savdo qilish juda xavfli va unchalik ham foyda keltirmaydigan ish
bo'lib tuyuladi va shimolga qarab yurishni to'xtatadi.
Keyingi yillarda Ibn Battuta 0 ‘rta Osiyo va Hindistonga safar qi
ladi. Hindistonda u sakkiz yil bo'ladi. 1342-yilda hind sultoni uni Xi
toyga yuboradi, biroq bu safar amalga oshmaydi.
Keyinchalik Maldiv
orollari hokimida xizmat qilib bo'lganidan so'ng u Seylonga tashrif
buyuradi va nihoyat Xitoyga yetib boradi.
1349-yilda Ibn Battuta Seylon, Arabiston
va Misr orqali vataniga
qaytadi, biroq bu bilan uning sayohati tugamaydi. Ispaniyaga tash
rif buyurganidan so'ng u yana Afrikaga, sirli shahar
Timbuktuga
(Mali) jnaydi. U 1352-yilda yo'lga chiqadi. Bu uning eng yirik eks
peditsiyasi edi. Maliga yo'l olgan Ibn Battuta Sahroyi Kabir cho'llarini
kesib o'tadi. Yo'l juda qiyin bo'lib chiqdi, sahro qaroqchilar bilan to'lib
toshgandi, shu sababli sayohatchi karvonga qo'shilib oladi.
Karvon
birinchi marta Tagazda qo'nib o'tadi. Battutaaning guvohlik beris-
hicha u yerdagi barcha uylar tuzdan va tuya terisidan qilingan edi.
Sayohatchilar o'zlari bilan o'n kunga yetgulik suv olvoladilar: Tasara-
ligacha shuncha kun yo'l yurilishi kerak edi. So'ngra esa yangi zaxi-
ralar bilan Valataga yetib olishadi.
Battuta
Maliga yetib keladi, so'ngra Ni
ger daryosigacha boradi. Yo'l juda xatarli
edi, biroq Ibn Battuta Malining boy Tim
buktu shahriga borib yetadi va imperator
Sulay-monning saroyida bo'ladi.
Ibn Battuta ellikka kirgandan so'ng
tug'ilib o'sgan shahri Tanjerga qaytib ke
ladi va o'zining
ajoyib sayohatlari hamda
sarguzashtlari haqidagi kitobini aytib turib
yozdiradi.
Ibn Battutaning sayohatlari
O 'rta asr m iniaturasi