Kichik biznesning mamlakat eksportidagi o'rni nishonboyev Doniyor Erkinjon o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti, Iqtisodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi



Yüklə 33,46 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü33,46 Kb.
#182221
  1   2   3
KICHIK BIZNESNING MAMLAKAT EKSPORTIDAGI O\'RNI


KICHIK BIZNESNING MAMLAKAT EKSPORTIDAGI O'RNI
Nishonboyev Doniyor Erkinjon o‘g‘li
Farg‘ona davlat universiteti, Iqtisodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi


Globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda iqtisodiy rivojlanish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida ahamiyatga ega. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatda yangi ish o’rinlarini yaratishni, byudjetga qo‘shimcha daromadlar olib kirishni ta’minlaydi. Globallashuv jarayonida butun jahon iqtisodiyotini kichik biznessiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotini rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni katta. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi mahalliy mintaqaning o‘ziga xususiyatlari bilan bog‘liq. Ijtimoiy, demografik va mintaqadagi resurslarning mavjudligi biznesning mintaqaviy xususiyatlarini aniqlashda ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi mustaqillik yillaridan hozirgi kungacha ma’lum bosqichlarni bosib o‘tgan. Bu borada bir qancha me’yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining 29-maqsadida, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va doimiy daromad manbasini shakllantirishga sharoitlar yaratish, tadbirkorlikning YaIMdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini ochish va biznes-inkubatorlat tizimini rivojlantirish, hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirish kabi masalalar alohida belgilab qo‘yilgan.
Jahonning barcha mamlakatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning poydevori hisoblanadi. Kichik biznes rivojlanishining iqtisodiy ahamiyatlaridan biri bu mamlakat YAIMini miqdor jihatdan ko‘payishini ta’minlashdan iborat



Yüklə 33,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə