Keys -stadi metodi


O‘tkazilgan tahlillar va natijalar



Yüklə 267,72 Kb.
səhifə19/23
tarix05.04.2022
ölçüsü267,72 Kb.
#85073
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
FIZIKA FANINING MEXANIKA BO\'LIMIGA DOIR KEYS

O‘tkazilgan tahlillar va natijalar

Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holati aniqlangandan so‘ng, muammoning asosiy qirralariga e’tibor qaratib, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab olib, “T - sxema” jadvalini to‘ldiramiz.


To‘ldirilgan jadval (o‘qituvchi oldindan to‘ldiradi – talaba qo‘liga berilmaydi)
Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi



Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 55-60 nafar

O’quv mashg’ulotining shakli

Kirish, vizual ma’ruza

Ma’ruza mashg’ulotining rejasi

  1. Molekulyar fizika fani.

  2. Modda tuzilishi.

  3. Moddiy jism.

  4. Modda tuzilishi haqidagi mumtoz va kvant modellar.

  5. Modda miqdori.

  1. Atom va molekulalarning massalari.

  2. Mol tushunchasi.

  3. Moddaning agregat holatlari.

  1. 5. Ideal gaz modeli.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Molekulyar fizika” fanining predmeti va bilish usullari, rivojlanish tarixi boshqa fanlar bilan aloqasi to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish. Modda tuzilishi haqida tasavvurlar berish, modda tuzilishi, zarralarning o’lchamlari, agregat holatlari to’g’risidagi bilimlarni chuqurlashtirish, ularga taalluqli turli nazariyalarni tahlil qilish.

Pedagogik vazifalar:

- molekulyar fizika bilan tanishtirish va fanning predmetini tushuntirish;

- modda tuzilishi haqidagi tasuvvurlar bilan hamda ularning namoyondalari bilan

tanishtirish;

- molekulyar fizikaning bosh masalasini tavsiflash;

- molekulyar fizika nazariyasi va qonunlarini guruhlash;

- ilmiy bilish usullarini izohlash va tasavvur hosil qilish.

- fan va ishlab chiqarishda qo’llanish mohiyatini ochib berish;

- modda tuzilishi va tashkiliy zarralarining o’lchamlariga tavsif berish, shu haqidagi turli qonuniyatlar bilan tanishtirish;

- foydalanish imkoniyatlari mohiyatini ochib berish.





O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:

- molekulyar fizika fanining predmetini izohlaydi;

-molekulyar fizika va uning tushunchalariga ta’rif beradi;

-molekulyar fizika tushunchasini ifodalaydi va ularning asoschilarini aytib beradi;

- molekulyar fizika bosh masalasiga tavsif beradi;

- molekulyar fizika nazariyasi va qonunlari hamda printsiplariga misollar keltiradi;

- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

- “Molekulyar fizika” fanining boshqa fanlar bilan oozaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o’rnini tavsiflaydi.

- moda tuzilishini, uning xususiyatlarini ta’riflaydilar;

- atom va molekula o’lchamlari va modellari to’g’risida tasavvur hosil qiladilar;
- Fan va xalq xo’jaligida qo’llanish sohalarini belgilaydilar;

- Ideal gaz tushunchasini shakllantiradilar.



O’qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blits-so’rov, bayon qilish, “ha-yo’q” texnikasi

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, videoproektor, grafik.

O’qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Proektor, kompyuter bilan jihozlangan auditoriya

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (1-mashg’ulot)




Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

talaba

1-bosqich.

Kirish (10 min.)



1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.

Asosiy (60 min.)



2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob

o’tkazadi.

- molekulyar fizikaga doir qanday atamalarni bilasiz?

- iqtisodiyotni rivojlantirishda fundamental fanlar bo’yicha ilmiy tafakkurni shakllantirish zarurati nimada deb o’ylaysiz?

- Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarni qaysi fan shakllantiradi?

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi.

Molekulyar fizika fani. Fanning maqsadi. Fanning vazifasi, uslubiy ko’rsatmalar, baholash mezonlari. Fanning mutaxassis tayyorlashda tutgan o’rni. Predmetlararo bog’lanish va uning xususiyatlari tushunchalarini sharhlaydi.

Ana shu savol bo’yicha bilimlarni mustahkamlash uchun savol-javob usulidan foydalangan holda atom va molekulalarning o’lchamlari va massalari haqida tushuncha beriladi.


2.3. Modda tuzilishi haqidagi ilk g’oyalarning paydo bo’lishini va ularning namoyondalari to’g’risidagi taqdimotni namoyish qiladi.

a) molekulyar fizika fani nimani o’rganadi deb o’ylaysiz?

b) U qanday vazifalarni bajaradi?

v) Boshqa fanlar bilan qanday bog’liqligi bor va ahamiyati nimada?

Moddalarning asosini tashkil qilgan atom va molekulalarni tavsiflovchi qanday kattaliklarni bilasiz?
kabi savollar orqali “molekulyar fizika” fanining predmetini tushuntirib beradi.

2.4. Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qilishni va yozib olishlarini ta’kidlaydi.



2.1. Eshitadi.

Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarni aytadi.

O’ylaydi, javob beradi.

Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.


2.2. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qiladi.
Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi.


Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.



3-bosqich.

Yakuniy(10 min.)



3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.

Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi.

Mustaqil ish uchun vazifa: “moddiy jism” sooziga klaster tuzishni vazifa qilib beradi, baholaydi.


3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.





Yüklə 267,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə