Kasbiy va maxsus



Yüklə 109,84 Kb.
tarix10.11.2017
ölçüsü109,84 Kb.




O’ZBEKISTON RESPU,LIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’RTA MAXSUS ,KASB HUNAR TA’LIMI MARKASI

NAVOIY VILOYATI O’RTA MAXSUS ,KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI NAVBAHOR AGROIQTISODIYOT KOLLEJI

KASBIY VA MAXSUS” FANLAR KAFEDRASI O’QITUVCHISI


Tog’aeva Mavjudaning
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanidan
Atmosfera va uni muhofaza qilish

mavzusida
2 soatlik


Navbahor-2016

Tasdiqlayman”



O’IBDO’ _______________________
______” ____________ 2016 yil
Darsning texnologik xaritasi.

Guruh:123-15



11- MAVZU
Atmosfera va uni muhofaza qilish.

1.1. O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli

O’quv soati: 2 soat

O’quvchilar soni:30

O’quv mashg’uloti shakli va turi

Nazariy – yangi bilimlarni egallash, tushunchalarni bayon etish, qonunyatlarni shakllantirish(ma’ruza)


O'quv мashg’ulot rejasi

1.Atmosferani tuzilishi.

2. Atmosferani ifloslanishini oldini olish.

3.Atmosferaning tarkibiy qismlari.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Atmosfera va uni muhofaza qilish.

Pedagogik vazifalar:

  • Atmosfera va uni muhofaza qilish haqida tushuncha berish;

  • Atmosfera va uni muhofaza qilishning asosiy qoidalarini aniqlash;

  • Atmosfera va uni muhofaza qilish haqida ma’lumot berish;

  • Atmosfera va uni muhofaza qilish qoidalarini ochib berish;

O’quv faoliyatining natijalari:

  • Atmosfera va uni muhofaza qilish haqida tushunchalarni aytib beradilar;

  • Atmosfera va uni muhofaza qilishni gapirib beradilar;

  • Atmosfera va uni muhofaza qilish haqida ma’lumotlar beradilar;

  • Atmosfera va uni muhofaza qilish amalda bajarib ko’rsatadilar;




O’qitish metodlari

Мa’ruza, amaliy ish usuli


O’qitish vositalari

Мa’ruza matni, kodoskop, slaydlar, tarqatma materiallar, plakat, krosvord, bliss so’rov

O’quv faoliyatining tashkil etish shakllari

Ommaviy, jamoaviy.

O’qitish shart –sharoitlari

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi faniga mos jihozlangan ekologiya xonasi.

Qaytar aloqa usul va vositalari

Og’zaki nazorat: bliss savolar, krosvord savollari, test savollari.

Yozma nazorat: klaster, toifalash, amaliy





O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi xaritasi

Faoliyat

Bosqichlari

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchining

O’quvchilar

I. Mavzuga kirish bosqichi

(20 daqiqa)




    1. Navbatchi o’quvchidan hisobot olish va xona tozaligini tekshirish

    2. Siyosiy yangilik:

    3. o’quvchilar 2 guruhga bo’linadi

1.2 Savollari orqali o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.(1-ilova)

1.3 Krosvord savollariga javob berish (2-ilova)

1.4 Test savollariga javob berish (3-ilova)


Diqqat qiladilar

Savollarga javob beradilar

Mavzuni va adabiyotlar ro’yxatini daftarlariga yozib oladilar.


II. Asosiy

bosqich


(50 daqiqa)

Nazariy qism.

2.1. Mashg’ulotning nazariy qismi rejasi bo’yicha tartibli ravishda Atmosfera va uni muhofaza qilish haqida ma’lumotlarni beradi. (4-ilova)

2.2. Mashg’ulotning har bir rejasi bo’yicha xulosalar qiladi. O’quvchilarning e’tiborini asosiy tushunchalarga va ahamiyatli tomonlariga jalb qiladi.

2.3.Savol-javob orqali o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.

2.4 Bajarilgan ishlar bo’yicha savollarga javob beradilar.

(5-ilova)

2.6 Bajarilgan ishlarning taqdimotini o’tkazadi va muhokama qiladi. 6-ilova


Tinglaydilar va yozib oladilar.
Tinglaydilar.

Savollarga javob beradilar


Tinglaydilar .
Guruhlarda amaliy ishlarni bajaradilar va taqdim qiladilar.


III. Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)



3.1. Mashg’ulot bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu bo’yicha egallagan bilimlar kelajakda qayerlarda qo’llananilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.

3.2. O’quvchilar faoliyatini va belgilangan o’quv maqsadlariga erishilganlikdarajasini tahlil qiladi va baholaydi.

3.3. Mustaqil ishlashlari uchun uyga vazifalar beradi.


Savollar beradilar.

Vazifani yozib oladilar.




\
I.MAVZUGA KIRISH BOSQICHI
Siyosiy yangilik: Aziz talabalar!Bugungi kunda davlatimiz og’ir jidolikka yuz tutdi.Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov dunyodan ko’z yumganligi sababli,4-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezdentini saylash uchun saylov kuni deb elon qilindi.O’quvchilar “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”degan shior ostida yashaymiz va O’zbekiston Respublikasi Prezdentini saylashga o’z hissamizni qo’shamiz!

II.O’tilgan mavzuni takrorlash bosqichi

1.Ekologiya atamasini fanga kim kiritgan .

A.1866-yil Ernest Gekkel

B.1986-yil D.N. Kashkarov

C.1866-yil Vernadskiy

D.1869-yil J.B. Lamark

E.1894-yil Vernadskiy

2.Ekologiya so’zining ma’nosi nima .

A. Ingilizcha Inson – atrof –muhit

B. Yunoncha oykos-uy, yashash joyi logos- fan

C. Yunoncha eko- aql , logos- fan

D..Ingilizcha eko – hayot logos – fan

E. Lotincha eko – atrof muhit , logos – fan

3.Tuproqda hosil bo’luvchi modda .

A. Ekonisha

B. Bentos

C. Gumus

D.Yerning relifi

E.Edafogen

4.Ekologiya fani nimani o’rganadi .

A.Ayrim turlarning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro munosabatlarini

B. Biogeosenozlarning tuzilishi va xossalarini

C. Tirik organizmlarning taralishini

D. Tirik jonzotlarning yashash sharoiti va ularning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro munosabatlarini

E. Populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini

5.Hozirgi kunda qancha hayvon turi yo’qolib ketish xavfi ostida

A.320 tur B.200 tur C.150 tur D.170 tur E.240 tur

6 . Ekologiyaning bo’limlari qaysilar .

A. Autekologiya

B. Sinekologiya

C. Populyatsiyalar ekologiyasi

D. Biosfera haqidagi ta’limot

E. Barchasi

7. “Avestoda “ necha xil suvga ta’rif berilgan .

A. 17 xil B. 25 xil C.20 xil D. 23 xil E.32 xil

8. Tirik tabiatning muhofaza etish ishiga kim katta hissa qo’shgan .

A. Vernadskiy

B. D.N. Kashkarov

C. Ernest Gekkel

D. O. Leopold

E. J.B. Lamark

9. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to’g’ risidagi qonun qachon qabul qilingan

A. 1895 yil oktabr

B. 1982 yil noyabr

C. 1997. yil dekabr

D.1996 yil sentabr

E. 1995 yil yanvar

10 . Suv tubida yashovchilar nima deb ataladi.

A. Plankton

B.Gidrobiont

C. Gumus

D. Bentos

11. Biosfera to’g’risidagi ta’limot asoschisi kim.

A.Vernadskiy

B. D.N. Kashkarov

C.Ernest Gekkel

D. O. Leopold

12. Noosfera so’zining ma’nosi .

A. Yunoncha “noos” aql sfera -shar

B. Yunoncha Atof –muhit

C. Yunoncha “noos” yer sfera -shar

D. Ingilizcha eko – hayot logos – fan

13. Noosfera atamasini fanga kim kiritgan .

A. D. N. Kashkarov

B. Le –Rua

C. V. L. Sukachev

D. A. Levinguk

14. Bir turdagi organizm bosha turdagi organizmning to’qimalari yoki oziq moddalari hisobiga yashaydi

A. Neytralizm

B. Mutualizm

C. Kommensalizm

D. Parazitizm

E. Yirtqichlik

15. Ma’lum yashash joyida o’z mavjudligini cheklanmagan uzoq muddat davomida ta’minlay olish va erkin chatisha olish qobilyatiga ega bo`lgan turalr yig’indisi nima deyiladi .

A. Gomeostoz

B. Populyatsiya

C. Klimaks

D. Boisenoz

E. Ekologik sukssesiya

16. Ayni bir hududda yashovchi tirik organizmlardan tashkil topgan o’z –o’zini tartibga soluvchi yaxlit biologik tizimganima deyiladi.

A. Gomeostoz

B. Populyatsiya

C. Klimaks

D. Boisenoz

17. Ozonnig miqdori necha km balandlikda eng yuqori , ya’ni ko’p bo’ladi .

A.15-17 km

B. 20-25 km

C.30-35 Km

D. 10- 15 km

18. Uzun kun o’simliklar

A. mosh , no’xat , loviya

B. javdar , so’li , bug’doy , arpa

C. Atirgul , xrezantema

D. Kartoshkagul , xrizantema

19. Baliqning ikra tashlashi uchun necha C harorat kerak.

A. + 11+16

B. +6+8

C. + 7+8


D. +10+11

20. Ekologik valentlik nima .

A . Organizmlarning omilga nisbatan keskinlik nuqtalari orasidagi chidamlilik chegarasi.

B. Ekologik omollarni muvozanatga solib turadi.

C. Ekologik omillarning organizmga kuchli ta’siri

D. Barcha javoblar to’g’ri.

21. Biotik omillar qanday guruhlarga ajratiladi .

A. fitogen , zoogen, mikrobiogen omillarga

B. Zoogen , mikrobiogen, mikogen.

C. Antropogen , abiotik , biotic

D. Fitogen mikrobiogen, mikogen .

22.Muhitning barcha omillari nechaga bo’linadi va ular qaysilar .

A.2 ga tuproq, subtropik .

B.2 ga biotic , abiotik

C. 2 ga biotic, antropogen

D.3 ga biotic, abiotik , antropogen .

23. Abiotik omillar qanday guruhlarga bo’linadi.

A. iqlimiy , edafik , orografik

B. Iqlimiy , topografik, biotic.

C. Edafik , orografik , topografik .

24. Yorug’likka nisbatan o’simliklar necha guruhga bo’linadi.

A.8 ta


B. 3 ta

C. 5 ta


D.7 ta

25. Bakteriyalar tomonidan chiqariladigan nurlar qaysi rangda bo’ladi.

A. Ko’k va qizil .

B. Ko’k va sariq.

C. ko’k va ko’k-yashil.

D.Qizil va sariq




ASOSIY BOSQICH
Mavzu: Atmosfera va uni muhofaza qilish.

Reja

1.Atmosferani tuzilishi.

2. Atmosferani ifloslanishini oldini olish.

3.Atmosferaning tarkibiy qismlari.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.”Ekologiya” I.Xolliev,A.Ikromov

2. „Tabiatni muhofaza qilish“ P.Barotov

3.Ekologiyadan qo’llanma”Yu.F.Maxmudov




YANGI MAVZU BAYONI:

Mavzu: Atmosfera va uni muhofaza qilish.

Birinchi bosqich: Atmosferani tuzilishi.

Yer kurrasini o‘rab olgan havo qatlami «atmosfera» deyiladi.Atmosfera o‘zining hajmi bo ‘yicha yer sayyorasining qolganqismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uningmassasi yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi,xolos. Atmosferaning yuqori chegarasi deb shartli ravishdayerning tortish kuchi bilan uningaylanishi evaziga markazdanintilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathdaatmosfera bilan yerning o ‘zaro bog‘lanishi yo'qoladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sath ellepsoidal yuzagacha bo‘lib, ekvatorda42, qutblarda 48 ming km. balandlikda joylashgan. Shungaqaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 % danortig‘i) uning quyi qatlamiga - troposfera va stratosferaga to ‘g‘rikeladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi,zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o ‘zgarib boradi.km]gg) Shimoliiuliis'i д/-—J Stattopatu^ S ifitefr ft2 0 0 m- t 1 -------- -4-m 4Юsoo. Atmosferaning erti tuzilishi va haroratning yuqui iga qarab o'zgarib borish sxemasi.www.ziyouz.com kutubxonasi Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havomassasining 0,8 dan ortiq qismini o ‘z ichiga oladi. Bu qatlamdabalandlikni har 1 km.ga ortishi bilan harorat o ‘rtacha -6°C gapasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km. boMib, ekvatorda 16-18 km.ni tashkil etadi. Zichligi esa,yerdan baland ko‘tarilgan sari kamayib boradi. Troposferaning yuqorida, stratosferaga o‘tish qismida harorat, aksincha, sovib-50°C dan -80°C gacha yetadi. Stratosferada yerdan 25 km.balandlikkacha harorat o‘zgarmay qoladi. Stratosfera bo ‘ylab quyoshning ultrabinafsha nurlari ta ’sirida ozon(03) hosil boMadi.U ning eng ko’p konsentratsiyasi yer yuzidan 22-25 km.balandlikda kuzatiladi. Ozon yer sathining yuqori kengliklaridako‘p, o‘rta va quyi kengliklarida kam kuzatiladi. Uning miqdori

faslga qarab ham o ‘zgarib turadi: bahorda ko‘payadi, kuzda esakamayadi. Yerdan 55 km. balandlikkacha harorat ortib, -3-0°Cga yetadi. Stratosferadan so‘ng m e z o s f e r a qatlami joylashgan bo’lMib, uning yerdan balandligi 85 km.gacha boradi. Bu qavatda

harorat asta-sekin pasayib, 85-95 km. balandlikda -100°C dan 130°C ga yetadi. Bu qavatdan yuqorida i o n o s f e r a yoki t e r m o s f e r a qavati joylashgan. Uning balandligi erdan 200-300 km.gacha boradi. Bu yerda harorat yana ortib 1000°C atrofida boMadi.Ionosfera qavatidan keyin e g z o s f e r a qavati keladi. Uning eng yuqori chegarasi yer sathidan 2000 km.balandlikda joylashgan.Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi neytralvodoroddan, proton va elektronlardan tashkil topgan.Eng toza havo okean suvlari ustidadir. Qishloqlar ustida havodagi chang zarralari miqdori okean yuzasidagiga nisbatan 10 barobar, shaharlar ustida 35 barobar, sanoat korxonalari ustida 150 barobargacha ortiq boMadi. Havoning chang bilan

ifloslanishi, asosan, yer sathidan 1,5-2 km. balandlikkacha kuzatiladi va quyosh nurlarini yozda 20 % ini, qishda 50 % initutib qoladi. Yerda hayotning davom etishi, asosan, havoning tozaligiga bogMiq. Masalan, inson ovqatsiz va suvsiz bir necha kun yashay olishi mumkin, ammo havosiz faqat 5 minutgina yashaydi. Bir kishi kuniga 1 kg ovqat va 2 litr suv iste’mol qilib,25 kg havoni nafas olish uchun sarflaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi Toza havo faqat inson uchungina emas, balki hayvonot va o ‘simlik dunyosi uchun, shuningdek, antibiotiklar, yarim o‘tkazgichlar, yuqori aniqlikka ega boMgan oMchov asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham zarurdir. 4-jadvalda atmosfera havosining gaz tarkibi, hajmi va massasining

1995 yilga q a d a r boMgan holati t o ‘g ‘risida m aM um otlarkeltirilgan.4-jadval

A tm osfera havosining tarkibi (1 9 6 5 -1 995-yillar davomida havo tarkibiga antropogen ta’sirlar ham hisobga olingan.Manba: G row -H illed)G a zla r nom i Hajmi b o 'yich a, % M assasi b o 'y ich a , %A zot 78.01 75.53Kislorod 20.95 23.14Argon 0.93 1.28Karbonat angidrid 0.036 0.051Neon 1.8*10'3 1.25*10'3

Geliy 5.24* I0"1 7 .24*10'5

Metan 1.7* JO"* 9.41 * I0 ‘5

Kripton 1.14* 10“* 3.3* КГ4

A zot oksidlari 5*10‘5 7.6*10"5

K o‘rinib turibdiki, ushbu gazlardan ikkitasi hajmi bo‘yichaasosiy tarkibni hosil qiladi. Bulardan azot 78% ni, kislorod esa21% ni tashkil qiladi. Bu gazlarni makrogazlar deb atash qabul qilingan. B ulardan tashqari havo tarkibida 1 % atrofida mikrogazlar deb ataluvchi gazlar ham mavjud. Mikrogazlarga uglerod qo‘sh oksidi(S02), uglerod oksidi, ozon, suv bugMari, metan, ammiak, azot oksidlari va boshqalar kiradi.

Ikkinchi bosqich: Atmosferani ifloslanishini oldini olish.

A tm o s f e r a n in g iflo sla n ish i deb, bir so‘z bilan aytganda, havotarkibiga begona moddalar va qo‘shimchalarning me’yoridanortiq to ‘planishiga aytiladi. Havoning ifloslanishi tabiiy yokisuniy(antropogen) bo’lishi mu m k in .www.ziyouz.com kutubxonasi T a b i i y i f l o s l a n i s h . Atmosferada doim o m a’lum miqdorda

changlar bo’ladi. U tabiatda sodir bo’ladigan tabiiy hodisalar natijasida hosil boMadi. Bunday changlarni 3 turga: ya’ni, mineral (noorganik), organik va koinot changlariga ajratish m u m k in . T o g ‘ jin s la r in in g y e m irilish i va n u ra s h i,vulqonlarning otilishi, to ‘qay va o ‘rm onlarga o ‘t ketishi,dengiz suvlarining parlanib havoda tuzga aylanishi mineralchanglarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Organik changlarhavoda yashovchi aeroplankton organizm lar, bakteriyalar,sporalar, o ‘simlik urug’lari, o ‘simlik va hayvonlarning chirindi

va c h iq in d ilari hisobiga hosil bo’ladi. K oinot changlarim e te o r itla r n in g a tm o s fe ra d a n o ‘tish v a q tid a y o n g a nqoldiqlaridir.

A n t r o p o g e n i f l o s l a n i s h asosan tra n sp o rt v o sitalarid a,sa n o a t k o r x o n a la r id a va e n e rg iy a ish la b c h iq a ru v c h itarm oqlarda organik yonilg’ilardan foydalanish natijasidahosil bo’ladigan chiqindilar va ajratm aarning havo havzasiga

tushishi o q ib a tid a sodir bo’ladi. A tm o sfera havosiningiflo s la n is h i m u a m m o si b u tu n in s o n iy a tn i ta sh v ish g aso lm o q d a . Bu m uam m o, a y n iq sa , s a n o a ti riv o jla n g a nm a m lak atlard a eng o ‘tkir m uam m olardan bo’lib turibdi.

Atmosfera havosi ifloslanishidan insonlarga yetkazilayotganzarar sanoat va maishiy chiqindilarni ochiq suv havzalarigatashlashdan yetkaziladigan zarardan kam emas.

A tm o s fe ra h av o si b itm a s -tu g a n m a s re s u rs la rkategoriyasiga kiradi. Ammo insonlam ing xo‘jalik faoliyatiatmosferaga t a ’sir k o ‘rsatadi va uning tarkibini o ‘zgartiribyuboradi. Bunday o ‘zgarishlar k o ‘pincha shunday katta va

tu rg 'u n ah am iy atg a egaki, uni him oya qilish choralariniko ‘rishga to ‘g ‘ri keladi.

Transport vositalari va sanoat korxonalari sonining yildanyilga k o ‘payib borishi, turli yonilgM lardan foydalanish,shuningdek, o ‘rmonlarning kamayishi, okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, yadro qurollarining portlatilishi natijasida atmosferadagi kislorod miqdori keskinkamayib, karbonat angidridi va azot oksidlari miqdoriningoshishi kuzatilm oqda.

www.ziyouz.com kutubxonasi9-rasm. Turli xil qazilma yonilg‘ilardan (ko‘mir, neft, tabiiy gaz)foydalanish natijasida atmosfera havosi tarkibida karbonat

angidridining oshib borishi(Manba: Keeling, Whorf, Wohlon va Wan der Plich, 1995).

Agar havo tarkibida k arbonat angidridi miqdori oshibboraversa, uning ifloslanishining oldi olinmasa, yana 50 yildanso'ng yer yuzasi harorati o'rtacha 1,5-3,0°C ga oshishi mumkin.N a tija d a m u z lik la rn in g erish i, okean suv lari sath in in g

ko'tarilishi, quruqlikning bir qismini suv bosishi, geografikmuhitning o'zgarishi sodir bo'ladi.

A k adem ik A .P. V in o g rad o v va F ra n su a R am ada ma’lumotlariga ko'ra , h ozirga kelib a tm o sferad ag iuglerod(II)oksidi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu holat yonishhisobiga yo'qolgan kislorod miqdoriga mos tushadi. Yer yuzidainson paydo bo'lib olov hosil qilishni bilgandan boshlab, tokishu kunga qadar yondirilgan yonilg'ilar uchun sarf bo'lgankislorod 273 milliard tonnani tashkil qilgan. Shundan 246milliard tonnasi yoki 90 foizi keyingi 100 yillikka to'g'ri keladi.

Uglerod aylanma harakatining buzilishi va atmosferada SO,ning yig'ilishi Yerdagi kimyoviy m uvozanatga katta t a ’sirko'rsatadi. Atmosfera havosi asosan yonilg'i resurslaridanfoydalanish ko'lamining o'sishi hisobiga ifloslanadi. Hozirgikunga kelib yonilg'i resurslaridan foydalanish 22 milliard tonnashartli yonilg'i birligiga yetdi. Buning yarmidan ko'pi rivojlangandaviatiar hissasiga io ‘g‘ri kelaui. Y onilg'ilar yondirilgandawww.ziyouz.com kutubxonasi10 -rasm. Atmosferada zararli gazlar miqdorining oshib borishi bilano'rtacha haroratning o'zgarishi o'rtasidagi bog'liqlik.

atmosferaga asosan uchuvchan qurum, oltingugurt va azotoksidlari chiqadi. Ba’zan gazlar vanadiy, ftor birikmalari, chalayongan m a h su lo tla rn i o ‘zida saq lag an boMadi. S a n o a tk orxonalari va tran sp o rt vositalarining ja d a l s u r’atla rd a

rivojlanishi va katta m iqdorda yonilg‘ilarning yondirilishinatijasida atmosferadagi erkin kislorod zaxiralari tez sur’at bilansa rf b o ‘lm oqda va u g lerod(II)oksidining m iqdori keskinoshmoqda. Oqibatda tabiatda uglerodning aylanma harakatibuzilmoqda.

A t m o s f e r a h a v o s i n i i f l o s l a n t i r u v c h i m a n b a l a r . Rasm iy

m a ’lum otlarga qaraganda, atmosferaga dunyo b o ‘yicha 50m illion to n n a har xil uglevodorodlar, 260 m illion tonnaoltingugurt oksidlari, 50-60 million tonna azot oksidlari, 2m illion to n n a d an o rtiq ro q chang va kulsim on m o d d alar

tashlanmoqda. Atmosfera havosining kundan-kunga, yildan-yilga bunchalik ifloslanib borishida avtotransportlarning «aybi»borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Hozirgi kunda dunyo bo ‘yicha500 milliondan ortiqroq avtomobil mavjud bo‘lib, ular yiliga 3

milliard tonnadan ortiq uglevodorod yoqilg‘isini sarflamoqda,uning yonishi natijasida atmosferaga juda katta miqdorda zararligazlar ajralib chiqmoqda. Hisob-kitoblarga k‘ra, yer yuzasidagibarcha avtomobillar bir sutka davomida atmosferaga 0,5 million

tonna uglerod oksidi, 1000 tonna uglevodorodlar, 26 ming tonnaazot oksidlari va benzin bug‘lari chiqaradi. 100 km. yurgan bittaavtomobil bir kishi bir yil davomida nafas olishi uchun sarf boMadigan kislorodni yoqib yuboradi. 1 ta yengil avtomobil bir www.ziyouz.com kutubxonasi yilda atmosferaga 297 kg zaharli is gazi, 39 kg uglevodorodlardaniborat konserogen moddalar, 10 kg zaharli azot oksidlari, 2 kgchang, 1 kg oltingugurt oksidi va nihoyat 0,5 kg o ‘ta zaharliq o ‘rg ‘oshin birikmalarini tashla moqda.Karbyuratorli dvigatellar bilan ishlovchi avtomobillarning so‘ndirgichlaridanchiqadigan asosiy zararli gazlar uglerod va azot oksidlari,u g le v o d o ro d la r h iso b la n sa , dizel y o n ilg ‘isiga ishlovchidvigatellarda azot va oltingugurt oksidlari hamda qurumdir.

Shuni ham t a ’kidlash joizki, avtom obillardan chiqadiganqo‘rg‘oshin zarrachalarining 40 foizi diametri 5 mkm. dan kichikbo‘lgan zarrachalardir. Ular uzoq muddat davomida muallaqholatda turish va havo orqali hayvonlar va insonlar organizmigakirish xususiyatiga ega. M a’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, AQSHva Yaponiyada atmosferani ifloslantiruvchi manbalar ichidaa v to tra n s p o rt v o sita lari oldingi o ‘rinda tu rad i. X orijiymamlakatlar atmosferasini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi,

uglevodorodlar va azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning60-70 % ini tashkil qilsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich 35foizni, ayrim shaharlard a (Andijon, Buxoro, S am arqand,Toshkent) esa 80 foizni tashkil qiladi. M ustaqil D avlatlarH amdo‘stligi hududlarida avtotransport vositalari tomonidan1988-yilning o ‘zida 35,8 million tonna zararli tashlamalar havogachiqarib tashlangan. M oskva, Sankt-Peterburg, Toshkent,

Yerevan va boshqa shaharlar havosida is gazi ruxsat etilganme’yordan 3-10 marta ziyod ekanligi qayd etilgan. Bu boradakundan-kunga ko'payib borayotgan havo laynerlari ham o'zhissasini q o ‘shmoqdalar. Jumladan, «Boing-707» tipidagi bittahavo layneri 6850 ta avtomobildan chiqadigan zaharli gazlarniatm osferaga tashlaydi. Bunday va bunga o ‘xshagan havolaynerlaridan necha minglab uchib yurganligi hisobga olinsa,ularni havo muhitiga yetkazayotgan zararini tasaw ur qilish qiyinemas. Hozirgi vaqtda biosfera turli tashqi kuchlar ta ’siri ostidayildan-yilga o ‘zgarib bormoqda.Dizel dvigateli bilan ishlaydigan traktor va kombaynlar hamatmosferani ifloslaydi. Bu mashinalar katta maydonlar bo‘ylabtarqoq holda ishlasa-da, ulardan chiqqan zararli gazlar tezlik

bilan havoga tarqaladi. Shuning uchun ulardan foydalanilgandawww.ziyouz.com kutubxonasiy o n ilg 'i t a ’m in o ti va yonish tizim larin i sozlab, t o 'g 'r i

ekspluatatsiya qilish lozim. Ko'plab benzin va kerosinlar ularnisaqlash, avtomashinalardan traktor va kombaynlarga quyishvaqtida bug'lanadi.Atmosferani ifloslantirishda transport vositalarining «hissasi»respublikamiz hududida yuqoriligicha qolmoqda. Respublikabo'yicha bu ko'rsatkich 35 foizni, ayrim shaharlarda (Andijon,

Buxoro, Samarqand, Toshkent) esa 80 % ni tashkil etadi. Keyingiyillarda olib borilgan kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, rak kasalligikelib chiqishida avtomobilda yonilg'ining chala yonishi natijasidaajralib chiqadigan aromatik uglevodorodlar ham rol o'ynashi

m a ’lum bo'ldi. Sanoatlashgan va transport harakati kuchlirivojlangan hududlarda bu kasaldan nobud bo'lish, boshqaregionlarga nisbatan 15-30 % ortiqligi aniqlangan.

1 1-rasm. Energetika korxonalari tashlamalari.Sanoat tashlam alarining kimyoviy tarkibi yonilg'i turiga

(qattiq, suyuq, gazsimon) va uni yondirish usullariga ko 'raturlicha bo'ladi. K o'm ir, neft, gaz yonilg'ilari yonganda turlisabablarga k o 'ra to 'la yonmaydi. Shuning uchun sanoatkorxonalaridan atm osferaga katta m iqdorda chala yonganzarrachalar (qurum, kul, chang) va zararli gazlar (uglerod qo'shoksidi), uglevodorodlar, oltingugurt birikmalari, oltingugurt (II)oksidi, azot oksidlari chiqadi. Quyidagi rasmlarda O'zbekistonRespublikasi hududida joylashgan sanoat korxonalaridan

atm o sferaga tashlanadigan chiqindilarning solishtirma miqdorlari keltirilgan.www.ziyouz.com kutubxonasi12-rasm. O 'zbekiston b o'yicha neft va gaz sanoati korxonalaridanh avoga chiqadigan tashlam alar miqdori (m ing tonna hisobida).13-rasm. O 'zbekiston bo'yicha m etallurgiya sanoati korxonalaridan

havoga chiqadigan tashlamalar.qattiq 90л CO N O. O 'zbekiston bo'yicha yengil sanoat korxonalaridan havogachiqadigan iasiiiainaiarning miqdori.www.ziyouz.com kutubxonasi qatliq CO NOT uchuvchan orfanikbirikmalar15-rasm. 0 ‘zbekiston bo'yicha oziq -ovq at sanoati korxonalaridanhavoga chiqadigan tashlam alarning miqdori.qitftil NOxCm Hr1. O 'zbekiston bo'yicha kim yo san oati korxonalaridan havoga chiqadigan tashlam alarning m iqdori. O 'zbekiston bo'yicha kom m unal xo'jaligidan havogachiqadigan tashlam alarning m iqdori.www.ziyouz.com kutubxonasi

Sanoat korxonalari tashlam alarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga « t a s h k i l e t i l m a g a n t a s h l a m a » l a r kiradi. U lar k o rx o n a la rn in g to zalash q u rilm a la ri bilan to 'lat a ’m inlanm aganligi, m a teriallarn i tashish t o 'g 'r i tashkiletilmaganligi, xomashyolarni saqlash qoidalariga yetarli amalqilinmasligi natijasida hosil bo'ladi. Ikkinchi guruhga « t a s h k i l e t i l g a n t a s h l a m a » l a r mansub. Bunday tashlamalar maxsus tutun mo'rilari, dudburonlar, ventilyatsiya tizimlari kabilarni tashkiletish orqali kamaytiriladi. Ayniqsa, kimyo, metallurgiya, neftniqaytaishlash sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishkorxonalarining tashlamalari juda xavfli. Toksik moddalar inson organizmiga havo orqali kirib, shu ondayoq qonga so'riladi.U larning xavflilik d arajasi oshqozon-ichak tra k ti orqalibo'ladigan ta ’sirdan bir necha marta kuchli bo'ladi. Qora va rangli metallurgiya korxonalari chang, oltingugurtgazi, uglerod va azot oksidlarini havoga chiqaradi. Alyuminiysanoati esa atmosfera havosini ftor bilan ifloslantiruvchi manba hisoblanadi.

Amerika olimlari m a’lumotlariga ko'ra, sement zavodlaridabir tonna sement m ahsulotini ishlab chiqarish m obaynidataxminan 100 kg sement changi havoga chiqariladi. Sementzavodlari joylashgan hududlar havosining ifloslanishi korxona

atrofidagi 1000 m etrgacha bo'lgan m intaqaning tuproq vao'simliklar qoplamining kuchli darajada ishdan chiqishiga olibkeladi. Sement changlari tuproq ustida yigkilib, uning ichigachakirib boradi va tuproq yuzasida o'ziga xos texnogen qatlam

shakllanadi.Issiqlik elektr stansiyalaridan olinadigan elektr quvvati asosan

ko'm ir, mazut, gaz kabi yonilg'ilar yonishining hosilasidir.Masalan, bir kvt/soat elektr quvvati olish uchun 290-350 gramrnko'mir kerak bo'ladi. Tabiiyki, toshko'mirning yonishi natijasidauchuvchan chang, qurum, kul paydo bo'ladi. Bu m urakkab

aralashm alar zaharli gazlar bilan birga atm osfera havosigatarqaladi. Toshko'mir tarkibidagi oltingugurt yonish jarayonidasiilfiH angidridiga aylanadi. u esa o'z navbatida havo havzasigatushib, uni ifloslantiradi. Moddalar yonishidan hosil bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasiyuqori darajali harorat alanga atrofida havodagi azot bilan

birikib tajovuzkor azot oksidiga aylanadi. Atmosfera havosigauchib chiqadigan is gazi va uglevodorodlar salmog'i yonilg‘1(ko'mir) yondirilayotgan jarayonga bog'liq bo'ladi. Toshko'mirqanchalik to'la-to'kis yonsa, chiqindi moddalar shunchalik kam

bo'ladi. M a’lumotlarga qaraganda, 1000 mVt quvvatga egabo'lgan issiqlik elektrostansiyalari yil davomida 3800 tonna turlitarkibli zararli chiqindilarni atmosferaga chiqarib tashlaydi.Shuningdek, bir tonna toshko'mir yonganda havoga 83,4 kgoltingugurt oksidi, 44,1 kg azot oksidi, 374 kg chang, 1,1 kg is gazi, 0,4 kg uglevodorodlar va 0,01 kg aldegidlar ajralib chiqadi.O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 2600 dan ortiq k o rx o n a la rd a n yiliga 164 ming to n n a 150 tu rd ag i

ifloslantiruvchi m oddalar havoga chiqarib yuborilm oqda.U la rd a n 87%i re sp u b lik a n in g asosiy san o at p o te n sia li hisoblangan Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Farg'ona, Navoiy viloyatlarida joylashgan korxonalar hissasiga to'g'ri keladi. 1987-

yilda sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga tashlangan chiqindilar miqdori respublikada aholi jon boshiga 150-211 kgni tashkil qilgan bo'lsa , 1996-yilda O 'z b e k iston bo'y ic h a atm osferaga tu rg 'u n va harakatlanuvchi m anbalardan 1,8

million tonna zararli moddalar tashlangan. Bu ko'rsatkich 1991-yildagidan 2 million tonna, 1995-yildagidan esa 165 ming tonna kam demakdir. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish natijasida jam i 32,7 ming tonna chiqindi tashlanib,

shundan ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va obyektlarini to 'x ta tib q o 'y is h hisobiga 3,58 ming tonna tashlamalar qisqargan. (Keltirilgan m a’lumotlarda atmosferaga aviatsiya,temiryo'l, daryo transportlari, hayvon saqlash majmualari,

shaxsiy isitish pechlari, chiqindixonalarning yondirilishi, karyer changlari va boshqa ifloslantiruvchi manbalardan chiqariladigan tashlamalar hisobga olinmagan).

Umumiy ifloslantiruvchi tashlamalarning 53% ni uglerod oksidi, 15% ini oltingugurt angidridi va 15% ini yuqori toksiklik hossasiga ega bo'lgan moddalar, 8 % ini uglevodorodlar, 5% ini qattiq moddalar va 4% ini azot oksidlari tashkil qiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi T urg'un m anbalardan atmosferaga 150 dan ziyod zararli

m o d d a la r c h iq a rib y u b o rilm o q d a . S h u la rd a n 84% ini Toshkent(300 ming tonna), Qashqadaryo (214 ming tonna), Buxoro(99 ming tonna), Farg'ona(57 ming tonna) va Navoiy(47 ming tonna) viloyatlarida joylashgan korxonalar hissasiga to 'g'ri

keladi.


Ikkinchi bosqich: Atmosferada kechadiga fizik va kimyoviy jarayonlar.

«Issiqxona effekti» hodisasi. Bir qator mikrogazlar yerning issiqlik muvozanatining o'zgarishida muhim rol o'ynaydi va yer yuzida asta-sekin haro ratn i oshib borishini xarakterlovchi«issiqxona effekti» deb ataluvchi hodisani sodir qiladi. Bu hodisaning sodir bo'lishida asosiy o'rinni egallovchi gazlar y o rug'lik nurlarini o'zid an o 'tk azib yuborsa-da, infraqizil nurlarni tutib qoladi. Quyosh nuri atmosfera orqali o'tib, yerning

yuza qatlamini isitadi va yer o'zidan issiqlik hamda infraqizil nurlarni qaytaradi. Atmosferadagi «issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlar miqdorining o'zgarmasligi natijasida yerning issiqlik balansi doimiydir. Agar ularning konsentratsiyasi havo

tarkibida oshib borsa, shunga monand ravishda harorat balansi ham o'zgarib, yer yuzasining isishi sodir bo'ladi. «Issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlardan 3 tasi, ya’ni uglerod qo'sh/pksidi, metan va suv bug'lari eng ko'p ahamiyat kasb etadi.

C h u n k i, aynan u la rn in g k o n se n tra tsiy a la ri b io sfe ra g a an tro p o g en t a ’sirlar n atijasid a tez oshib boradi. Issiqlik nurlarining «soya solish» xususiyati metan va ayniqsa, azot gemoksidi molekulalarida yuqori, ammo uglerod qo'sh oksidi

molekulasida bu xususiyat nisbatan past. Uglerod qo'sh oksidi atmosferaga organik yonilg'ilarni - neft, gaz, ko'm ir, o'tin boshqa yonilg'ilarning yonishi hamda organizmlarning nafas olishi hisobiga chiqariladi. Bunday mikrogazlar oqimi bo'lib

dunyo okeanlari ham xizmat qiladi. Dunyo okeanlari suviningtubida yotqiziqlar ko'rinishida to'planadigan karbonatlar shular jumlasidandir. Uglerod qo'sh oksidining katta qismi fotosintez ja ia y o n id a hosil b o 'la d i va yangi hosil b o 'lg a n organik

birikmalar tarkibiga kirib birikadi. www.ziyouz.com kutubxonasi

Ozon qavatining yemirilishi. Ozon qavatining yemirilishi haqida olimlar 50-yillarning boshida ogohlantirishgan edi. Uning yem irilishi yuqori tovushli sam olyotlar tashlaydigan azot oksidlari bilan bog‘liq degan fikrni ilgari surganlar. Ammo 1974-

yilga kelib ozon ekranidagi « teshiklar» su n ’iy kim yoviy birikm alar - ftor-xlor uglerodlar(FX U )ning t a ’siri natijasi ekanligi aniqlandi. Bu gazlar parfyumer sanoatida, sovutkich qurilmalari, kondensionerlar va o‘t o ‘chirish vositalari ishlab

chiqarishda keng ishlatiladi. Yer sharining har qanday regionidan atm osferaga tashlanadigan FXU butun atm osfera b o ‘ylab ta rq a la d i va A n ta rk tid a u stid a o ‘ziga xos m a ’lum bir chegaralangan qutb girdobiga tushadi. Bu holat yopiq qozonni

eslatib, butun qish va bahor fasllari davomida havo massasining almashinuvi sodir bo‘lmaydi va ozonning yemirilishiga ham hech narsa to ‘sqinlik qilmaydi. Hozirgi kunda Antarktidadagi ozon teshigining yuzasi AQSH hududiga teng boMgan m aydon

o ‘lchamiga yaqinlashgan. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, 1978- yildan 1984-yilga qad ar ozon m iqdori 3 % ga kam aygan. Antarktida ustidagi ozon qatlami tezlik bilan yemirilmoqda va hozirgi vaqtda uning qalinligi 1960-yillardagiga nisbatan 2 marta

kamaygan. Yuz minglab zavodlar m o‘risidan chiqayotgan gazlar ozon qatlami qalqonining teshilishiga sabab bo ‘lmoqda. Agar butun dunyodagi mamlakatlar havoga tashlanayotgan bunday zarar keltiruvchi moddalar chiqishini to ‘xtatib qo‘yganda ham,

ular atmosferada bir necha yil saqlanadi (18-rasm). Erkin holdagi xlor miqdori atmosfera qatlamlaridagi ozon teshigi mintaqasidan 100-400 marta katta.

Ozon qavatining yemirilish muammosini hal etish maqsadida 1965-yilda «Ozon qavatini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasi imzolangan. 1987-yilda M onreal konferensiyasi bo‘lib, unda 56davlatdan vakillar qatnashdilar. Konferensiyada

ozon qavatini yemirilishga olib keluvchi zararli frionlarni ishlab chiqarishni 50 % ga kamaytirish, ularni xlorsiz moddalar bilan almashtirish, ftor va aerozollarni qoMlashni taqiqlash, uning o ‘rniga boshqa ekologik jihatdan toza gazlardan foydalanish

kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi va bayonnomalar imzolandi. www.ziyouz.com kutubxonasi 90 SG 70 60 Shintol 50 40 30 20 IQ 0 10K «iglik(d «aja) 30 60 70 30 90

J inub. A tm osferada ozon, aerozol va suv b ug‘larining tarqalishi,harakati va saqlanib turish vaqti (M anba: F.R om adi, 1998).1989-yildan buyon 0 ‘rta O siyo g id ro m e te o ro lo g iy a boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda Markaziy Osiyoning tog‘lari va tog‘ oldi hududlarida ozonning umumiy miqdori(OUM) o ‘rganib kelinmoqda. Uchta respublika hududida joylashgan 10 ta stansiyadan iborat ozonometriya tarm og‘i

tashkil etilgan. Ulardan 5 tasi 0 ‘zbekiston hududida kuzatuv ishlari olib boradi. Kuzatuv postlari M-124 rusumli ozonometrlar bilan jihozlangan. MS «Toshkent» deb nomlangan stansiyadan tashqari barcha stansiyalarda kuniga 3 martadan tushlikka yaqin

OUM kuzatiladi. MS «Toshkent» stansiyasida 1993-yilning noyabr oyidan boshlab kuzatish olib boriladi va olingan m a ’lu m o tla r h ar kuni S a n k t-P e te rb u rg d a g i m a rk a z iy observatoriyaga jo ‘natiladi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad,

x a lq a ro tizim d a m a ’lu m o tla r alm ash in u v id ir. Q olgan stansiyalardan olingan m a’lumotlar yig‘iladi va 0 ‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tekshirish institutida tahlil qilinadi. Hisob-kitoblarningko‘rsatishicha, Toshkent ustida OUM 1989-

yilda 10-12 %ga kamaygan. OUM fasllarga qarab o‘rganilganda uning kam ayishi kuz faslida sodir b o ‘lishligi aniqlangan. Markaziy Osiyo tog‘landa ozon qatiamining yemirilayuiganligini www.ziyouz.com kutubxonasi M eteor-3 rusumli su n ’iy yoMdoshga o ‘rnatilgan «TOMS» apparati m a’lumotlari ham tasdiqlaydi. Ozonning minimum P om ird a, ehtim ol, H indiqush va Him olay to g ‘larigacha cho‘zilgan bo‘lishi mumkin. Respublikaning 8 ta sanoatlashganshaharlarida kimyoning «nam» usulida yer yuzasidagi toksik ozonni kuzatish ishlari olib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra ozon miqdori 0,006 dan 0,056 gacha o ‘zgarib turadi. Shu bilan birga

ozon konsentratsiyasining har yili 1-4 % ga oshayotganligi kuzatilmoqda. «Fotokimyoviy smog». «Smog» so‘zi birinchi marta 1905-yilda ishlatilgan boMib, uni ingliz tilidan tarjimasi tutun m a’nosini beradi. Sanoat korxonalari va transport vositalaridan ajralib chiqayotgan gazlar tufayli havoning og‘irlashib, sarg‘ayib tuman

hosil boMishi kuzatiladi. Smog hosil boMganda havoda juda yomon qoMansa hid paydo bo‘ladi. Uning miqdori qancha ko‘p boMsa, odamlar o ‘zini shuncha yomon his qiladilar. Bunday hodisa birinchi m arta L ondonda kuzatilganligi sababli, u

«London smogi» deb atalgan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, London smogining hosil bo‘lishida S 0 2gazi asosiy rol o ‘ynaydi. Smog vaqtida uning atmosferadagi konsentratsiyasi 5-10 mg/m3 va undan ortiq bo‘lgan. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki,

qayerda oltingugurtga boy yoqilg‘ilar ishlatilsa, o‘sha joyda smoghosil boMishi ortadi. Smog hosil bo ‘lish sabablarini o ‘rganish natijasida shu narsa m a’lum boMdiki, yilning issiq kunlarida va kuzning dastlabki oylarida London smogidan farq qiladigan boshqa xil smoglar hosil boMishini kuzatish mumkin. Bunday smog birinchi marta AQSH ning Los-Anjelos shahri tepasidakuzatilganligi sababli, uni «Los-Anjelos» smogi deb ataladi. Bunday smog quyosh nuri ta ’sirida yuz berganligi m a ’lum

boMgandan keyifi unga «fotokimyoviy smog» deb nom berildi. Keyingi yillarda sanoat korxonalarini va k atta tran sp o rt yo‘llarini shaharlar tashqarisiga chiqarilganligi sababli London smogining hosil boMishi ancha kamaydi. Ammo hozirgi bir

vaqtda dunyoning deyarli hamma katta shaharlari osmonida fotokimyoviy smogning hosil boMishi ortmoqda. M a’lumki, London smogi hosil boMishida asosiy rolni S 0 2 va sanoat korxonalaridan chiqayotgan har xil chiqindilar o ‘ynasa, bu www.ziyouz.com kutubxonasi smogning hosil bo'lishida asosiy rolni har xil fotooksidantlar, ya’ni oksidlovchilar o'ynaganligi sababli, uning hosil bo'lishida uni hosil qiluvchilar orasida ikkilamchi jarayonlar ketib, bu jarayonlar natijasida hosil bo'lgan m oddalam ing zaharliligi dastlabki moddalarga nisbatan bir necha m arta ortib ketadi.Yana shunisi ham xarakterliki, fotokimyoviy smogni hosil qilishda ishtirok etadigan gazlar konsentratsiyasi London smogini hosil qiladigan gazlar konsentratsiyasidan ancha kam

bo'lishi ham mumkin. Fotokimyoviy smog davrida havoningrangi ko'k-sariq rangga kiradi. Havoning hidi qo'lansa bo'lib qoladi va ko'rinishi keskin yomonlashadi. Fotokimyoviy smog sharoitida kishilarning hid sezish va ko'rish a ’zolaridan suyuqlik

ajralib chiqishi tezlashadi. Yuqori nafas organlarining faoliyati buziladi. Agar odamda doimiy davom etadigan bronxial astma va bronxit kasalligi bo'lsa, ular bunga juda sezgir bo'lib, deyarli doimo fotokimyoviy smog davrida takrorlanadi. Ko'pincha uy

hayvonlari, it va mushuklarning o'limiga sababchi bo'ladi.O'simliklar zararlanib, dastlab barglarida suv to'planishi tufayli shishadi, s o 'n g ra q o v jirab quriydi. F otokim yoviy smog imoratlarga ham salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Ularning temir-beton konstruksiyasi qism larini yemiradi. B o'yalgan joylaridagi bo'yoqlar yoriladi. Rezina va sintetik materiallar ishdan chiqadi.Transport qatnovi qiyinlashadi. Bunda o'z-o'zidan shunday

savol tug'iladi, xo'sh, fotokimyoviy smogning hosil bo'lishida asosiy rolni nima o'ynashi mumkin? Kimyogarlar, mediklar va boshqa mutaxassislar kutilmaganda fotokimyoviy smogni kelib chiqishida asosiy rolni ilgaridan o'zining davolash hossalari bilan

m ashhur b o 'lg a n , so g 'liq n i saqlash va boshqa davolash m u a ssasalarid a fo y d ala n ib kelingan ozon b o 'lib chiqdi. Ozonning zararli hossaga ega bo'lib qolishining sababi shundaki, uning konsentratsiyasi fotokimyoviy smogning hosil bo'lishida

odatdagidan bir necha marta ortishidir. K i s l o t a l i y o m g ‘ i r l a r . Atmosferaning oltingugurt va azotgazlari bilan ifloslanishi bilan bog'liq holda yog'inlarning kislotaga aylanishi namoyon bo‘ladi. Bunday hodisa, odatda, atmosferaga oltingugurt va azot gazlari chiqaradigan yirik sanoat korxonalari osmonida sodir bo'ladi va bulutlar yordamida www.ziyouz.com kutubxonasi h a ra k a tla n ib , boshqa hududlarga ham yog‘ishi mum kin.M a sa la n , G erm an iy a va Buyuk B ritaniya h u d u d la rid a joylashgan korxonalardan tarqalgan azot va oltingugurt gazlarihavoga chiqib, undagi suv bug‘lari bilan birikib, kislotali yomg‘irni hosil qiladi va bu hudud uchun asosiy hisoblangan g‘arbiy shamol yo‘nalishiga tushib, Skandinaviya, Baltika va Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismining katta hududlariga borib yog‘adi. Kislotali yomg‘irlar ayniqsa nordon tarkibli tuproqlar uchun ju d a xavfli. Chunki bunday yom g‘irlar tuproqdagi

moddalar almashinuvini buzadi, ular tuproq tarkibidagi og‘ir m etallarni yuvadi. N atijada tuproqning toksiklik hossalari oshadi, kalsiy m iqdori kam ayadi va o ‘simlikning o ‘sishi to ‘xtaydi. K anada va Shvetsiyaning ko ‘pchilik ko4llari ekologik

jihatdan o ‘lik hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Skandinaviya davlatlaridagi qator ko‘llar suvining kislotalilik darajasi pomidor sharbati va sut zardobi kislotaligiga, bu yerda yog‘adigan yog‘inlarning kislotaliligi esa oshxona uksusi va nordon uzum vinosi kislotaligiga teng. Bu borada Norvegiyada ham holat og‘ir. Bu davlatda atmosferaga oltingugurt birikmalari c h iq a rilm a y d i, ch u n k i elektr energiyasi asosan gidroelektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. Ammo, atrofdagi togMar o ‘ziga xos o ro g rafik q o p q o n vazifasini b ajarib , kislotalangan iflos yog‘inlarning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Natijada suvning kimyoviy tarkibi o ‘zgaradi. Hozirgi kunda

Norvegiyadagi k o ‘llarning deyarli yarmida hayot alomatlari tugagan. Oltingugurt angidridi havodagi suv va bug‘lar bilan o ‘zaro ta ’sirlashib sulfat kislotasi ko‘rinishida binolar ustiga yog‘ishi natijasida binolar tez eskiradi va buziladi. Kislota saqlovchi yomg‘irlar va bug‘lar tomlardagi temir tunukalarni korroziyaga uchratib, tez ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Kimyo korxonalari joylashgan mintaqalarda havodagi zararli moddalar konsentratsiyasi qishloq joylaridagiga nisbatan yuqori bo‘lgan

sharoitlarda temir va uning qotishmalarini korroziyaga uchrash tezligi 20 marta, alyuminiyli qotishmalarniki esa 100 marta tez kechishi aniqlangan. Atmosferaning ifloslanish darajasining 2 marta ortishi, sanoat uskunalarining xizmat qilish muddatini

birinchi kapital ta ’mirgacha 1,5 marta qisqarishiga olib keladi.www.ziyouz.com kutubxonasi Kislotali yomg‘irlardan himoyalanish usullaridan biri turli

xil yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirish vafreonlar ishlab chiqarishni taqiqlashdan iborat. Azot oksidlarimiqdorini yonilg‘i yonish haroratini pasaytirish, y a ’nitexnologiyani o‘zgartirish yo‘li bilan qisqartirish mumkin.Baland mo‘rilar qurib, azot va oltingugurt tashlamalarini ularchiqayotgan manba atrofida kamaytirish vaqtinchalik va oxirigan yetkazilmagan tadbirdir. Ko‘l va tuproqlarning ifloslanishini kamaytirish uchun ularga ohak bilan ishlov beriladi yoki suvga va tuproqqa ishqoriy moddalar(masalan, kalsiy karbonat) qo‘shiladi.


T- JADVALI

Atmosfera


afzalligi

kamchiligi







Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xoxlayman organayzeri ishlashadi.

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni xoxlayman












V.Yakuniy qism.

O’quvchilarni rag’batlantirish. O’quvchilarni baholash.



VI. Uyga vazifa.

Mavzu bo’yicha test tuzib kelish.







Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə