Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriologik laboratoriya jihozlari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə5/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriologik laboratoriya jihozlari.


Mikroskopning tuzilishi
Mikrobiologik tekshiruvlar uchun mikroskoplarning bir necha turlari (biologik, lyuminessent, elektron) va mikroskopda ko‘rishning maxsus usullari va moslamalari (fazo-kontrast, qorong‘i ko‘ruv maydoni) dan foydalaniladi.
Biologik mikroskop. Mikrobiologiya amaliyotida hozirgi kunda ishlab chiqarilgan ko‘plab mikroskoplar qo‘llaniladi (MBR-1, MBI-1, MBI-2, MBI-3, MBI- 6, Biolam P-l va boshqalar). Ular turli mikroorganizmlarning shakli, tuzilishi, o‘lchami, harakati va boshqa belgilarini aniqlash va kattaligi 0,2—0,3 mkm dan kichik bo‘lgan mikroorganizmlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
Bakteriologik amaliyotda ko‘proq Biolam monokulyar yoki binokulyar mikroskoplaridan foydalaniladi (2 –rasm).
Mikroskop ikkita optik va mexanik qismlardan tashkil topgan. Optik qismiga mikroskop pastida joylashgan ob’ektivlar kiradi. Ular ob’ektni katta qilib ko‘rsatuvchi va optik kamchiliklarni to‘g‘rilovchi linzalardan iborat. Ob’ektivlar quruq va immersion sistemaga (immersia — qamrab olish) bo‘linadi. Biolam mikroskoplarda uchta quruq va bitta immersion ob’ektiv bor. Har bir ob’ektiv ustida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozilgan.
1) x8, 20,40. 90 yoki 100:

  1. sonli apertura;

  2. zavodda chiqarilgan nomeri. Bular bilan bir qatorda immersion ob’ektivlarda 90 va qo‘shimcha IO yoki MI (immersion ob’ektiv yoki moyli immersiya) harfli indeks yozilgan, hamda ob’ektivning pastki qismida qora chiziq o‘tkazilgan.

Immersion ob’ektivning to‘g‘riga yo‘naltirilgan (frontal) linzasi kalta fokus oralig‘iga ega (f + l,5—3 mm). Mikroskop orqali ko‘rilayotganda linza oldindan
tomizilgan moyga botiriladi. Immersion moyning nurni sindirish ko‘rsatkichi (1,52), oynaning sindirish ko‘rsatkichiga yaqin. Bunda ob’ektivga tushayotgan nurlar to‘liq saqlanadi.
Immersion mikroskop 0,2 mkm dan kichik bo‘lgan ob’ektlarni ko‘rsata olish qobiliyatiga ega. Mikroskopning umumiy kattalashtirish imkoniyatini aniqlash uchun ob’ektivning kattalashtirishini okulyarning kattalashtirishiga ko‘paytiriladi. Masalan, immersion ob’ektivi 100 va okulyari 10 bo‘lgan mikroskopning kattalashtirish quyidagicha 100 x 10 -1000 marta. Immersion sistemadagi nurlarning yo‘nalishi yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan.




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə