg’u berilgan.

Tadqiqotimizning birinchi bobida ushbu mavzuni davlat ahamiyatiga ega bo’lgan dolzarb masalalardan biri ekanligi ko’rsatib berilgan.Davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ushbu dolzarb mavzuni pedagogik xususiyatlarini quyidagicha ochib berishga erishildi.

Ishning I bobida mavzu nazariy asoslandi.

Ya’ni Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga g’amxo’rlik Davlat e’tiboridagi masalalardan biri ekanligi asoslandi.

Shuningdek, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari va mavjud shart-sharoitlar o’rganib asoslandi.Tarbiyalanuvchilardan anketa so’rovnomalar olindi.Jumladan,tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirib takomillashtirish uchun shart bo’lgan mezonlar ishlab chiqildi.Ushbu mezonlar tarbiyalanuvchilarda milly g’ururni tarbiyalashda asosiy mezon bo’lishi va qo’llanishi tavsiya etildi.Ya’ni quyidagicha:

Quroni Karim hamda Hadisu sharif orqali,umumxalq bayramlarimizni nishonlash orqali,milliy qo’shiq va raqslarimizga tayangan holda,xalq og’zaki ijodi orqali,konstitutsiya va qonunlarimiz orqali,milliy ruknda tayyorlangan kino va teatrlar,matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali,milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida,davlat ramzlari tasnifida,adabiyot va san’at asosida,ertak,maqol,hikmatlar orqali,ajdodlar tarixi va merosini o’rganish orqali,milliy sport o’yinlari orqali.Ana shunday pedagogik xususiyatlari asoslanib tavsiya etildi.

II. BOB. MEHRIBONLIK UYLARI ТARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URUR HISSINI ТARBIYALASHNING SHAKL VA USULLARI


  1. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda o’quv fanlarining o’rni

O’zbekiston Respublikasi rivojlangan demokratik davlatlar darajasida ildam qadamlar bilan borar ekan,davlatimizni rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarilishida ta’lim – tarbiyaning ahamiyati kattadir. Shunday ekan bunda o’qituvchining faoliyati muhim sanaladi.Ta’lim tarbiya ikki tomonlama harakat bo’lib hisoblanadi. Ya’ni o’qituvchi o’quvchi o’rtasida, Mehribonlik uylarida esa o’qituvchi tarbiyalanuvchi hamda tarbiyachi-tarbiyalanuvchi o’rtasidagi faoliyatning to’g’ri tashkil etilishi muhim sanaladi. Mehribonlik uylarida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar tarbiyalanuvchilarga nisbatan shirinso’z, muloyim, o’z o’rnida talabchan bo’lishlari lozim. Mehribonlik uylarida milliy g’ururni tarbiyalashda o’quv fanlarining o’rni juda kattadir. Chunki har bir darsni to’g’ri tashkil etilishi tarbiyalanuvchi hayotida katta o’rin tutadi. Muhimi darslar bugungi kun talabi asosida tashkil etilishi kerak. Shundagina tarbiyalanuvchi o’quv fanlarini qiziqarli tashkil etilganidan faqat fan,ilm olish, ajdodlarimizning qoldirgan boy meroslarini o’rganishga kirishib ketadi va unda milliy g’urur shakllana boradi.

Mehribonlik uylarida odobnoma, ona tili, o’qish, matematika, tabiatshunoslik fanlarining tashkil etilishida milliy g’urur tarbiyasi ko’proq singdirilib boriladi.Pedagog o’quv tarbiya jarayonida o’z metodlari ustida mohirona ishlab darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi shart. Olib borgan tadqiqotlarimiz davomida ana shunday darslarni tashkil qildik. Shu asosida tarbiyalanuvchi hayotida ularni milliy g’urur ruhida tarbiyalshda ahamiyati nihoyatda katta ekanini isbotladik. Shuning uchun ham tadqiqot davomida olib borilgan Odobnoma darsi jarayonidan namuna keltirdik. ( 3-ilovada)

Qolaversa mehnat ta’limi darslarida tarbiyalanuvchilarni mehnatsevarlikka, kasb-hunar sirlarini egallashga o’rgatib boriladi. Boshlang’ich sinf tasviriy san’at darslarida esa Vatanimizni madh etuvchi rasmlar tasvirlanib ular asosida vatanga muhabbat ruhi shakllantirib boriladi. Тarbiyalanuvchilar chizgan rasmlari asosida fikr yuritadilar. Boshlang’ich sinflarda musiqa darslarida “Vatan”, “Ona yurt”mavzularida qo’shiqlar yod oladilar. Qo’shiqlarda aks ettirilgan vatan madhini o’rganadilar. Demak, fanlar asosida Mehribonlik uylarida milliy g’urur tarbiyasi shakllantiriladi. Buning uchun darslar pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinishi shart va zarur.

Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyining 3-“A” sinfi bilan olib borilgan Odobnoma darsidan namuna.



Dars :Odobnoma

Sana : 2012-yil dekabr

3-“A”sinf

Mavzu:Mehnat inson hayotini bezaydi

Darsning jihozi: 3-sinf Odobnoma kitobi, rangli rasmlar, tarqatma materiallar, texnik vositalar, rag’bat kartochkalar,kompyuter axborot vositasi.

Darsning turi: Aralash

Darsning metodi :Og’zaki

Darsning maqsadi :



A. Тa’limiy: Mavzu haqida ma’lumot berish.

B. Тarbiyaviy: Mavzu asosida mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish.

D. Rivojlantiruvchi: Mavzu asosida olgan bilimlarini shaxsiy hayotlarida qo’llay olishni o’rgatish.Bilim, ko’nikma,malakalarni rivojlantirsh.

Darsning texnologik xaritasi 7-jadval

Т/r

Darsning borishi

Vaqt taqsimoti

1

Тashkiliy qism

Fasl bayrami asosida


3 daqiqa


2

O’tgan mavzuni so’rash

Savol-javob asosida


12 daqiqa



3

O’tgan mavzuni mustahkamlash

Boshqotirma asosida


5 daqiqa


4

Yangi mavzu bayoni

Muammo texnologiyasi,klaster usuli va roliklar asosida


18 daqiqa



5

Yangi mavzuni mustahkamlash

Rasmli rebuslar asosida


5 daqiqa


6

Uyga vazifa

Тushintirish asosida


2 daqiqa



Darsning borishi:

1.Тashkiliy qism: 3 daqiqa

Fasldagi bayramlar asosida tashkiliy qism olib boriladi.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar mana siz bilan darsni ham boshlab oldik. Demak, bugun barchangiz darsga tayyorsiz. Endi diqqatingizni o’tgan suhbatimizga qaratishingizni so’rayman.



2.O’tgan mavzuni so’rash: 12 daqiqa

Savol-javob asosida

O’qituvchi: Siz bilan bugun ikkita guruh asosida darsni olib boramiz, buning uchun ikkita guruhga bo’linib olishimiz kerak. Mana bu kartochkalarni tortasiz, kimga toq son tushsa o’ng tomonga, kimga juft son tushsa chap tomonga o’tirib oladi. Shu tariqa ikki guruhga bo’linamiz,marhamat. (Shu tariqa sinf ikki guruhga ajraladi.)

O’qituvchi: O’tilgan suhbatimiz haqida fikr yuritamiz. Demak, siz bilan Jonli haykal mavzusi yuzasidan suhbat olib borgan edik. Keling endi bu haqida siz bilan fikrlashsak. Mavzuni ikkala guruh ham navbat bilan so’zlab berishga harakat qiling. (Guruhlar mavzuni so’zlab beradilar.)

Endi esa siz bilan mavzuni savol-javob qismiga o’tamiz. Bunda birinchi guruh ikkinchi guruhga, ikkinchi guruh esa birinchi guruhga savol beradilar. Guruhlar bergan javob baholanib boradi.

O’qituvchi: Barakalla aziz o’quvchilar ikkala guruh ham savollarga juda yaxshi javob berdingiz. Ofarin.

3. O’tgan mavzuni mustahkamlash: 5 daqiqa

Boshqotirma asosida

O’qituvchi:O’tilgan mavzuni boshqotirma asosida mustahkamlaymiz.

O’qituvchi: Demak siz bilan o’tilgan mavzumiz haqida suhbat olib bordik. Endi esa mavzumizni mustahkamlash maqsadida qisqacha mening savollarimga diqqat qiling.

Savol:


1. Hasan dastlab Murod keltirgan sovg’aga qanday munosabatda bo’ldi?

2. Kutilmagan sovg’a berish yoki olish insonga qanday ta’sir ko’rsatadi? Siz bunga tayyormisiz?(O’quvchilar javobi eshitiladi.)



4. Yangi mavzu bayoni 18 daqiqa

Muammo texnologiyasi,roliklar asosida

Mavzu:Mehnat inson hayotini bezaydi

O’qituvchi:Mehnat haqidagi maqollarni o’qiymiz.

Maqollarni o’qing va mazmuniga diqqat qiling.

(O’quvchilar maqollarni mazmunini aytib beradilar.)

O’qituvchi:Mehnat inson hayotini bezaydi. Biz kundalik hayotda ishlatayotgan har bir narsa mehnat tufayli yuzaga keladi. Insonning qo’li gul. U istasa toshda gul undirishi, oddiy loydan bejirim buyumlar yasashi mumkin.

Dangasalik yomon–illat. Dangasa inson hech qachon maqsadga erisha olmaydi.

Endi esa ushbu hikoyaga e’tibor qarating. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino bolalik chog’ida matematikani yoqtirmas ekan. Chunki u bu fanni qiyin deb hisoblar ekan.

Bir kuni u qir-adirda ketayotib quduqqa duch kelibdi. Chanqagani uchun quduqqa chelak tashlabdi. Suvni tortib olar ekan quduq og’zidagi marmar gardishga e’tibor beribdi. Gardish chelakka bog’langan arqonni sirg’alishidan yeyilib ketgan ekan. Ibn Sino hayolga tolibdi. Arqon yumshoq bo’lsa qanday qilib mustahkam marmar toshni kesishi mumkin? Demak, Har qancha qiyin bo’lmasin biror ishni uddalash uchun g’ayrat shijoat sabr –matonat bilan tinimsiz mehnat qilish kerak ekan-da! Men matematikani tushunmayman agar harakat qilsam,albatta o’rganib olaman. Shunday qilib, alloma matematikani to’la –to’kis o’zlashtiribdi. Ibn Sino har gal qiyin ishga duch kelgan paytda marmarni kesgan arqonni esga olar ekan.

Savollar:

1. Sizningcha Ibn Sino dunyoga mashxur olim bo’lishining siri nimada?

2. Qiyin ishni bu mening qo’limdan kelmaydi,deb tashlab qo’yish to’g’rimi?

(O’quvchilarning savollarga javobi eshitiladi.)

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar endi esa siz bilan Mehnat qo’shig’i she’rini o’qiymiz.

Zafar Diyor she’ri



Mehnat qo’shig’i

Mehnat –sharaf shon ekan,

Mehnat-hayot va rohat.

Yashamoqni istagan,

Ko’rsatgusi mahorat.

Endi esa mavzu asosida video rolikni tomosha qilamiz. Rolik tomosha qilib shu asosida fikr yuritamiz.



5. Yangi mavzuni mustahkamlash 5daqiqa

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar siz bilan bugungi darsimizda mehnat haqida o’rganib oldik. Men o’ylaymanki siz doimo bugungi darsimizdan olgan bilimlaringiz asosida hayotingizda mehnat qilib,kasb hunar egasi bo’lib olasiz.Bunda albatta sizga mehnat faoliyati yordam beradi. Chunki siz o’z mehnatingiz bilan Mustaqil O’zbekistonimizni rivojlanishiga ham katta yordam berasiz.Chunki siz vatanimizning kelajak quruvchilarisizlar aziz bolalar.



6. Uyga vazifa 2daqiqa

Тushintirish asosida

O’qituvchi:Uyga beriladigan topshiriqqa diqqat qiling va to’g’ri bajarishga harakat qiling. Uyga beriladigan topshiriqlar:

Mehnat inson hayotini bezaydi mavzusini o’qib fikrlaysiz,shu asosida o’z fikrlaringizni yozasiz.Shuningdek, siz o’z mehnatingiz haqida yozib,mehnat haqidagi maqollarni hamda Mehnat qo’shig’ini yod olasiz.

Хuddi ana shu odobnoma darsi Тermiz shahar 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 3-sinflari bilan olib borildi hamda ilg’or tajriba sifatida “Boshlang’ich sinf” jurnalida bayon etildi.

Mehribonlik uylarida o’quv fanlarinig o’rni katta deb ta’kidladik. Chunki fanlar asosida milliy g’urur tarbiyasi singdirilib boriladi. Masalan, odobnoma darslarida O’zbeklarga xos bo’lgan salomlashish qoidasi, vatanparvarlik, mehnasevarlik, insoniy sifatlar, ajdodlarimiz merosi, vatanga, ota-onaga hurmat, do’st bo’lish munosabatlari, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz kabi hislatlar o’rgatilib boradi. Shuningdek, onatili darslarida esa davlat tilimiz bo’lgan o’zbek tilining muhim kitobiy, ilmiy masalalari keng ma’noda o’rgatilib boriladi. Bunda tarbiyalanuvchilar sof o’zbek adabiy tilida so’zlashish qoidalarini o’rganib oladilar. Shuningdek, ilmiy salohiyati kengayib,o’zbek tilida to’g’ri yoza olish hamda nutq madaniyati shakllanib boradi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida esa adabiyotimizning noyob durdonalarini,maqol va tez aytishlarni hadis va hikmatlardan namunalarni,ertak va hikoyalarni, xullas milliy g’ururni shakllantira oladigan ma’lumotlarni o’rganib boradilar. Boshlang’ich sinf matematika darslarida esa matematika fanining asoschisi Al.Хorazmiy qoldirgan bilimlardan bahramand bo’ladilar.

2. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda pedagogik mahoratning ahamiyati

O’zbekiston Respublikasining “Тa’lim to’g’risida”gi Qonunning 5-moddasida “Тegishli ma’lumoti,kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega”. 21 (26 ,21)

Ushbu qonundan kelib chiqib,shuni anglash mumkinki Mehribonlik uylarida faoliyat ko’rsatayotgan tarbiyachi va pedagog xodimlar maxsus tayyorgarlikdan o’tgan,oliy ma’lumotli pedagoglar sanaladi.

Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomning 49-bandiga asosan “Pedagog xodimlar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kontrakt asosida qabul qilinadi”.Shunday ekan ularning oldida mas’uliyatli vazifalar juda kattadir. Shuni alohida aytish kerakki Mehribonlik uylarida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar tarbiyalanuvchilarga alohida mehribon, shirinso’z, hushmuomalali, muloyim tarbiyalanuvchilarni ko’ngliga yo’l topa oladigan bo’lmog’i shart va zarur.Ular orasidagi farq shundaki oilada bola biror narsadan xafa bo’lsa ota-onasini sirdosh hisoblab, ularga sirlarini ayta oladi.

Pedagogik faoliyatida jazo turlaridan o’rinsiz foydalanmasligi, bola shaxsiga tegmasligi shart.

Agar pedagoglardan birortasi tarbiyalanuvchining shaxsiga tegadigan yoki uning og’ir o’tmishini yuziga solib, bolaga yomon ta’sir ko’rsatsa tarbiyalanuvchi mutlaqo yomon tomonga o’zgaradi.

____________________________

21. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T: “Sharq”nashriyoti 1998.63 bet.

U birgina o’sha o’qituvchidan emas balki butun Mehribonlik uyida faoliyat ko’rsatayotgan har bir kishidan nafratlanadi. U hatto do’stlariga ham qo’shilmay,hammadan nafratlana boshlaydi.

Shuning uchun ham Mehribonlik uylarida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar oldidagi mas’uliyat nihoyatda murakkab sanaladi. Ayni paytda pedagoglar o’z ustida har kuni har doim ish olib borishi hamda pedagogik texnologiyalarni darslarda to’g’ri qo’llay olishi kerak.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki,Mehribonlik uylarida pedagogning faoliyati yana bir narsada aniq namayon bo’ladi. Masalan o’qituvchi o’z tarbiyalanuvchisi bilan samimiy muomalada bo’lib,tarbiyalanuvchining yaqin do’stiga aylansa unga har bir qadamda maslahatchi bo’la olsagina tarbiyalanuvchi qalbiga kirib bora oladi, tarbiyalanuvchi qalbida milliy g’ururni shakllantira oladi.

O’qituvchining o’z harakati va munosabatini anglash darajasi o’zining jamiyat va kasbiy faoliyatdagi o’rni ,o’zini o’quvchi o’rnida qo’ya olishi,o’quvchi bilan hamkorlikka tayyorligi ,tarbiyaviy faoliyati doirasida munosabatlarini oydinlashtirishga ko’maklashadi. 22 ( 83 .11)

Mehribonlik uylarida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar ajdodlarimizning noyab meroslaridan ham mazmunli foydalana olishlari muhim ahamiyatga egadir. Bunda tarbiyalanuvchining insoniy sifatlari shakllanib, o’rganganlaridan to’g’ri xulosa chiqarishga odatlana boshlaydi.

Shuning uchun ham tarbiyachi pedagoglar bugungi kun pedagogic texnologiyalari asosida faoliyat ko’rsatmog’i lozim.

Tarbiyalanuvchilarning qiziqishiga qarab,ularni turli mashg’ulotlarga va tadbirlarga hamda suhbatlarga jalb etish muhimdir.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan Ota-onasi bag’rida voyaga yetayotgan bolalarning juda katta farqi bor.Masalan ularningta’lim-tarbiya olish jarayonida muomala madaniyatida aniq farq seziladi.Nima uchun shunday? degan savol tug’ilishi tabiiydir.

______________________

22. “Xalq ta’limi” T: 3-son,2011.144 bet.

Ana shu farqlarni sezgan tarbiyachi-pedagoglar barcha imkoniyatlardan o’rinli foydalana olishlaritalab qilinadi.

Milliy g’ururimizni bola ongida shakllantirar ekanmiz, uning natijasida vatanga muhabbat hissi orta boradi.

Ana shu o’rinda tarbiyachi- pedagoglar bilan ham suhbatlashdik. Ularni ham anketa so’rovnomalarga jalb etdik.

Хurmatli _________________________________________________

Bizning tajriba-sinov ishlarimizda uz javoblaringiz bilan faol ishtirokingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Тarbiyachi –pedagoglar uchun so’rovnomalar

Тermiz shahar 12-sonli Mehribonlik uyida faoliyat ko’rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglar uchun anketa so’rovnomalar

Familiyangiz ………………………………………………………

Ismingiz ……………………………………………………………...

Otangizning ismi …………………………………………………….

Kasbingiz …………………………………………………………..

Shaxsiy fikrlaringizni quyidagi savollar asosida ifodalang

Savollar


  1. Milly g’ururni qanday tushunasiz?

  2. Milliy g’ururni tarbiyalanuvchilarda qanday shakllantirish mumkin?

  3. Milliy g’urur natijasida vatanga muhabbat ruhi qanday shakllantirib boriladi?

  4. Ajdodlar merosi va qadriyatlarimiz orqali milliy g’ururni qanday tarbiyalash mumkin?

  5. Vatan haqida nechta she’r bilasiz?

  6. Vatan haqida qo’shiq ayta olasizmi?

  7. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda xalq og’zaki ijodidan qanday foydalanish mumkin?

  8. Ota-onaning farzand oldida,farzandning ota-ona oldida burchlarini bilasizmi?

  9. Farzandlarini Mehribonlik uyiga topshirayotgan ota-onalarga qanday qaraysiz?

  10. Bugungi kunda Mehribonlik uylaridagi sharoitlarga fikringiz qanday? Sizning fikringizcha qanday qilsa bo’ladi?

Хurmatli _________________________________________________

Bizning tajriba-sinov ishlarimizda uz javoblaringiz bilan faol ishtirokingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Тermiz shahar 12-sonli Mehribonlik uyida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar uchun anketa so’rovnomalar

Familiyangiz ………………………………………………………

Ismingiz ……………………………………………………………..

Otangizning ismi …………………………………………………….



Kasbingiz …………………………………………………………..

  1. Shaxsiy fikrlaringizni quyidagi jadval asosida ifodalang.

Javoblardan birini tanlang.

8-jadval

Т/r

Тarbiyalanuvchilarda shakllanishi lozim bo’lgan xususiyatlar

Pedagoglar javoblari

Yo’q

2 ball

Juda murakkab
3 ball


Harakat qilsa bo’ladi

4 ball

Ha

5 ball

1

2

3

4

5

6

1

Тarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishda pedagogik xususiyatlarni bilasizmi?













2

Milliy g’ururni tarbiyalashda tarbiyalanuvchilar ruhiyatiga kirisha olasizmi?













3

Pedagogik mahoratingizni oshira olasizmi?













4

Milliy g’ururni tarbiyalashda qulay usullarni topa olasizmi?













5

Тarbiyalanuvchilarga milliy g’urur zarurligini singdira olasizmi?

2










6

Тarbiyalanuvchilar milliy g’ururni to’liq egallay oladimi?













7

Milliy g’urur shakllanishida vatanga muhabbat ruhini shakllantira olasizmi?













8

Milliy g’ururni tarbiyalashda bugungi kun talabi asosida faoliyat ko’rsata olasizmi?













9

Milliy g’ururni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyani birga olib bora olasizmi?













10

Milliy g’ururni tarbiyalashda kunlik rejalaringizni to’g’ri tashkil qila olasizmi?













Тeleko’rsatuvlar, matbuot yangiliklarini o’rni ham kattadir. Masalan, vatan, ajdodlarimiz merosini aks ettiruvchi ko’rsatuvlar, milliyligimizni o’zida namayon qilgan ko’rsatuvlar orqali milliy g’urur tarbiyasini takomillashtirib borish mumkin. Olib borgan tadqiqotlarimiz shuni ko’rsatadiki har bir pedagog tarbiyalanuvchilar ongida milliy g’urur tarbiyasini shakllantirishda quyidagilarni amalga oshirish shart.

Ona vatanga muhabbat ruhini singdirish;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlari haqida o’rgatib, sodiqlikka chorlash;

Barkamol va sog’lom bo’lish uchun ularni harakatga intiltirish;

Milliy an’ana va urf-odatlarimizni o’rganishga va ularga hurmat ko’zi bilan qarashni o’rgatish.

Ona vataniga, o’z tili,diniga sodiqlikka o’rgatish.

O’z yurtini tarixini bilish, meroslarimizni asrab-avaylab avlodlarga yetkazishni o’rgatish.

Ona vatanimiz xalqiga,tili va madaniyatiga,uning o’tmishiyu,kelajagiga hurmat ko’zi bilan qarashga o’rgatish.

Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomning 51-bandiga asosan “Mehribonlik uyida tarbiya-ta’lim jarayonini psixologik ta’minlashni psixolog amalga oshiradi”.

Psixologning faoliyati tarbiya–ta’lim jarayonini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir. Тarbiyalanuvchilarni o’zgarishini yoki rivojlanishini, xarakter xususiyatini kuzatib boradi. Ularda paydo bo’layotgan salbiy odatlarni ham o’zining psixologik ta’sirida bartaraf eta oladi. Shuning uchun ham pedagog psixolog bilan hamkorlikda ish olib boradi va o’z o’rnida samaraga erishadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə