Keys-stadi



Yüklə 21,66 Kb.
səhifə1/8
tarix11.06.2022
ölçüsü21,66 Kb.
#89335
  1   2   3   4   5   6   7   8
“keys stadi” texnologiyasi “Keys stadi” haqida tushuncha “Keys s


“keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case”


KEYS-STADI” texnologiyasi 
Keys-stadi” haqida tushuncha 

Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil


qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, 
tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir.
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni 
oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida
ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, 
biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida
amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi. 


Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot 
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard 
biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri
keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish 
uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi
biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga 
ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u
yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil 
ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida
taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida 
keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai
nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan 
boshlab biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning
yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni 
yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.




Yüklə 21,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə