Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi


Kasb psixologiyasining metodologik asosi



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə5/7
tarix05.04.2023
ölçüsü35,88 Kb.
#104427
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu

Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya'ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqyealarga bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optasiya, ya'ni kasbiy ta'lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin.
Kasbiy shakllanish turlari
Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasbiy rivojlanish - bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi.
Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shartsharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an'analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish.
Kasbiy jihatdan o‘zini anglash
Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma'no topishi
Professionalizatsiya destruksiyalari. Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan kuzatiladi.
Kasbiy o‘zini-o‘zi faollashtirish shaxsning kuchini faollashtirish yo‘li bilan kasbiy rivojlanishni tezlashtirish, normadan ortiq kasbiy faoliyatni namoyon etish, shuningdek turli xil psixotexnologiyalarda qatnashish va boshqalar.
Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimallashuv tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operatsion aspektlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan. 

Yüklə 35,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə