Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Matyoqubova 20 yil


«Mening shahrim, mening mahallam»



Yüklə 6,78 Mb.
səhifə3/267
tarix06.01.2023
ölçüsü6,78 Mb.
#98278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267
Pedagogik amaliyot 360 majmua (4)

«Mening shahrim, mening mahallam»
Faoliyat maqsadi: Toshkent shaxri haqidagi tushunchasi kengayadi, tug’ilib o’sgan mahallasini nomlanishini, nima uchun shunday nomlanishini , nima bilan bog’liqligi haqida ma’lumot beradi. Bolalarni o’z mahallalariga mexr qo’yishga, u yerdagi mavjud an’analarga rioya qilishga va ularni xurmatlashga o’rgatiladi.
Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasmlar, nutq va til markazi, qurish-yasash faollik markazi.
Faoliyatning borishi:
Guruxga chet ellik mehmon (ingliz tilini biladigan yordamchi) kirib keladi.
- Good morning children. (salom bolajonlar).
- where I come. (men qayerga keldim).
Bolalar javoblari:
Kelinglar tanishib olaylik. Men Angliyalik mexmon Ketringman Men O’zbekiston poytaxti Toshkent shaxriga birinchi marotaba kelishim. Sizlar menga Toshkent haqida gapirib beringlar. Men o’zbek tilini yaxshi tushunaman.
Tarbiyachi: kelinglar bolalar Ketringga Poytaxtimiz Toshkent haqida gapirib beraylik. «Mening shaxrim, mening mahallam» mavzusiga oid surat ilib qo’yiladi. Bolalar ko’rgazmali rasmlar orqali Toshkent haqida quyidagilarni gapirib beradilar.
- Toshkent - O’zbekistonning poytaxti. U katta va chiroyli shahar, Uning juda ko’plab chiroyli va baland binolari bor.
- Mustaqillik maydonida ezgulik monumenti va favvoralar joylashgan, kiraverishda esa «Ezgulik arkasi» ustida laylaklar timsoli tushirilgan.
- Oliy majlis binosi, milliy bank, park binolari bir juft kurant soati, teleminora, teatr binolari, sirk binosi, chiroyli metro bekatlari, xayvonot bog’lari va boshqa ko’plab binolar mavjud.
Ketring: Shaxringiz juda chiroyli ekan.
Tarbiyachi: Bolalar ona shaxrimizni juda yaxshi ko’rishadi. Toshkentimiz va Vatanimiz xaqida ko’plab she’rlarni biladilar hozir sizga aytib berishadi.
Onamdek ardoqlisan, azizsan Toshkentim.
Sen menga qadrdon, tug’ilgan makonim.
Men seni avaylab, asrayman xar chog’.
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog’.

Yüklə 6,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə