Karimova bibixol xayrullayevna


Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’urur hissini tarbiyalashda tarbiyaviy tadbirlarning o’rni



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/6
tarix04.02.2018
ölçüsü0,65 Mb.
#23799
1   2   3   4   5   6

3.Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’urur hissini tarbiyalashda tarbiyaviy tadbirlarning o’rni

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash modelini quyidagi jadvalda tasvirlaymiz.



9-jadval
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash modeli


Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida



Darslar jarayonida

Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomning beshinchi qismi 40-bandiga asosan “Тarbiyalanuvchilarning individual, ta’lim- rivojlantiruvchi ehtiyojlarini qondirish ularning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish,shuningdek keyinchalik kasbga yo’naltirish uchun ularning qiziqishlari va moyilliklarini aniqlash,bo’sh vaqtlarini va dam olishini tashkil qilish maqsadida Mehribonlik uyida muasssasaning mablag’lari,ham boshqa mablag’lar hisobiga turli klublar, seksiyalar, to’garaklar, studiyalar tashkil etiladi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy,texnik,sport va boshqa yo’nalishlardagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ishlarida qatnashishlari mumkin”.

Ushbu nizomda ko’rsatilganidek Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ishlar to’g’ri tashkil etilishi yaxshi natija beradi. Jumladan tarbiyaviy tadbirlarni samarali tashkil etilishi tarbiyalanuvchida milliy g’ururni takomillashtirilishida yordab bera oladi.

Тarbiyalanuvchilar mustaqil ravishda madaniy-ommaviy, sport va mehnat faoliyatlarida va tadbirlarda muhim sanaladi.Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomning beshinchi qismi 41-bandiga asosan “Тarbiyalanuvchilarning madaniy-ommaviy, sport va mehnat faoliyatining turli shakllarida qatnashishi tashabbuskorlik, mustaqillilik va vijdoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi”.

Mehribonlik uylarida tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda tarbiyalanuvchilar o’rtasida va atrofga nisbatan do’stona muhit yaratilishi shart va zarur. Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomning beshinchi qismi 42-bandiga asosan “ Bolaga nisbatan do’stona munosabatlar muhitini yaratish va yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Mehribonlik uyida bolalar birlashmalari tashkil qilinishi mumkin”.

Mehribonlik uylarida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning har tomonlama dunyoqarashlarini e’tiborga olish zarur. Masalan, aqliy, axloqiy, siyosiy,iqtisodiy, huquqiy,ekologik,diniy, estetik, badiiy jihatlarini e’tiborga olib tuziladi. Ana shu tomonlarni e’tiborga olgan holda olib borilgan tarbiyaviy tadbirlar natijasida tarbiyalanuvchilar quyidagilarni bilib oladilar. Masalan, vatanimiz tarixini, sanoatini, milliy qadriyatlarini, ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan boy merosimizni, o’zlikni anglashni, o’zini va o’zgalarni hurmat qilishni, Ona vatanimizga hurmat ko’zi bilan qaray olishni keng ma’noda o’rgana boshlaydi. Milliy g’ururni shakllantirishda- axloqiy sifatlar, halollik, insonparvarlik, vatanparvarlik, kamtarlik, faollik, to’g’riso’zlik, mas’uliyatlilik, saxiylik, poklik, mehnasevarlik, mehrlilik, jasurlik, mardlik kabi hislatlarni shakllantirilishi muhim ahamiyatga ega.Olib borilgan tadqiqotlarimiz shuni ko’rsatadiki milliy g’ururni tarbiyalashda tarbiyaviy ishlar va tadbirlar muhim omil hisoblanadi. Masalan, tarbiyaviy ishlar: Buyuk sarkardalarimiz hayotiga bag’ishlangan kechalarni tashkil qilish.

Milliy qadriyatlarni namayon etuvchi kechalarni tashkil etilishi:masalan Navro’z bayrami, Ro’za hayiti, Qurbon hayiti, Mustaqillik kuni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Davlatimiz ramzlari qabul qilingan kunni nishonlash milliy g’ururlarimizdan dalolat beradi.Milliy g’ururni shakllantirishda sport g’oliblarini namuna qilib ko’rsatish va ular bilan suhbatlar uyushtirish orqali hamda sport musobaqalarini tashkil etish asosida ham singdiriladi.

Masalan, guruh yer uchastkalariga nihollar ekib, ularni parvarish qilish yo’li orqali obodonlashtirish hamda mehnatga qiziqishlarini oshirib borish kerak. Ana shu maqsadda guruhlar o’rtasida “Obod uyimiz” deb nomlangan musobaqani o’tkazish mumkin. Bu musobaqa Mehribonlik uyi hovlisida tashkil qilinadi. Bunda har bir tarbiyalanuvchining faolligini ta’minlashda tarbiyachi va inagalarning harakati muhim ahamiyatga egadir.Тadbirni boshlashdan oldin tadbir shartlari tushuntiriladi.

Aziz bolajonlar uyimizning obodligi, ko’rkamligi vatanimizning obodligidir. Bugun siz bilan “Obod uyimiz” musobaqasini o’tkazamiz. Bunda sizning chaqqonligingizni, mehnat qobiliyatingizni, tabiatga munosabatingizni hamda diqqat e’tiboringizni bilib olamiz. Musobaqada ikkita guruh bellashadilar. Musobaqa shartlari quyidagicha:

1. Хona gullarini ekish jarayonini ko’rsatib berish.

2. Mehribonlik uyi hovlisida belgilangan joyda yerga ishlov berish sirlarini ko’rsatib berish.

3. Mehribonlik uyi hovlisida nihollarni ekish jarayonini ko’rsatish.

4. Mehribonlik uyi hovlisida urug’lardan o’sadigan o’simliklarni belgilangan yerda urugini ekish jarayonini ko’rsatib berish.

Demak, sizga shartlarimiz tushunarli bo’lgan bo’lsa bellashumizni boshlaymiz. Har bir shart bo’yicha sharoitlar mavjud bunda tarbiyalanuvchilar faoliyati baholanadi. Тarbiyalanuvchilar faoliyatini biologiya o’qituvchisi hamda Mehribonlik uyi bog’boni baholab boradi.Musobaqada har bir shart tartib bilan e’lon qilinadi va bajariladi.Тarbiyalanuvchilar bir-biridan tez va chaqqon harakat qilishadilar. Belgilangan shartlar bo’yicha o’quvchilar faoliyati quyidagicha baholanadi. 10-jadval

Shartlar bo’yicha umumiy baholar




Т/r

Guruhlar

1-shart

2-shart

3-shart

4-shart


Umumi

1

1-guruh

6

7

5

7

25

2

2-guruh

7

8

8

6

29

Demak, bugungi musobaqada 2-guruh tarbiyalanuvchilari yuqori ball oldilar. Ammo 1-guruh ham juda yaxshi qatnashdilar. Aziz bolajonlar musobaqa boshlanishidan oldin mehribonlik uyimizning hovlisi qanday edi. Endi esa foydali mehnatimizdan keyin qanday holatga keldi. Siz bugungi bellashuv asosida juda ko’p narsani egalladingiz. Shuningdek, o’z yashab turgan uyingizni obod qilib, vatanimizning obodonlashtirishga o’zingizni katta hissangizni qo’shdingiz.

Shuni aytmoqchimizki, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’urur hissini paydo qilishda tarbiyaviy tadbirlarni to’g’ri tashkil etilishi asosiy omil hisoblanadi.

- Тarixiy manbalarga boy bo’lgan qadamjolarga sayohatlar uyushtirish orqali tariximizni o’rganadilar. Shuningdek kasb –hunarga oid tadbirlar asosida o’z kasbini to’g’ri tanlay olish va vatanga xizmat qila olish hissi shakllantiriladi. Shuning uchun ham pedagoglar va tarbiyachilar tomonidan tarbiyaviy tadbirlarni to’g’ri tashkil etilishi milliy g’urur hissini amalga oshirishda muhim vosita hamdir. Bunda quyidagi shaxs va tashkilotlarning faoliyati ahamiyatlidir.

- Mehribonlik uyi rahbariyati.

- O’qituvchi pedagoglar.

- Davlat va nodavlat tashkilotlar.

- Otaliq tashkilortlar.

- Muassasa va korxonalar.

- Ekskursiya bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar.

- Matbuot organlari.

- Ommaviy axborot vositalari.

- Barcha ilmiy muassasalar.

Ushbu keltirilgan nomlarning roli nimada. Biz bilamizki rag’bat ishlashga da’vat. Shunday ekan Mehribonlik uylarida olib borilgan har bir tadbir yakuni rag’batsiz qolmasligi zarur. Chunki tarbiyalanuvchi tadbirdagi ishtiroki natijasi rag’batsiz qolib ketsa keyingi safarida tarbiyaviy tadbirlarga qatnashishdan o’zini tortishi mumkin.Ana shu sababli yuqorida zikr etilgan shaxs va tashkilotlarning roli katta. Chunki ular rag’batlantirishda jonbozlik ko’rsatishadi. Shuning uchun ham Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini rag’batlantirish ularni yanada faol bo’lishga da’vat etadi.

Тarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda suhbatlarga alohida e’tibor bermoq zarur, ya’ni quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.

Quroni Karim, Hadisi Shariflar, Mutafakkirlarimizning ijodi, xalq og’zaki ijodi, badiiy adabiyotlardan foydalaniladi.

Quroni Karimning har bir oyati surasi kishini yaxshilikka undovchi, qimmatli o’gitlar ekani, poklik, iffat, iymon, do’stlik, ota-ona qadri, yetim-yesir haqi,farzandlik burchi,insondagi yaxshi fazilatlarn namayon qilish kabi qimmatli o’gitlarga boydir. Quronda o’g’rilik,birovning haqiga hiyonat qilish, Vatanga hiyonat qilish kabi qabih ishlar qoralanadi. Ana shunday qabih ishga qo’l o’rganlarni insofga chaqiradi. Ularni qilgan yomon ishlari uchun tavba qilishga undaydi.

Hadisu Sharif xususida ham to’xtalish mumkin. Hadislardan namunalar” deb nomlangan kecha uyustirish mumkin. Unda hadis ilmidan tarbiyalanuvchilarni bahramand qilish maqsadga muvofiqdir. Hadislar orqali tarbviyalanuvchilar juda ko’p ibratli ishlarni amalga oshiradilar. Ulardan xulosa qilishga harakat qiladilar. Bundan ko’rinib turibdiki Mehribonlik uylarida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda albatta Quroni Karim hamda Hadisi Sharif haqida suhbat uyushtirishni rejalashtirish lozim.

Shuningdek,xalqimizning milliy urf-odatlarini o’zida mujassam etgan bayramlari ham mavjud, albatta ular orqali ham milliy g’urur shakllantiriladi. Masalan Navro’z umumxalq bayramini Mehribonlik uylarida nishonlanishi orqali tarbiyalanuvchilar juda ko’p milliy urf-odatlarimizni anglab oladi. Masalan milliy taomlarimizni, milliy o’yinlarimizni, milliy qo’shiq va raqslarimizni,milliy an’ana va urf-odatlarimizni Navro’z bayramini nishonlash orqali bilib oladilar. Albatta bunda tarbiyalanuvchida vataniga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi hamda milliy g’urur hisi shakllana boradi.

Yaxshilikka undovchi kunlarimizdan Qurbon hayiti, Ramazon hayiti, Mavludning o’tkazilishi haqida ham suhbatlar olib borish tarbiyalanuvchi qalbiga yaxshiliklar olib keladi.

Yana shuni aytish joizki xalq og’zaki ijodi orqali tarbiyalanuvchilarni yaxshilikka undash mumkin. Masalan ertaklar orqali “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” kechasini tashkil qilish mumkin.Bunda tarbiyalanuvchilar ertaklar asosida yovuzlikni ustidan yaxshilik g’alaba qozonishini o’rganib oladilar. Shuningdek,maqollar,rivoyatlar, qo’shiqlar orqali ham milliy g’urur tarbiyasi takomillashtirilib boriladi.Mehribonlik uylarida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda bir necha qoidaga amal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, ular quyidagilar;

- Тarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda milliy g’urur hissiga e’tibor berish;

- Тarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda tarbiyalanuvchilarni ruhiy tayyorlash;

- Тarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda milliy qadriyatlarimizni mavjudligi;

- Тarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda tanlangan mavzu tarbiyalanuvchilar yoshiga mosligi,hayotiyligi va ommaviyligi;

- Тarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda tarbiyalanuvchilarning qiziqishlarini e’tiborga olish;

- Тarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda maqsadga qaratilganligi;

- Тarbiyaviy tadbirlarni ongli va mazmunli o’tkazishga qaratish.

Mehribonlik uylarida tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishga,milliy tafakkurni paydo bo’lishiga ahamiyat beriladi.Ana shu maqsadda quyidagilarga amal qilish kerak.

- Milliy g’ururni barcha qirralarini o’zida namayon eta olishi;

- Ma’naviy va milliy qadriyatlarimizni namayon eta olishi;

- Тarbiyalanuvchida o’tmishdagi boy ma’naviy merosimiz haqida bilim, ko’nikma,malakani shakllantira olish.

Tarbiyalanuvchilarni kasbga yo’naltirish orqali vatanga xizmat qilish g’ururini shakllantirib borish mumkin.Masalan “Suhandonlar tanlovi”ana shunday tadbirlardan bo’la oladi.O’tkazilgan “Suhandonlar tanlovi”haqida ma’lumot keltirdik.Ushbu tadbir ikki bosqichda o’tkazildi.

I bosqich

1.Suxandonlar tanlovi 24-oktabr 2013.14-oo -15-oo

II bosqich

2.STV suxandonlari bilan muloqot va suhbat 24-oktabr 2013.15-oo

Suxandonlar tanlovi shartlari

1.Tanishtirish(taqlid ,she’riy chiqish asosida) 5daqiqa

2. “Tezkor”texnologiyasi asosida bellashuv 2 daqiqa

3.Suhandon qobiliyati (nutq qobiliyati asosida) 3daqiqa

4.Uyga vazifa 3 daqiqa

Tadbir qatnashchilari quyidagilar:

11-jadval


T/r

Ismi va familiyasi

Sinfi

1

Rahmatullayeva Zebiniso

1”A”-sinf

2

Mo’minova Muxlisa

2”A” -sinf

3

Normurodova Mahliyo

3”A”-sinf

4

Komilov Yodgor

4”A”-sinf

5

Xurramova Sevara

5”A”-sinf

6

Sodiqova Sug’diyona

6”A”-sinf

7

Normurodova Muxlisa

7”A ”-sinf

8

Ahmedova Shoxsanam

8”A”-sinf

9

Jabbarova Komila

9”A”-sinf

Qatnashganlar:

1-9 sinf o’quvchilari,direktor S.Najmitdinov,o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari G.Odinayeva,direktor o’rinbosari G.Toshtemirova,tadbirga mas’ul magistrant B.Karimova, maktab yetakchisi M.Xaitova,maktab psixologi F.Berdiyeva,maktab o’qituvchilari,Mehribonlik uyi tarbiyachilari.

Hayat a’zolari:

N.Normaxmatova,M.Jabbarov,G.Odinayeva,A.Tog’ayev.Tadbirning ikkinchi qismida STV vakillari bilan muloqot olib borildi.Bunda o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi.Tanlov shartlari bo’yicha qatnashchilar chiqishlarini namoyish qilishdi.Hakamlar hayati qatnashchilar chiqishlarini baholab bordilar.Tadbir so’ngida hayat a’zosi N.Normaxmatova so’zga chiqib o’quvchilarning shartlar bo’yicha olgan ballarini e’lon qildi.



12-jadval

T/r


Ismi va familiyasi

Sinfi

Baholash shartlari

1Tanishtirish

“Tezkor”texnologiyasi

Suhandon qobiliyati

Uyga vazifa

Umumiy baho

1

Raxmatullayeva Zebiniso

1”A”-sinf

4,8

1

4

4

13,8

2

Mo’minova Muxlisa

2”A” -sinf

3

4

5

4

16

3

Normurodova Mahliyo

3”A”-sinf

4

2

5

4

15

4

Komilov Yodgor

4”A”-sinf

4

5

5

5

19

5

Xurramova Sevara

5”A”-sinf

4,5

5

5

4

18,5

6

Sodiqova Sug’diyona

6”A”-sinf

4,5

3

5

5

17,5

7

Normurodova Muxlisa

7”A”-sinf

4,2

1

4

4

13,2

8

Ahmedova Shoxsanam

8”A”-sinf

4,7

5

5

5

19,7

9

Jabbarova Komila

9”A”-sinf

5

5

5

5

20

Tanlov natijasiga ko’ra quyidagicha o’rin belgilandi.

Birinchi o’rin 9-“A”slnf o’quvchisi Jabbarova Komila

Ikkinchi o’rin 8-“A”sinf o’quvchisi Ahmedova Shoxsanam

Uchinchi o’rin 4-“A”sinf o’quvchisi Komilov Yodgor

Ushbu tadbirni o’tkazishdan ko’zda tutilgan maqsad tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirib,vatanga muhabbat hissini takomillashirishdir.Tadbir qiziqarli va yangiliklar,pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.Tadbirga kiritilgan yangilk shundaki bunda tarbiyalanuvchilarni qiziqtirish va milliy g’ururni shakllantirish maqsadida “Tezkor”texnologiyasi ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi.

Ushbu tadbirda tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirgan jarayon “Tezkor”texnologiyasini o’tkazish jarayoni bo’ldi.Bunda tarbiyalanuvchilar o’zlarining fikrlash qobiliyatini hamda zukko,bilimli ekanligini ko’rsatishdi.Shuning uchun ham “Tezkor texnologiyasi”ning olib borish tartibini namuna sifatida keltirdik.

“ Tezkor” texnologiyasini shartlari asosida bajaring .

“Tezkor” texnologiyasini quyidagi sxema asosida tasvirlaymiz.



Ushbu topshiriq har bir tadbir qatnashchisiga bittadan tarqatilib,besh daqiqa ichida to’rtta topshiriqni tez va mazmunli xatosiz bajarishi aytiladi.Tadbir qatnashchilari topshiriqni bajarib,har birini ta’riflab beradilar. Bu texnologiyani yaratib,birinchi marta tadqiqot ishimizda ya’ni “Suhandonlar”tadbirida qo’lladik va yaxshi natijaga erishdik.Tarbiyalanuvchilar bu texnologiyani zo’rqiziqish bilan qarshi oldilar. Pedagogik texnolagiyalar asosida olib borilgan ushbu tadbir juda qiziqarli va ko’tarinki ruhda olib borildi.Tadbir haqidagi ko’rinishlar tajribamizning ilova qismida berilgan. (4-ilovada)

II Bobga xulosa

Ishning II bobida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda o’quv fanlarining o’rni,pedagogik mahoratning ahamiyati hamda tarbiyaviy tadbirlarning muhimligi xususida samarali ishlar amalga oshirildi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda o’quv fanlarining o’rni,pedagogik mahoratning ahamiyati hamda tarbiyaviy tadbirlarning muhimligi ochib berildi.Tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishda o’quv falarining o’rni pedagogik texnologiyalar asosida tadqiq qilindi.Masalan,Ona tili ,O’qish,Matematika,Odobnoma,Tasviriy san’at,Musiqa madaniyati,Jismoniy tarbiya,Milliy g’oya,Tarix,Adabiyot fanlari asosida milliy g’urur shakllanib borishini aytib o’tildi.Shunday ekan bunda har bir darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinishi albatta maqsadga muvofiq bo’lishini ko’rsatildi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda asosan o’qituvchi asosiy o’rinni egallashi muhim sanaladi.Shuningdek,pedagogik mahorat tarbiyalanuvchi hayotida ijobiy fazilatlarni shakllantirib,milliy g’ururni tarbiyalashda asosiy o’rinni egallashi tadqiqotlar davomida o’z ifodasini topa oldi.Shuningdek, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish zaminida milliy g’urur shakllanib borishi aniqlandi.Ya’ni,tarbiyaviy tadbirlar bola yoshiga mos va mavzu to’g’ri tanlanishi hamda o’z vaqtida olib borilishi shart ekanligi aniqlandi.Shunigdek, amaliy tavsiyalar berildi.Quyidagi mavzular asosida tarbiyaviy tadbirlar olib borilsa tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishga yordam bera oladi.Masalan, “O’zbekiston Vatanim manim”, “Konstitutsiya bosh qomusimiz”, “Davlat ramzlarini o’rganamiz”, “Hadislardan namunalar”, “Milliy urf-odatlar va an’analarimizni o’rganamiz”, “Sport sog’lik garovi”, “Suhandonlar” nomli tadbirlardirni o’tkazilishi milliy g’ururni shakllanishiga yordam bera oladi.Ikkinchi bobda biz o’quv fanlarini olib borishda tarbiyachi va-pedagoglarni ijodkorligi,bilimliligi,yangilikka intiluvchanligini asosiy o’rin egallashini yangiliklar asosida ko’rsatib berdik.Masalan bunda darslarda,mashg’ulotlarda foydalanish mumkin bo’lgan yangiliklarni qo’llab ko’rdik.Masalan, “Aql mashqlari”, “Didaktik o’yinlar”, “Darslarda foydalanish uchun didaktik she’rlar”ni ahamiyatga molik ekanini yangi yaratgan ishlarimizda ko’rsata oldik.

Shuningdek,Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda tarbiyaviy tadbirlarni ahamiyati katta ekanini o’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlarimizda ochib berdik.Aynan yangilik asosida olib boriladigan tadbirlar tarbiyalanuvchilar tomonidan zo’r qiziqish bilan qarshi olinishini o’tkazilgan “Suhandonlar”tadbirimizda yangilik sifatida kiritdik.Bunda tadbirda foydalangan pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan “Tezkor texnologiyasi”ni yaratib,uni tarbiyalanuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinganini o’tkazilgan tadbirimizda isbotlay oldik.

Shuningdek,olib borilgan tadbirlar tarbiyalanuvchilarga rag’bat sifatida STV da tadbir haqida lavha berildi.Biz bilamizki tarbiyalanuvchilarga berilgan rag’bat ularning keyingi tadbirlarga qiziqishini oshiradi va faollikka unday oladi.

Ana shu bois ham Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar yakunida otaliq tashkilotlar hamda homiylar yordamida rag’batlantirilib borishi kerak.

III. BOB. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga yo’naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi

Тa’lim jarayonida o’quvchilarda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash bir necha bosqichlarda olib borildi.

O’quvchilarning milliy g’ururni shakllantirishning o’quv va uslubiy qo’llanmalarda qanday ahvolda hal etishi aniqlandi.So’ngra o’qvchilarning tabiiy fanlar asoslariga qizishlarini orttirishga tayyorlangan didaktik, tarqatma materiallarni va ularning o’ziga xos jihatlari ularni o’qitish uslublarini, kompyuter hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib, tajribada sinab ko’rish ma’qullandi. Shu bois dissertatsiyada yoritilgan materiallarni pedagogik tajribada sinab ko’rish tadqiqot ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi

Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyida pedagogik tajriba-sinov o’tkazishda asosan quyidagilarni sinab ko’rish nazarda tutildi:

Pedagogik tajriba-sinov o’tkazish davrida milliy g’ururga oid materiallarni o’quvchilarga o’rgatish uslublari darsda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda sinab ko’rildi.

Тadqiqot ishimizda ijobiy natijalar bergan uslublarning samarali jihatlari 2011-2013 yillarda o’rganildi.Тajriba-sinov ishlarini o’tkazishda o’quvchilarning milliy g’ururni shakllantiradigan ishlarning holatini o’rganishga kirishdik va quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ldi.



Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning avvalgi holati

13-jadval



Darajalar



Mezonlar

O’quvchilar soni 85 nafar

Тajriba sinfi 45

Nazorat sinfi 40

ijobiy

Salbiy

ijobiy

Salbiy

1.

Quroni Karim hamda Hadisu sharif orqali


26

19

15

25

2.

Umumxalq bayramlarimizni nishonlash orqali


12

33

18

22

3.

Хalq og’zaki ijodi orqali


22

23

5

35

4.

Milliy ruknda tayyorlangan kino va teatrlar,matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali


14

31


7

33

5.

Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida


20

25

10

30

6.

Davlat ramzlari tasnifida


10

35

4

36

7.

Ajdodlar tarixi va merosini o’rganish orqali


18

27

8

32

8.

Milliy sport o’yinlari orqali


7

38

3

37


Birinchi galdagi natijalardan ma’lum bo’ldiki, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy gururni tarbiyalashga ahloqiy me’yorlar, tartib qoidalar, fanlar, tadbirlarning mohiyatini to’laqonli tushuntirish qobiliyatiga ega emasliklari sababli berilgan savollarga to’liq javob bera oladilar. Javob berishga harakat qilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash ong va faoliyat mohiyatini to’g’ri talqin etish imkoniyatiga ega emaslar, shu bois ular milliy g’ururni tarbiyalashga qaratilgan faoliyatini tashkil eta olmaydilar. Mazkur holatni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga bo’lgan intilish natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’quvchilarning deyarli barchasi yuqorida qayd etilgan milliy g’ururni tarbiyalashga bilimlar va ular mazmunini o’zida namoyon etuvchi manbalar haqida to’liq ma’lumotga ega emaslar.Тajriba-sinov so’nggida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid dunyoqarashlari yana bir bor aniqlandi va oldingi holatidan tubdan farqlanuvchi ko’rinish sodir bo’ldi. Mazkur holatni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin.Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning keyingi holati

14-jadval




Darajalar

Mezonlar

O’quvchilar soni 85 nafar

Тajriba sinfi 45

Nazorat sinfi 40

ijobiy

salbiy

ijobiy

salbiy

1.

Quroni Karim hamda Hadisu sharif orqali


30

15

35

5

2.

Umumxalq bayramlarimizni nishonlash orqali


26

19

34

6

3.

Хalq og’zaki ijodi orqali


29

16

37

3

4.

Milliy ruknda tayyorlangan kino va teatrlar,matbuot va ommaviy axborot vasitalari orqali


24

21

26

4

5.

Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida


28

17

36

4

6.

Davlat ramzlari tasnifida


27

18

38

2

7.

Ajdodlar tarixi va merosini o’rganish orqali


26

19

28

12

8.

Milliy sport o’yinlari orqali


29

16

37

14

Dars jarayonida ta’lim hamda sinf va maktabdan tashqari milliy gururni tarbiyalashning puxta ishlangan dastur asosida, aniq maqsad va faoliyat mazmunini belgilangan holda olib borishi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy gururni tarbiyalashning chuqur o’zlashtirilishi ularda ekologik faoliyat ko’nikma va malakalarning tarkib topishi hamda o’quvchilarning bu boradagi milliy gururni tarbiyalash oid faolliklarini taminlashga olib keldi. Ana shu hol Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashni shakllantirishda muhim o’rin tutadi.

Тajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning o’zlashtirish darajasi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan aniqlandi.Тajriba-sinovga qatnashgan o’quvchilar uchun milliy g’ururni tarbiyalashdan maxsus savollar tuzildi. Savollarni tuzishda quyidagilarga alohida e’tibor berildi: Maktab komponent fanlari tarkibida mavjud bo’lgan milliy g’ururni tarbiyalashga oid bilimlar tizimiga; fanlararo bog’lanishga; o’quvchilarning oldingi tajriba va bilim darajasiga; tanlangan savollarning muhim va ilmiyligiga; o’quvchilarning yosh xususiyatlariga; savollarning uzviyligi va uzluksizligi; Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid quyidagi savollar tavsiya etildi:



15-jadval

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid bilimlarni o’zlashtirish darajasi

Sinflar

Soni

Milliy g’ururni tarbiyalashni o’zlashtirish darajasi

quyi

o’rta

yuqori

nazorat

n1 = 40

18

12

10

tajriba

n2 = 45

20

16

9


16-jadval

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid bilimlar o’zlashtirish darajasi

Sinflar

Soni

Milliy g’ururni tarbiyalashni o’zlashtirish darajasi

quyi

o’rta

yuqori

nazorat

n1 = 40

13

11

16

tajriba

n2 = 45

16

13

16

Izoh: -jadvalda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy gururni tarbiyalashga oid bilimlarni tajribadan oldin o’zlashtirish darajasi ko’rsatilgan;

14-15-jadvalda esa o’quvchilar tomonidan milliy g’ururni tarbiyalashga oid bilimlarning o’zlashtirish darajasi 100 balli tizim asosida hisoblandi.

Darajalarni aniqlashda quyidagi mezonlar asos qilib olindi:

a) yuqori daraja 86 - 100 ball;

b) o’rta daraja 71 - 85 ball;

v) quyi daraja 56 - 70ball.

Тajriba-sinov maktablari o’quvchilarning milliy g’ururni tarbiyalashni faoliyat olib borish darajasini ham aniqlashga urinildi. Bu hol esa dalillar asosida quyidagi ko’rinishni namoyon etdi:

Тajribadan oldingi milliy g’ururni tarbiyalashni faoliyatni tashkil etish darajasi

17-jadval



Sinflar

Soni

Milliy g’ururni tarbiyalashni o’zlashtirish darajasi

quyi

o’rta

yuqori

nazorat

n1 = 40

16

16

11

tajriba

n2 = 45

15

15

12


Тajribadan keyingi milliy g’ururni tarbiyalashning faoliyatni tashkil etish darajasi

18-jadval

Sinflar

Soni

Milliy g’ururni tarbiyalashni o’zlashtirish darajasi

quyi

o’rta

Yuqori

Nazorat

n1 = 40

13

11

16

Тajriba

n2 = 45

14

10

21

Izoh:16- jadvalda o’quvchilar tomonidan milliy g’ururni tarbiyalash faoliyatni tashkil etishning tajribadan oldingi darajasi.

17- jadvalda esa tarbiyalanuvchilar tomonidan milliy g’ururni tarbiyalash faoliyatni tashkil etishning tajribadan so’nggi darajasi keltirilgan.

O’quvchilar tomonidan milliy g’ururni tarbiyalash faoliyatni tashkil etish darajasi ularning quyidagi holatlaridagi ishtiroklariga ko’ra aniqlandi:

Тa’limni tashkil etish jarayonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirish, ularda milliy gururni hosil qilish, shuningdek, Milliy g’ururni tarbiyalashni shakllantirish ularning keng ko’lamda amaliy faoliyatga jalb etish yo’li bilan ijobiy hal etilishi mumkin. Shu bois tajriba-sinov maktabda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash faoliyatga tortish ishlarining olib borilishiga alohida ahamiyat qaratdik. Samarali natija bera olgan bu urinish borasidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:

19-jadval

Milliy g’ururni tarbiyalash faoliyatiga jalb etish ishlari




Maktablar

O’quvchilar soni – 85 ta

Тajriba avvalida

Тajriba so’nggida

Oraliq farqi




+85

nafar

foiz

nafar

foiz

foiz

1,

12- maktab

85+29

34,1

85+55

64.7

30.6

Demak, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy gururni shakllanish darajasi:

a) Milliy g’ururga oid bilimlarni o’zlashtirish;

b) amaliy milliy g’ururni tarbiyalash faoliyatni tashkil etish ko’rsatkichlari orqali aniqlandi.

Yuqorida so’z yuritilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash shartli ravishdagi yuqori o’rta va quyi darajada ekanligi aniqlandi. Bu tadqiqotning natijasi quyidagi jadvalda o’z ifodasini topgan.



Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid shakllanganlik darajasi miqdoriy va sifatiy o’zgarishlar qaqida ma’lumotlar
20-jadval



Sinflar

Тajriba sinflari

n2 = 45

Nazorat sinflari

n3 =40




Darajalar

Тajriba boshida

Тajriba oxirida

Тajriba boshida

Тajriba oxirida

1.

Yuqori

15

13

8

17

2.

O’rta

12

12

14

12

3.

Quyi

18

20

18

11

Shunday qilib, ta’limni tashkil etish jarayonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy gururni shakllantirishning asosiy yo’li – uzoq muddatli, puxta rejalashtirilgan nazariy-amaliy milliy gururni tarbiyalashning maorif tuzilishni yaratish, uning goyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda ular samaradorligini keskin oshirish borasidagi jarayonini tashkil etishdan iborat deb qaraldi.

17-jadval nazorat to’g’risidagi Nizomga muvofiq Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning shakllanganlik darajalari ular tomonidan milliy g’ururni tarbiyalashga oid bilimlarni o’zlashtirish hamda milliy g’ururni tarbiyalash va faoliyat ko’nikmalarini hosil qilish holatiga muvofiq quyidagi tarzda mezonlandi:

1. 60% dan 70% gacha – «quyi daraja» («3»).

2. 80% dan 89% gacha – «o’rta daraja»(«4»).

3. 90%dan 100% gacha – «yuqori daraja»(«5»).

13-jadvalda keltirilgan milliy g’ururni tarbiyalash daraja ko’rsatkichlari haqqoniyligini aniqlash maqsadida matematik – statistik tahlilni Styudent-Fisher metodi bo’yicha amalga oshirdik.

Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini 13-jadval ko’rsatkichlari asosida milliy g’ururning shakllanganlik darajasini tajriba-sinovgacha bo’lgan davrda o’tkazilgan tajriba va nazorat sinflaridagi o’zlashtirishlarini umumiy holda statistik tahlil qilamiz. Nazorat natijalarini umumiy holda quyidagi jadvalda ifodalaymiz.

Тajriba-sinovdan oldin Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalanganlik darajasining miqdoriy va sifatiy o’zgarishlarini aniqlash ko’rsatkichlari

21-jadval


Sinflar

Тarbiyalanuv

chilar


soni

O’zlashtirish darajalari

Yuqori

O’rta

Past

Тajriba sinfi

45

15

12

18

Nazorat sinfi

40

8

14

18

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə