Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə6/7
tarix05.04.2023
ölçüsü35,88 Kb.
#104427
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu

Kasblar tasniflari: Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishi hamda o‘zaro ta'sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh - bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya - shaxsga ta'lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta'kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub'ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e'tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e'tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determenantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Kasb psixologiyasi predmetining ta'rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:



  • Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;

  • Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;

  • Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;

  • Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;

  • Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya'ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;

  • Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish;

  • Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;

  • Kasbiy maslahat, kasbiy ma'lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

  • Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir.

Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi, ya'ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqyealarga bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya'ni kasbiy ta'lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin. Kasb psixologiyasining asosiy konseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

Yüklə 35,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə