Кхк да “Хотин қизлар миллий куйлакларини тикиш” мавзусидаги амалий машғулот лойиҳасини ишлаб чиқиш


-rasm. Milliy ko’ylak va lozimning chizmali ko’rinishi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/6
tarix06.02.2018
ölçüsü0,59 Mb.
#26461
1   2   3   4   5   6


1-rasm. Milliy ko’ylak va lozimning chizmali ko’rinishi


1-Yoqaga ishlov berish; 2-Yelkaga ishlov berish; 3-Yengga ishlov berish; 4-Etakning yon boshiga ishlov berish; 5-Etakning yuqori qismiga ishlov berish; 6-Manjetga ishlov berish.

Oldi va orqa kaketkani biriktirma chok bilan biriktirayotganda kaketka oldi bo’lak avrasiga ular o’ngini ichkariga qaratib, qirqimlarini to’g’rilab ulanadi. Ustma-ust qo’yib yelka qirqimlarini chetga 0,7-1 sm biriktirib tiqiladi. Chok yorib dazmollanadi. Astarni oldi va orqa kaketkalar o’ngini ichkariga qaratib ustma-ust qo’yib yelka qirqimlarini chetiga 0,7-1 sm ga biriktirib tiqiladi. Tikilgan yelka choklari yorib dazmollanadi.

Yeng qirqimlarini o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va teskari tomonidan 1 sm chok xaqqi hisobida tiqiladi. Tikilgan choklar gazlamaning teskari tomoniga namlangan mato bilan dazmollanadi. Dazmol qilingan yeng qirqimlarini maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi.

Etak qismini tikishda orqa va oldi bo’laklar etak qismlarini o’ngini ichkariga qaratib qo’yib yon qirqimlari chetidan 1-1,5 sm tiqiladi. Tikilgan yon qirqimlari orqa bo’lakka qaratib dazmollanadi. Tikib dazmol qilingan yon qirqimlari maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi. Orqa va old yuqori qirqim chetlaridan 0,5 sm ichkarida birinchi bahyaqator yuritiladi. Bahyaqatordan 0,5 sm ichkaridan ikkinchi bahyaqator yuritiladi. Ikkala bahyaqatorlarning ostki iplari tortiladi va burmalar tekislanadi.

Lozimni pastki qirqimida manjetni tikishda, manjetni o’rtasidan bukish chizig’i bo’ylab bukib, ostki manjet tomonidan dazmollanadi. Ostki manjet teskari tomonidan dublirinning kley tomonini qo’yib namlab isitib ishlov beriladi, bunda qotirma qirqimlari gazdlama chok haqlariga 2-3 mm kirib turish kerak. Gazlamani o’ngini ichkari tomonga bukib, manjet qirqimlari chetidan 0,5-0,7 sm ichkaridan biriktirib tiqiladi. Tikilgan chok qirqimi yorib dazmollanadi. Tayyor manjet ostki manjet tomonidan namlab isitib ishlov beriladi.
VIII. KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:

- tikuv mashinalari: 1022 kl, Pfaff zinger; 97-kl; 51-kl;

- dazmol;



- milliy ko’ylak detallaridan tikma namunalar;

Bitta o’quvchi uchun:

  • yo’l-yo’riq texnologik xaritasi;

  • qo’l ishlari asboblarining 1 ta to’plami, bo’r.

  • W 40; W 80-iplardan 1 ta g’altak; turli raqamli ignalardan 1 ta to’plam; qaychi 1 ta; santimetr lenta 1 ta; angishvona 1 ta; dukcha 1 ta;

  • yoqa manjet, yeng, koketka uchun yordamchi andozalar.

  • 100x200 sm mayda bo’laklar ishlab chiqish uchun gazlama


IX. «MILLIY KO’YLAK TIKISH KETMA-KETLIGINI MAYDA BO’LAKLARNI TAYYORLASH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA

Texnologiya asosida faoliyat turlari

Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

Chizma

Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

I

II

III

IV
I.Mayda bo’laklarga ishlov berish

A) yoqani tikish


1. Ostki yoqaga yelimli qotirmani yopish-tirish

Dazmol




Ostki yoqaning teskari tomoniga qotirmani kleyli tomonini, chetki qirqimlariga 0.5-0.7 sm yetkazmay namlangan mato yordamida dazmollab yopishtiriladi.

2. Yoqani tikish

U.M. universal mashina





Ostki yoqani ustki yoqani o’ngini o’ngiga qo’yib uchala tomoniga 0.7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tiqiladi.

3. Yoqani uchlarini kesish.

Qaychi




Tikilgan yoqani burchaklaridan tikilgan chokka 0.1-0.2 sm yetkazmay kesib chiqiladi.

4. Yoqani o’ngiga ag’darish

Qo’lda




Tikilgan yoqani o’ngiga ag’darib, burchaklarini dukcha yordamida chiqaraladi.

5. Ziy chi-qarib dazmollash.

Dazmol




Ustki yoqa tomoniga 0.1-0.2 sm ziy chiqarib dazmol qilinadi.


B) Yengni tikish

1. Yeng qirqimlarini ulash

Universal mashina




Yeng qirqimlarining o’ngi ichkariga qaratib qo’yiladi va teskari tomonidan 1 sm chok haqqi hisobida tiqiladi.

2. Yeng chokini dazmollash

Dazmol




Tikilgan choklar gazlamaning teskari tomoniga namlangan mato orqali dazmollanadi.


3. Yeng qirqimlarini yo’rmalash

Maxsus mashina




Dazmol qilingan yeng qirqimlarni maxsus mashina yordamida yo’rg’alanadi.

4. Yeng o’miziga burma berish

Universal mashina





Yeng o’miz qirqimlaridan 0,5 sm ichkarida 1 bahyaqator yurtiladi. Bu bahyaqatordan 0,5 sm ichkaridan 2 bahyaqator tiqiladi. Ikkala bahyaqatorlar va burmalar tekislanadi.
V) kaketkani tikish

1. Asos kaketkani tayyorlash

Universal mashina






Oldi va orqa kaketkalar o’ngini ichkariga qaratib ustma ust qo’yib yelka qirqimlarini chetga 0.7-1 sm ga biriktirib tiqiladi.

2. Tikilgan

yelka chok-larini



dazmollash.

Dazmol




Tikilgan yelka choklarni yorib dazmol qilinadi.

3. Astar kaketkani tayyorlash.

Unversal mashina.




Oldi va orqa kaketkalarni o’ngini ichkariga qaratib usma ust qo’yib yelka qirqimlari chetiga 0,7-1sm ga biriktirib tiqiladi.


4. Tikilgan yelka choklarni dazmollash.

Dazmol.




Tikilgan yelka choklarini yorib dazmol qilinadi.


II. Etak qismini tikish

1. Etak qismining yon qirqimlarini tikish.

Unversal mashina.





Orqa va oldi bo’lak etak qismlarni o’ngini ichkariga qaratib qo’yib yon qirqimlari chetidan 1-1,5 sm tiqiladi.

2. Tikilgan yonqirqimlar ni dazmollash.

Dazmol.






Tikilgan yon qirqimlari (orqa bo’lakka) qaratib dazmol qilinadi.

3. Tikilgan maxsus qirqimlarini yo’rmalash

Maxsus mashina




Tikib, dazmol qilingan yon qirqimlari maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi.

4. Etak qismining yuqori qirqimini burtaga yig’ish.

Universal mashina




Orqa va old yuqori qirqim chetlaridan 0.5sm ichkarida 1-bahyaqator yuritiladi. Bahyaqatordan 0.5 sm ichkaridan 2-bahyaqator yuritiladi, 2la bahyaqatorlarning ostki iplari tortiladi va burmalar tekislanadi.

III. Manjetni tikish

1. Manjetni bukish

Dazmol




Manjetni o’rtasidan bukish chizig’i bo’ylab bukib ostki manjet tomondan dazmollanadi.

2. Manjetga qotirma yopishtirish

Dazmol





Ostki manjet teskari tomonidan dubnirinning kalit tomonini qo’yib namlab isitib ishlov beriladi, bunda qotirma qirqimlari, gazlama chok haqlariga 2-3 mm kirib turish kerak.

3. Manjetni tikish

Universal mashina




Gazlamani o’ngini ichkari tomonga bukib, manjet qirqimlari chetidan 0.5-0.7 sm ichkaridan biriktirib tiqiladi.

4. Manjet chokini dazmollash

Dazmol




Tikilgan chok qirqimi yorib dazmollanadi.


5. Manjetni o’ngiga ag’darish

Qo’lda bajarish






Tayyor manjet ostki manjet tomonidan namlab isitib ishlov beriladi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə