Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari s amarqand 2015



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə25/25
tarix21.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#87590
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari s

Kasbiy ta’lim - maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalarida ta’lim mazmuni
Kasbiy maslahatlar - o‘quvchi shaxsini o‘rganishga asoslangan, kasb tanlashga yordam ko‘rsatish tadbirlari
Xulosa
O’zbekiston Respublikasida yoshlarni kasbga yo’naltirish tadbirlari bo’yicha qabul qilingan qarorlar mazur ishni markazlashtirilgan tarzda boshqarishda katta rol o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining politexnik ta’lim bo’limi mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish bo’limiga aylantirildi. O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida kasbga yo’naltirish sektori ishlay boshladi.
Kasbga yo’naltirish bilan shug’ullanuvchi yangi tuzulgan va qayta tashkil qilingan bo’limlarning vazifasi tuman, viloyat va respublika miqqiyosida rahbarlikning tashkiliy tajribalarini umumlashtirishdan; kasbga yo’naltirish boshqarmasi bo’g’inlari ishini kuchaytirishning tashkiliy-metodik tadbirlarni ishlab chiqish va tajribada tekshirib ko’rishdan iborat edi.
Shu tariqa respublikada kasbga yo’naltirishni boshqarish tizimining tarkib topishi va rivojlanishi 1970 yildan boshlanadi. U xalq xo’jaligining malakali qadrlarga talab-ehtiyojlarini hisobga olib, kasb tanlashda o’g’il va qizlarga yordam berishi; kasbga yo’naltirish ishini rejalashtirishi, uning mazmunini belgilashi; vazirliklar, idoralar, birgalikda kuch-g’ayratlarini mvofiqlashtirishi lozim edi.
Kasbga yo’naltirishni ilmiy boshqarishni xukumat, korxonalar va tashkilotlarning ishchi kuchini reja asosida tayyorlash va yoshlarni ishchi kasblarga yo’naltirish sohasidagi harakatlari tizimi hisoblash lozim. Shu boisdan kasbga yo’naltirish ishining tashkilotchilari faqat tarmoqlarning emas, balki ayrim korxonalarning ham qadrlarga talab-ehtiyojlarini bilishlari va shu xaqda maktablar va o’qituvchilarga axborot berib turishlari, amaliy tadbirlar dasturini ishlab chiqishlari va uni bajarish uchun kuch va mablag’larni safarbar etishlari; boshqaruv tizimining barcha bo’g’inlari nazorat o’rnatishlari va ularga yordam berishlari lozim.
Mustaqillikka erishgandan so’ng kasb tanlashga yo’llash ishlariga qaratilgan tadbirlar yana qayta jonlantirildi va har doimgidanda ko’proq e’tibor qaratila boshlandi. Bu borada ta’limni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida faoliyat yuritish mamlakatimiz uchun ulkan muvaffaqiyatlarni olib keladi. Umumta’lim maktablarining 8-9 sinflarida mehnat ta’limi fani mashg’ulotlarida o’qitilayotgan kasb tanlashga yo’llash mavzularini samarali tashkil etish ham shular jumlasiga kiradi.

Pardayev Zafar Shukurovich


KASB TANLASHGA YO’LLASH MASHG’ULOTLARI UCHUN DARS ISHLANMALARI
(umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)

Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash


va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.
Samarqand shahar, Boysunqur ko‘chasi 3-uy


.



.




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə