Kelishildi


-mavzu. Kompleks birikmalar eritmalarida muvozanat



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə12/36
tarix22.02.2023
ölçüsü85,54 Kb.
#101259
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) (1)

9-mavzu. Kompleks birikmalar eritmalarida muvozanat.
Kompleks hosil qilish reaksiyalari. Analitik kimyoda ishlatiladigan komplekslarning xillari. Analitik ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks birikmalarning xossalari: barqarorlik, eruvchanlik, rangdorlik, uchuvchanlik. Metalligandli o‘zaro ta’sir tavsifi bo‘yicha kompleks birikmalarning sinflanishi: bir va ko‘p yadroli kompleks birikmalar. Bir ligandli va ko‘p ligandli (uchlamchi aralash ligandli) kompleks birikmalar.


10-mavzu. Kompleks birikmalarning barqarorligi.
Barqarorlik konstantalari (umumiy bosqichli). Hosil bo‘lish funksiyasi. Vernerning koordinatsion nazariyasi. Ligandning dentantliligi. Kompleks zarrachasining ligandning koordinatsiyalangan atomi bo‘yicha turi (O-ligandli, S-ligandli, N-ligandli va boshq.) Kompleks birikmalar dissotsiatsiyasi. Kompleks birikmalar va qo‘sh tuzlar. Umumiy va bosqichli barqarorlik, beqarorlik konstantalari.


11-mavzu. Analitik kimyoda organik reagentlar.
Xelatlar, ichki kompleks birikmalar. Xelatlar barqarorligini belgilovchi omillar: reagentlarning tuzilishi va ular tarkibidagi donor atomlar tabiati, sikllar soni va o‘lchami, metall-ligand bog‘ining tavsifi. Funksional analitik guruhlar, ularning kompleks hosil qilishida tanlab ta’sir etuvchanligi va rangli komplekslarning hosil bo‘lishida xromofor guruhlarning roli. Kompleks hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar: markaziy atom va ligandning tuzilishi, komponentlar konsentratsiyasi, rN, eritmaning ion kuchi, harorat. Kompleks birikmalarni ishlatish yo‘li bilan sezgirlik va tanlovchanlikni oshirish. Kompleks birikmalar va organik reagentlarni har xil analiz usullarida ishlatilish imkoniyatlari.


12-mavzu. Oksidlanish-qaytarilish muvozanati.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Elektrod potensiali, Nernst tenglamasi. Standart va formal potensiallar bilan bog‘liqligi.


13-mavzu. Oksidlanish-qaytarilish potensialiga turli omillarning ta’siri.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo‘nalishi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mexanizmi. Analizda qo‘llaniladigan asosiy organik va anorganik oksidlovchilar va qaytaruvchilar. Aniqlanadigan elementni oldindan oksidlash va qaytarish usullari.



Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə