Kiber jinoyatchilik tushunchasi. Kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlik, kiberxavfsizlikka tahdid va muammolar

Yüklə 1,36 Mb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#143408
1   2   3   4   5   6
Rajabov Behruz

Dunyo miqyosida jadal surʼatlarda rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalarining muhim oʼrni, ishtirokini bugun hayotimizning har bir jabhasida koʼrish mumkin. Аytish joizki, mamlakatimizning har bir fuqarosi bevosita yoki bilvosita axborot-aloqa texnologiyalarining faol foydalanuvchisi hisoblanadi. Yil sayin elektron resurslar axborot foydalanuvchilarining asosiy manbasi boʼlib bormoqda. Internet resurslari va foydalanuvchilari soni oshib borishi aholi manfaatlari, yoshlar taʼlim-tarbiyasi, intellektual salohiyatining yuksalishida xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, horijiy investorlarning mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining barcha jabhalariga oid ochiq obʼektiv va keng qamrovli maʼlumotlar olishga boʼlgan ehtiyojlarini qondirishda milliy kibermakonda faoliyat olib borayotgan rasmiy axborot manbalari va resurslarining salmoq va sifat jihatidan toʼlaqonli ishlashiga boʼlgan talabning tobora ortib borayotganligini koʼrsatmoqda.

Ushbu jarayon oʼz oʼrnida Internet tarmogʼining “.UZ” milliy domen zonasida roʼyhatdan oʼtgan mamlakatimiz xalq xoʼjaligining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan davlat boshqaruvi organlari va xoʼjalik yurituvchi tashkilotlarining axborot infratuzilmasida vujudga kelishi mumkin boʼlgan kiberxavfsizlikka oid zamonaviy xavf-xatarlar hamda zaifliklarni aniqlash va bartaraf etish bilan birgalikda, tegishli davlat organi va xoʼjalik subʼektlari haqidagi maʼlumotlar manbai boʼlgan Internet tarmogʼidagi ularning rasmiy vebsaytlarining uzluksiz, barqaror va shu bilan birga axborot istemolchilarining talab darajasida ishlashini taʼminlash masalalarini yanada dolzarblashtirdi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə