Marko Poloning sayohati
Venetsiyalik
Marko Polo
(taxminan 1254-1324-yillar) o'sha vaqt-
larda unchalik ma’lum bo'lmagan Osiyo bo'ylab sayr qilgan birin
chi sayyohdir. U sharq davlatlari va xalqlarini aniq va batafsil ta’riflab
bergan hamda Yevropa uchun sirli
Xitoyni
ochgan.
Marko Poloning otasi va amakisi savdogar bo'lib, Sharqda savdo-
sotiq bilan shug'ullanishgan. Ular ko'p yillar
Chingizxonning nabira-
si Xubilay xonga xizmat qilishgan. 1270-yilda ular Venetsiyaga qaytib
kelishgan, biroq birmuncha vaqt o'tib Eron orqali Mog'uliston impe-
riyasiga va
Oltin 0 ‘rdaga
qarab yo'l
olishgan, bu safar ular o'n yetti
yashar Markoni ham o'zlari bilan olib ketishgan. 1271-1275-yillarda ular
dengiz orqali Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy qirg'oqlariga chiqish-
gan, u yerdan quruqlik orqali Xitoyga (Arman tog'lari, Mesopatami-
ya, Eron tog'lari, Pomir va Qoshg'ar orqali) borishgan.
Xitoyda Polo
Xubilay xonga yoqib qolgan va unga 15 yil xizmat qilib, yaxshi marta-
balarga erishgan, xizmat davomida u mamlakatning
turli viloyatlari-
ga tashrif buyurgan. U mamlakatni boshqarish qanchalik murakkab
ekanligiga ishonch hosil qilgan, masalan uning pochtatizim i shuncha-
lik samaradorli ediki, imperiyaning turli burchaklaridan
xabarlar atigi
bir necha soat ichida poytaxtga yetib kelardi (300 ming ot pochta xiz-
matini amalga oshirardi).
Venetsiya. Marko
Poloning Osiyoga
safari shu yerdan
boshlangan
Marko Polo
buyuk xon saroyida
10 yildan ortiq
xizm at qildi
1295-yilda Venetsiyaga qaytgan Marko Polo Genuya bilan bo'lgan
to'qnashuvda ishtirok etadi va 1297-yilda asirga tushadi. Qamoq-
da o'tirgan vaqtida u hamxonasiga o'z sayohati haqida gapirib berib
yozdiradi.
Dostları ilə paylaş: