Kasbiy pedagogika


Pedagogik jarayonnnig sxematik kurinishi



Yüklə 178 Kb.
səhifə2/2
tarix21.05.2023
ölçüsü178 Kb.
#111781
1   2
1407846928 58681

Pedagogik jarayonnnig sxematik kurinishi

Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, pedagogik jarayon mahlum qonuniyatlarga asoslanadi. Pedagogik jarayonning ishtirokchilari(o’qituvchi va ukuvchilar), maqsad (vazifalar), mazmun, tashkil etish shakllari, vosita va metodlar, natija bir-biriga uzviy bogliq.


Har qanday jarayon kabi ta’lim-tarbiya jarayoni ham mahlum konuniyatlarga asoslanadi. Qonuniyatlarda obhektiv zarur, muhim, takrorlanuvchi alokadorliklar uz ifodasini topadi.
Pedagogik jarayonning konuniyatlari sirasiga kuyidagilarii kiritish mumkin:

  1. Pedagogik jarayonning dinamik xarakteri.

  2. Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi.

  3. Pedagogik jarayonning boshqariluvchanligi.

  4. Pedagogik jarayon ishtirokchilarini ragbatlantirilishi.

  5. Pedagogik jarayonda his-tuygu, mantiq va amaliyotning birligi.

  6. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining ichki va tashqi faoliyati birligi.

  7. Pedagogik jarayonning kechishi va natijasini boshqa kuplab omillarga bogliqligi: Masalan: a) jamiyat va shaxe ehtiyojiga; b) jamiyatning moddiy- texnik, iqtisodiy va boshqa imkoniyatlariga; v) jarayon kechadigan shart-sharoit axloqiy, psixologik, sanitariya-gigienik, estetik va shu kabilar.

  8. SHuningdek, kasb-hunar ta’limi, ishlab chiqarishning ham qonuniyatlarini hisobga olishi shart hisoblanadi. Kasb-xunar ta’limini tadqiq etgan S.Ya. Batqshev, K.N. Katxanov, N.I. Dumchepko, L.P. Belyaeva, K. Davlatov, K Mirsaidov kabi vatandosh va chet ellik olimlariipg fikriga kushilgan holda, kuyidagi ishlab chikarish konuniyatlariga asoslaiit zarurligini kursatib utamiz:

  • ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chikarish kuchlari xarakteriga mosligi;

  • mulkchilik munosabatlari;

  • mexnat xarakteridagi uzgarishlar;

  • ishlab chikarish darajasidan talab va extiyojning yukoriligi;

  • mexnatga yarasha taksimot;

  • ishlab chikarish vositalarining ishlab chikarishga nisbatan usishi;

  • rejali, proportsional rivojlanish;

  • moddiy nehmat yaratuvchilar uzlarining ongi, xulk-atvori va tuygularini kayta ishlab chikishi;

  • yirik mashinasozlik sanoatini uzluksiz ortib borishi;

  • ishlab chikarish jarayonlarini tabakalashtirish va integratsiyalashtirish;

  • ishlab chikarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish;

  • ishlab chikarishni majmuaviy mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robotlashtirish;

  • ishlab chikarishning intellektuallashuvi;

  • mehnat resurslarining uzaro taksimlanish surhatitshng ortishi;

  • xujalik hisobi, uz-uzini mablag bilan tahminlash;

  • sanoat sohasi bilan mashgul mutaxassislar sonining kiskarishi;

  • mehnatni jamoaviy tashkil etishning ortishi, demokratiyalash va o’z o’zini boshqarish kabilar.

Pedagogik jarayon davriy xarakterga ega bulib, kuyidagi boskichlarni uziga qamrab oladi:

    1. Tayyorgarlik bosqichi;

    2. Asosiy (amalga oshirish) boskichi;

    3. Nazorat bosqichi.

Bu boskichlarning xarakterli xususiyatlari kuyidagilardan iborat.
Pedagogik jarayonning tayyorgarlik boskichida kuyidagi muxim vazifalar xal etiladi:
- maqsad belgilanadi, shart-sharoit aniqlanadi, aniq natija belgilanadi, jarayonning kechishi loyihalashtiriladi. Bu bosqichda ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadini aniq va tugri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik jarayonni amalga oshirish boskichida maqsad va vazifalarning kuyilishi tushuntiriladi, ishtirokchilarning uzaro hamkorlikdagi faoliyatlari amalga oshiriladi, belgilangan tashkiliy shakl, metod va vositalardan foydalaniladi, kulay shart-sharoit yaratiladi, ukuvchilar ragbatlantiriladi, pedagogik jarayon bilan boshqa jarayonlar orasidagi alokadorlik tahminlanadi. Pedagogik jarayonning ushbu boskichida teskari alokadorlik muhim bulib, u tezkor boshqaruvchilik, xulosalar chikarish imkonini beradi. Teskari aloqa jarayonini sifatli kechishini tahminlash lozim bulib, uning rivojlanishi va mustahkamlanishiga har kaysi ukituvchi muhim masala sifatida ustuvor axamiyat berishi zarur.
Pedagogik jarayonning nazorat bokichida- erishilgan natija bilan kuyilgan maksad qiyoslanib, tahlil etiladi va xulosa chikariladi, kerak bulgan xollarda avvalgi boskichlarga uzgartirishlar kiritiladi.

Adabiyotlar ro’yxati:
1. Barkamol avold orzusi, T., 1999.
2. Barkamol avlod- o’zbekiston taraqqiyotining poydevori , T., 1998.
3.O’zbekiston respublikasining konstituttsiyasi , T., 1992.
4.G’aybullaev va boshqalar, ijtimoiy islohatlar va ta’lim tarbiya, T., 1995.
Yüklə 178 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə